Zargarlik do‘koni uchun dastur — gramm va proba hisobi

Zargarlik — tilla va oltin do‘konida har bir uzuk, sirg‘a va zanjir o‘z kartochkasida turadi: probasi, massasi, o‘lchami va vstavkasi yozilgan, birkasida QR kod. Narx gramm narxidan o‘zi chiqadi, “585 dan jami necha gramm bor” degan savolga esa ombor bir ekranda javob beradi.

7 kun bepul sinab ko‘ringTo‘lov kartasi shart emas
Bosib ko’ring

Zargarlik kassasi — ochib ko’ring

Kirimda proba, massa, o’lcham va vstavka alohida maydon bo’lib chiqadi. Sotuv narxi massa va probaning gramm narxidan hisoblanadi.

  • Proba: 375, 585, 750, 916, 925, 999
  • Massa grammda, 2,35 g deb yoziladi
  • Birkada QR kod, narx yozilmaydi
Ekranni bosib ko’ring
9:41
Kassa
Uzuk 585
585 / 2,35 g
2 585 000 so’m
Sirg’a 750
750 / 3,10 g
4 340 000 so’m
Zanjir 585
585 / 5,60 g
6 160 000 so’m
Savat 1
Jami13 085 000 so’m
NaqdKartaQarzga
Sotuvni yakunlash
Mahsulot nomi
Uzuk
Proba
585
Massa (gramm)
2,35
O’lchamixtiyoriy
18
Vstavkaixtiyoriy
-
Kirimni saqlash
Asosiy
Bugungi savdo
842 000 so‘m
Sof foyda
210 ming
Sotuv
37
Qarzga
120 ming
Qarzdorlar
1,2 mln
Qarzim
380 ming
Sof balans
820 ming
Eslatma
Postavshik
Hisobot
Xarajatlar
Ombor
AI yordamchi
Ombor
Coca-Cola 1.5L
14 000 so‘m
23 dona
Non
4 000 so‘m
40 dona
Choy Ahmad 100g
22 000 so‘m
12 dona
Guruch Lazer 1 kg
18 000 so‘m
31 dona
Paxta yog‘i 1 l
24 000 so‘m
17 dona
Makaron 400g
9 500 so‘m
54 dona
Shakar 1 kg
12 000 so‘m
3 dona
Guruch Lazer 1 kg
18 000 so‘m
4 dona
Sut 1 l
Srok: 2 kun qoldi
9 dona
Tvorog 250g
Srok: 5 kun qoldi
6 dona
AI yordamchi
Bugungi savdo va foyda qancha?
Telegramga yubor
Kim qarzdor va kim kechiktiryapti?
Nima tugayapti, nima buyurtma qilay?
Telegramga yubor
Savdoni hisoblayapman...
Kim qarzdor?Nima buyurtma qilay?Qaysi tovar yotib qolgan?
Savolingizni yozing...
Mijozlar
Aziz aka
+998 90 123 45 67
420 000 so‘m
Dilnoza opa
+998 93 555 12 34
85 000 so‘m
Bek aka
telefon kiritilmagan
150 000 so‘m
Nodira opa
+998 91 777 08 22
0 so‘m
Sardor aka
+998 94 210 33 15
260 000 so‘m
Malika opa
+998 99 604 77 41
45 000 so‘m
Qarz yozish
Bosing va gapiring
Masalan: “Karim akaga 120 ming so‘m, shanbagacha”
0so‘m
Mijoz ismi
Karim aka
Qarzdor telefoni
+998 90 123 45 67
Muddatixtiyoriy
kk.oo.yyyy
Izohixtiyoriy
Qarz yozish
Profil
Balans150 000 so‘m · 12 kun
Do‘kon ma’lumotlari
TilO‘zbekcha (lotin)
Karta raqami•••• 9012
Skaner ovoziKod o‘qilganda “bip” chiqadi.
Chek printeri80 mm
Yorliq printeri40×30 mm
Kechki hisobot22:00
Xodimlar (sotuvchilar)

Zargarlik do‘konida gramm va proba hisobi

Ro‘yxatdan o‘tayotganda do‘kon turini “zargarlik” deb tanlaysiz — shu kundan boshlab ilova zargarlik ishiga moslanadi. Turni keyin ham Profil > Do‘kon ma’lumotlaridan o‘zgartirsangiz bo‘ladi.

Birka: Проба, Размер, Масса, Вставка va QR kod

Zargarlik birkasi oddiy javon yorlig‘idan boshqacha chiqadi — tor va uzun. Chiziqli shtrix-kod bunday birkaga sig‘maydi, shuning uchun unga QR kod bosiladi; ilovaning skaneri QR ni ham, oddiy shtrix-kodlarni ham o‘qiydi. Birka va yorliq chop etish — shtrix-kod va yorliq qo‘llanmasida.

Birkada nima yoziladi

To‘rt qator — Проба, Размер, Масса, Вставка — ustida QR kod va buyum kodi. Birka eni 54 mm, QR esa 14×14 mm, ya’ni mayda birkadan ham bemalol o‘qiladi.

Narx birkaga yozilmaydi

Ochiq aytamiz: zargarlik birkasiga narx bosilmaydi. Narx yozish katakchasi faqat oddiy javon yorlig‘ida bor — oltin narxi tez o‘zgaradi, birka esa buyumda qolib ketadi.

Kodi yo‘q buyumga o‘z kodingiz

Zavod kodi yo‘q buyumga bir bosishda do‘konning o‘z kodi yasaladi — u “20” bilan boshlanadi va haqiqiy zavod kodi bilan hech qachon chalkashmaydi. Birkadagi raqam boshqa buyumda band bo‘lsa, yangisiga ichki kod beriladi.

Nusxa va printer

Birkani kirim saqlangandan keyin yoki ombor kartochkasidan bir necha nusxada chiqarasiz; zargarlikda nusxa soni har safar 1 dan boshlanadi. Profil > Yorliq printeri bo‘limida rulon o‘lchamini tanlaysiz (40×30, 58×40, 58×30, 43×25, 30×20 mm yoki o‘zingiz yozgani), sinov birkasi ham shu yerdan chiqadi.

Kirim: proba va massa qo‘yilsa, narx o‘zi chiqadi

Profilda har probaning 1 gramm narxini yozib qo‘yasiz (585, 750 va boshqalar) — shundan keyin kirimda ish qisqaradi. Nakladnoy suratidan ham tayyor ro‘yxat tuziladi: proba, massa, o‘lcham va vstavka alohida ustunlarga tushadi va ro‘yxat siz tasdiqlaguningizcha omborga kirmaydi.

01

Bo‘lim va nomni tanlang

Uzuk, Sirg‘a, Zanjir — tayyor tugmalardan bosasiz yoki o‘z so‘zingizni yozasiz. Bo‘sh maydonlardagi namunalar ham zargarlikcha: “Uzuk 585”.

02

Proba, massa, o‘lcham, vstavka

Probani tayyor tugmalardan tanlaysiz, massani grammda yozasiz. Xohlasangiz birkani kamera bilan suratga olasiz — nom, kod, narx va shu to‘rt maydon o‘zi to‘ladi. Suratni sun’iy intellekt o‘qiydi, ya’ni internet kerak; saqlashdan oldin ko‘zdan kechiring, chunki proba siz tanlagan qiymat ustiga yoziladi.

03

Narx o‘zi hisoblanadi

Sotuv narxi massa × probaning gramm narxi bo‘lib chiqadi. Boshqa narx aytmoqchi bo‘lsangiz qo‘lda yozasiz — o‘shanisi qoladi.

04

Birkani chop eting

Kirim saqlangan zahoti birka chiqariladi va buyum javonga shu birka bilan tushadi. Keyin ham ombor kartochkasidan qayta chiqarish mumkin.

“585 dan jami necha gramm bor?” — javob bir ekranda

Sanoq va nasiya

Birkani skanerlab sanaysiz

Inventarizatsiyada buyumlarni birkasidagi QR dan ketma-ket skanerlaysiz, skaner har safar yopilmaydi. Tekshirilgani serverda saqlanadi: ekrandan chiqib ketsangiz ham, boshqa telefondan kirsangiz ham o‘sha joyidan davom etadi. Oxirida farq chiqqan buyumlar ro‘yxati ko‘rsatiladi va qoldiq to‘g‘rilanadi.

Sanoqni o‘chirish — faqat ega ruxsati bilan

Bir necha soatlik sanoqni qaytadan boshlash uchun tasdiq kodi do‘kon egasining Telegram’iga boradi. Xodim ham, tasodifiy bosish ham buni bajara olmaydi.

Nasiyaga sotish

Kassada to‘lov turini “Qarzga” deb tanlaysiz: avval telefon raqami so‘raladi, bazada bor mijoz bo‘lsa ismi va ochiq qarzi darhol chiqadi. Mijoz bir qismini bergan bo‘lsa, qo‘lga tekkan summani yozasiz — qolgani o‘zi hisoblanib qarz daftariga tushadi. Chegirma qo‘yilgan buyum savatda bo‘lsa, to‘lovni bo‘lib yozish hozircha saqlanmaydi — bunday sotuvni butunlay naqd, karta yoki qarzga yozasiz.

Muddat va chegara

Kassadan yozilgan qarzga muddat qo‘yilmaydi — muddatli qarzni “Qarz yozish” ekranidan yoki mijoz kartochkasidan yozasiz. Har mijozga kredit chegarasi qo‘yiladi yoki u bloklanadi: chegaradan oshsa, yangi qarz yozilmaydi.

Zargarlik do‘konida nimalar boshqacha

Va’da berishdan oldin ochiq aytib qo‘yamiz — shunda kutganingiz bilan ko‘rganingiz bir bo‘ladi.

Zargarlik do‘koni uchun narx

Narxni do‘kon turi belgilaydi va u shu turdagi hamma do‘kon uchun bir xil. Bu turda AI yordamchi so‘rovi alohida yechiladi (sinov muddatida ham): savol — 100 so‘m, yorliqdan o‘qish — 10 so‘m. Hamma turlarning narxi va narx ichiga nima kirishi — narxlar sahifasida, boshqa dasturlar qancha so‘rashi esa do‘kon dasturlari narxi tadqiqotida.

BuySaleBiz
Narx
6 666 so‘m/kun — 30 kunga 199 980 so‘m
Narxga nima kiradi

Hisob kunlik, oylik shartnoma yo‘q; xodim, kassa va tovar soni uchun ustiga to‘lov qo‘shilmaydi; sozlash 0 so‘m; 7 kun bepul. Fiskal kassa emas.

Yuqoridagi raqam shu do‘kon turi uchun amaldagi narx. Boshqa dasturlarning e’lon qilingan narxlari «Do‘kon dasturlari narxi» sahifasida manba havolasi va tekshirilgan sanasi bilan yig‘ilgan.

Ko‘p beriladigan savollar

Gramm narxi o‘zgarsa, hamma buyumning narxini qo‘lda tuzataymi?

Yo‘q. Profildagi gramm narxi yangi kirimda ishlaydi, ombordagi tayyor buyumlar esa o‘zi qayta hisoblanmaydi — ularga AI yordamchining proba bo‘yicha narx taklifi orqali birdan yangi narx qo‘yasiz: u qaysi buyum qanday narxga o‘tishini ko‘rsatadi, siz tasdiqlaysiz, natija yoqmasa orqaga qaytarasiz.

Birkada narx bo‘lmasa, sotuvchi narxni qayerdan biladi?

Birkadagi QR skanerlanadi va buyum kassada o‘z narxi, probasi, massasi, o‘lchami va vstavkasi bilan chiqadi. Narx birkada bo‘lmagani uchun gramm narxi o‘zgarganda birkalarni qaytadan chiqarib o‘tirish shart emas.

Birkasi yo‘q eski buyumlarni qanday kiritaman?

Kirimda buyumni yozasiz, shtrix-kodi yo‘q bo‘lsa bir bosishda do‘konning o‘z kodi yasaladi — u “20” bilan boshlanadi va zavod kodi bilan chalkashmaydi. Shu zahoti birka chop etiladi, buyum javonga birka bilan tushadi.

Sanoqni bir kunda tugata olmasam-chi?

Inventarizatsiya serverda saqlanadi: ekrandan chiqsangiz ham, ertasiga boshqa telefondan kirsangiz ham qayerda to‘xtagan bo‘lsangiz o‘sha yerdan davom etadi. Sanoqni noldan boshlash uchun esa tasdiq kodi do‘kon egasining Telegram’iga boradi.

Lomni qanday yuritaman?

Lom grammda hisobga olinadi va kasrli miqdor yoziladi — 2,35 g deb yozaverasiz. Probalar hisobida buyumlar ham, lom ham bitta grammga keltirib qo‘shiladi, ya’ni “585 dan jami necha gramm” degan raqam lomni ham o‘z ichiga oladi.

Xodim tannarxni va foydani ko‘rib qolmaydimi?

Kirim narxini ko‘rish alohida ruxsat: ruxsati yo‘q xodimga tannarx ham, foyda ham umuman yuborilmaydi — ekranda ham, Excel faylida ham chiqmaydi. Qarzga sotish, qaytarish va narx o‘zgartirish ham alohida-alohida ruxsat bo‘lib beriladi.

Bog‘liq sahifalar

BuySale

Bugun sinab ko‘ring, ertaga farqni ko‘rasiz.

7 kun bepul, to‘lov kartasi so‘ralmaydi. Keyin kuniga 6 630 so‘mdan — do‘kon turiga qarab.

Bepul boshlash