Bitta hisob — uch xil qurilmada. Ma’lumot serverda turadi, shuning uchun kassada telefondan sotganingizni uyda kompyuterdan ko‘rasiz. Hech qaysisi uchun alohida to‘lov yo‘q.
Uchalasi ham bir xil dastur — faqat ochilish usuli boshqacha. Birini tanlash shart emas, bir vaqtda hammasini ishlatsangiz ham bo‘ladi. O‘rnatgach nimadan boshlash — qanday boshlash qo‘llanmasida.
APK faylini yuklab o‘rnatasiz. Internet uzilsa ham sotishda davom etasiz, kassa uchun eng qulayi shu.
Windows uchun alohida dastur: zip faylni yuklab ochasiz. Mac’da Chrome yoki Edge orqali o‘rnatiladi. Katta ekranda hisobot va ombor bilan ishlash oson.
Safari’dan bosh ekranga qo‘shiladi va oddiy ilovadek ochiladi. App Store’dan yuklash shart emas.
Ilova Android 7.0 va undan yangi telefonlarda ishlaydi. U hozircha Play Market’da yo‘q va Play Market shart ham emas — APK faylni shu yerdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklab olasiz. Telefon “noma’lum manbadan o‘rnatish”ga ruxsat so‘raydi (odatda brauzer yoki “Fayllar” ilovasi uchun) — ruxsat bersangiz o‘rnatiladi va ekranda BuySale ikonkasi chiqadi.
Internet uzilsa ham ilova ishlashda davom etadi: tovarlar va mijozlar telefonda saqlanadi, savdo, qarz va to‘lovlar navbatga yoziladi va aloqa qaytgach serverga o‘zi yuboriladi. Oflayn ma’lumot 7 kungacha saqlanadi. Batafsil — alohida sahifada.
Yangi versiya chiqqanda ilovaning o‘zi taklif qiladi va ichida yangilanadi — saytdan APK’ni qaytadan yuklab yurish shart emas.
Windows 10 va 11 uchun alohida BuySale dasturi bor. U ham internetsiz 7 kungacha ishlaydi va yangi versiya chiqqanda ilova ichida yangilanadi.
Pastdagi “Windows uchun yuklab olish” tugmasini bosing.
Faylni o‘ng tugma bilan bosib “Hammasini chiqarish” (Extract All) ni tanlang va doimiy papkaga, masalan “Hujjatlar”ga chiqaring.
Papkadagi BuySale dasturini oching. Birinchi ochilishda ish stoli va “Пуск” menyusiga BuySale yorlig‘i o‘zi qo‘yiladi.
Mac uchun alohida dastur yo‘q: Chrome yoki Edge’da app.buysale.uz ni oching, manzil qatorining o‘ng chekkasidagi o‘rnatish belgisini (yoki uch nuqta menyusidagi “Install”ni) bosing — BuySale alohida oynada ochiladigan dastur bo‘lib o‘rnatiladi. Bu usulda internet kerak.
Kompyuterda USB shtrix-kod skaneri ham ishlaydi: u klaviatura bo‘lib ulanadi va kodni terib bo‘lgach Enter yuborishi kerak. Chek printeri esa brauzerning chop etish oynasi orqali ishlaydi — Bluetooth orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish yo‘q; sozlash tartibi — chek printeri qo‘llanmasida.
app.buysale.uz manzilini aynan Safari’da oching — bosh ekranga qo‘shish faqat shu brauzerda ishlaydi.
Pastdagi kvadrat va yuqoriga o‘q belgisini bosib, ro‘yxatdan “Bosh ekranga qo‘shish” (Add to Home Screen) ni tanlang.
Bosh ekranda BuySale ikonkasi turadi va bosilganda manzil qatorisiz, to‘liq ekranda ochiladi.
Bo‘ladi. app.buysale.uz manzilini istalgan brauzerda ochsangiz, dastur to‘liq ishlaydi — o‘rnatish shart emas. O‘rnatish faqat qulaylik uchun: ikonkadan bir bosishda ochiladi va brauzer oynasi xalaqit bermaydi.
Yo‘q. Savdo, ombor va nasiya ma’lumotlari serverda saqlanadi, shuning uchun internet kerak. Buning foydasi ham bor: telefon yo‘qolsa yoki singan bo‘lsa, ma’lumot yo‘qolmaydi — boshqa qurilmadan kirasiz.
Hozircha ilova to‘g‘ridan-to‘g‘ri fayl orqali tarqatiladi. Bu ishlashiga ta’sir qilmaydi: ilova ham, brauzerdagi versiya ham bir xil dastur. Do‘konchi uchun farqi yo‘q, biz uchun esa yangilanishni tezroq yetkazish imkonini beradi.
Ha. Kassadagi telefon, sizning telefoningiz va uydagi kompyuter bir vaqtda ochiq tursa ham bo‘ladi — hammasi bitta bazani ko‘radi. Sotuvchiga alohida hisob ochib, unga faqat kerakli bo‘limlarni ochib qo‘yasiz — xodim huquqlari qanday beriladi.
Do‘kon dasturida ro‘yxatdan o‘tish: telefon raqami va Telegram’dan keladigan kod, do‘kon turini tanlash, birinchi tovarlar, xodim PIN-kodi va 7 kun bepul.
Batafsil →BuySale’ning Android va Windows ilovasi internetsiz 7 kungacha ishlaydi: sotuv navbatga yoziladi va aloqa qaytgach yuboriladi. Brauzer versiyasi esa internet talab qiladi — u holda nima qilish kerak.
Batafsil →BuySale narxi do‘kon turiga qarab: 6 630 so‘m/kundan boshlanadi, 30 kunga 198 900 so‘m. 7 kun bepul, sozlash haqi yo‘q.
Batafsil →Do‘kon hisobi Telegram orqali: bot kirish kodi, kechki foyda hisoboti va xodim kirgani haqida xabar yuboradi, mijoz o‘z qarzini ko‘radi. Internet-do‘kon emas.
Batafsil →BuySale’dagi haqiqiy o‘zgarishlar sanasi bilan: yangi imkoniyatlar, kassa, ombor va AI’dagi yangilanishlar. Faqat ishlab turgan narsa yoziladi.
Batafsil →
7 kun bepul, to‘lov kartasi so‘ralmaydi. Keyin kuniga 6 630 so‘mdan — do‘kon turiga qarab.
Bepul boshlashBuySale yordamchisi
Sayt ma’lumotlari asosida javob beradi
AI xato qilishi mumkin — muhim savolni Telegram orqali aniqlang.
Javob yozilmoqda