Shtrix-kod yaratish: bepul EAN-13 generator

Zavod kodi yo‘q tovarga shu yerda 20 bilan boshlanadigan ichki EAN-13 kod yasaysiz, SVG yoki PNG qilib olasiz va yorliqqa chop etasiz. Bunday kod faqat do‘koningiz ichida ishlaydi: tovarni tarmoq do‘koni yoki marketpleysga topshirsangiz, odatda GS1 Uzbekistan beradigan kod so‘raladi.

Kod yasashBepul · ro‘yxatdan o‘tish shart emas · kod serverga yuborilmaydi

Kodni shu yerda yasang

Tovar raqamini yozing — oldiga 20, oxiriga nazorat raqami o‘zi qo‘shiladi. Kod brauzeringizning o‘zida chiziladi va hech qayerga yuborilmaydi.

Kod qanday yasalsin

1 dan 10 xonagacha. Har tovarga alohida raqam bering va qaysi raqam qaysi tovarga berilganini yozib boring.

Nom va narx faqat chop etiladigan yorliqda chiqadi.

2000000000015

Yorliqni chop etish

Nechta yorliq

A4 varaqdagi yorliqlar qaychi bilan kesiladi. Chop etish oynasida printeringizni tanlang va masshtabni 100% qiling; rulon printerda qog‘oz o‘lchami yorliq o‘lchamiga teng bo‘lsin. Butun rulonni bosishdan oldin bitta yorliqni chiqarib, telefon skaneri bilan sinab ko‘ring.

Qisqa javob

O‘z kodingiz qachon yetadi, qachon GS1 kodi kerak

Manbalar: GS1 Uzbekistan — O‘zbekistonda GTIN kodlarini beradigan tashkilot; GS1 prefikslar ro‘yxati — 200–299 cheklangan muomala uchun, 478 — O‘zbekiston. Tekshirilgan: 2026-yil 4-oktabr.

Tovar raqamlarini qanday berish

Ichki kodning sifati raqamlash tartibiga bog‘liq. Bir marta tartib qo‘ysangiz, yuz tovarda ham adashmaysiz.

EAN-13 kod qanday tuzilgan

Generator yasagan kod o‘n uch raqamdan iborat:

  • 20 — ichki kod belgisi;
  • keyingi o‘n raqam — siz bergan tovar raqami, oldi nollar bilan to‘ldiriladi (1 → 0000000001);
  • oxirgi raqam — nazorat raqami: skaner kod to‘g‘ri o‘qilganini shu bilan tekshiradi.

Nazorat raqami shunday hisoblanadi. Masalan, 12345 tovar raqami uchun dastlabki o‘n ikki raqam — 200000012345. O‘ngdan boshlab birinchi, uchinchi, beshinchi va hokazo raqamlar 3 ga, qolganlari 1 ga ko‘paytiriladi va qo‘shiladi: 5×3 + 4×1 + 3×3 + 2×1 + 1×3 + 2×1 = 35 (nollar hisobga qo‘shilmaydi). 35 ni eng yaqin o‘nlikkacha (40) to‘ldiradigan son — 5. Tayyor kod: 2000000123455.

Shuning uchun bitta raqam xato terilsa ham, chiziq o‘chib ketsa ham, skaner kodni rad etadi — savatga boshqa tovar tushib qolmaydi. Generatorning «Menda 12 yoki 13 raqam bor» rejimi qo‘lingizdagi kodni xuddi shu yo‘l bilan tekshiradi.

Skaner o‘qiydigan yorliq uchun

BuySale’da

BuySale’da kod va yorliq kirimning o‘zida chiqadi

Generator bitta-ikkita tovar uchun qulay. Do‘kon dasturida esa bu ish o‘zi bajariladi va kod tovar kartochkasiga yozilib qoladi.

Kod bir bosishda

Kodsiz tovarga ilova 20 bilan boshlanadigan kodni o‘zi yasaydi: 20, do‘kon raqami, tovar raqami va nazorat raqami. Do‘koningizda band kod qayta berilmaydi.

Yorliq o‘sha zahoti

Kirimni saqlash bilan yorliq chiqarasiz: 1, 4, 8, 12 yoki 24 nusxa, narx — xohishingizga ko‘ra. A4 varaqda yoki rulonda: 40×30, 58×40, 58×30, 43×25, 30×20 mm yoki o‘zingiz yozgan o‘lcham.

Telefon — skaner

Kassada kod telefon kamerasi bilan o‘qiladi. Bazada yo‘q kodni o‘sha zahoti tovarga biriktirasiz, bitta tovarga bir nechta kod sig‘adi.

Zargarlikda — QR birka

Tor birkaga chiziqli kod sig‘maydi: zargarlik do‘konida birkaga proba, razmer, massa, vstavka va QR kod bosiladi.

Batafsil: shtrix-kod va yorliq qo‘llanmasi va telefon skaner sifatida. Yorliq ham, chek ham brauzerning chop etish oynasi orqali chiqadi — printerga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish yo‘q.

Generator nima qilmaydi

Ko‘p beriladigan savollar

O‘zim yasagan shtrix-kodni do‘konimda ishlatsam bo‘ladimi?

Ha. Do‘kon ichida tovarni tanib olish uchun 20 bilan boshlanadigan ichki kod yetadi: uni EAN-13 o‘qiydigan har qanday skaner va telefon kamerasi o‘qiydi. Faqat har tovarga alohida raqam bering va ro‘yxatini yuritib boring.

Bu kod bilan tovarni supermarket yoki marketpleysga topshirsa bo‘ladimi?

Yo‘q. Tarmoq do‘konlari va marketpleyslar odatda ishlab chiqaruvchiga berilgan GS1 kodini so‘raydi — O‘zbekistonda uni GS1 Uzbekistan beradi, kodlar 478 bilan boshlanadi. 20 bilan boshlanadigan kod boshqa do‘kon bazasida boshqa tovarga tegishli bo‘lishi mumkin.

Nazorat raqami nima?

Kodning oxirgi, o‘n uchinchi raqami. U oldingi o‘n ikki raqamdan hisoblanadi va skaner kod to‘g‘ri o‘qilganini shu bilan tekshiradi. Generator uni o‘zi qo‘yadi, 13 xonali kodni kiritsangiz — tekshirib beradi.

Nega kod 20 bilan boshlanadi?

GS1 qoidasida 20–29 bilan boshlanadigan raqamlar cheklangan muomala uchun ajratilgan va ishlab chiqaruvchilarga berilmaydi. Shuning uchun 20 li ichki kod hech qachon zavod kodiga to‘g‘ri kelib qolmaydi. 21 va 22 esa BuySale’ning oziq-ovqat do‘konida tarozi yorliqlari uchun band.

Yorliqni qanday printerda chop etaman?

Istalganida: oddiy printerda A4 varaqqa 24 tadan bosib qaychi bilan kesasiz yoki yorliq printerida rulonga chiqarasiz (40×30, 58×40, 58×30, 43×25, 30×20 mm). Chop etish oynasida masshtab 100% bo‘lsin, rulon printerda esa qog‘oz o‘lchami yorliq o‘lchamiga teng bo‘lsin.

SVG yoki PNG — qaysi biri kerak?

SVG chiziqlarni har qanday o‘lchamda aniq saqlaydi — dizayn dasturi va yorliq shablonlari uchun shu ma’qul. PNG — oddiy rasm (468 × 152 piksel), Word yoki Excel’ga qo‘yish uchun qulay; uni cho‘zib kattalashtirmang.

Yasagan kodlarim qayerdadir saqlanadimi?

Yo‘q. Kod brauzeringizda yasaladi va serverga yuborilmaydi, sahifani yopsangiz hech narsa qolmaydi. Faylni yuklab oling va qaysi raqam qaysi tovarga berilganini yozib qo‘ying.

Bog‘liq sahifalar

BuySale

Kod, yorliq va sotuv — bitta ilovada

7 kun bepul, to‘lov kartasi so‘ralmaydi. Keyin kuniga 6 630 so‘mdan — do‘kon turiga qarab. Kodsiz tovarga kod va yorliq kirimda chiqadi, kassada esa telefon kamerasi skanerlaydi.

Bepul boshlash