Bir filialda tovar ko‘p, boshqasida tugab qolgan bo‘lsa, uni o‘tkazma bilan yuborasiz. Tovar jo‘natuvchi omboridan darhol chiqadi va qabul qiluvchi filial kelganini sanab tasdiqlamaguncha «yo‘lda» turadi — shuning uchun hech narsa ikki marta sanalmaydi va jimgina yo‘qolmaydi.

Yangi dizayn
Avvalgi dizayn
Yangi dizayn
Avvalgi dizayn
Yangi dizayn
Avvalgi dizayn
Yangi dizayn
Avvalgi dizaynSuratlar namoyish do‘konidan olingan: ulardagi tovar nomlari, xodimlar va summalar o‘ylab topilgan. Ekranning ko‘rinishi esa aynan shunday.
Omborda «Tanlash»ni bosasiz: tovarlar yonida belgi va miqdor paydo bo‘ladi, miqdor qoldiqdan oshmaydi. Kodni skanerlasangiz, tovar belgilanadi yoki miqdori bittaga oshadi.
«Davom etish» → qaysi filialga, ro‘yxat va izoh (ixtiyoriy) → «Jo‘natish». Tovar omboringizdan chiqadi, o‘tkazma esa «Jo‘natilgan» bo‘limida «Yo‘lda» bo‘lib turadi.
Qabul qiluvchi filialda Ombordagi «O‘tkazmalar» tugmasida kutilayotganlar soni chiqadi; ega va ruxsati bor xodimlar uni bildirishnomalarda ham ko‘radi.
Har qatorda jo‘natilgan miqdor turadi, kelgani yoziladi (odatda o‘sha son). Tovar qaysi kartochkaga tushishini ilova taklif qiladi: «Mavjud: … · qoldiq N» yoki «Yangi tovar yaratiladi»; «O‘zgartirish» bilan boshqasini tanlash mumkin.
«Qabul qilish» — tovar qoldiqqa qo‘shiladi; kamomad bo‘lsa, ilova avval tasdiq so‘raydi. «Rad etish» — sababi yoziladi va tovar jo‘natuvchiga qaytadi. Tovar hali qabul qilinmagan bo‘lsa, jo‘natuvchi «O‘tkazmani bekor qilish» mumkin.
Har filialda o‘z tovar kartochkalari bor, shuning uchun qabulda ilova jo‘natilgan tovarga mosini o‘zi qidiradi.
Ega yoki «Filialga tovar jo‘natish» ruxsati bor xodim. Bu yangi ruxsat tayyor to‘plamlarga kirmaydi — kimga kerak bo‘lsa, ega o‘zi yoqadi.
Qabul qiluvchi filialda ega yoki «Tovar qabul qilish (kirim)» ruxsati bor xodim. Yangi kartochka ochish ruxsati bo‘lmasa, xodim mavjud tovarni tanlaydi yoki qabulni egaga qoldiradi.
Ombor ruxsati bor xodim o‘z filialining o‘tkazmalarini ko‘radi. Ega guruhdagi istalgan o‘tkazmani ochadi; har birida kim jo‘natgani va kim qabul qilgani yozilgan.
Yo‘ldagi tovar hech qaysi do‘kon qoldig‘ida emas, shuning uchun uni sanamang — aks holda u ikki marta hisoblanadi. Sanoq ekrani yakunlanmagan o‘tkazmalar bo‘lsa ogohlantiradi; avval ularni yakunlash ma’qul. Sanoqda belgilangan tovarni esa sanoq tugaguncha jo‘natib ham, qabul qilib ham bo‘lmaydi. Sanoq tartibi — inventarizatsiya qo‘llanmasida. Har o‘tkazma ilovadagi bildirishnomalarda ham ko‘rinadi.
Rostini oldindan aytamiz — keyin “shunaqa deb o‘ylagandim” degan gap chiqmasin.
Faqat «Qabul qilish» bosilganda. Ungacha tovar «yo‘lda»: jo‘natuvchi qoldig‘idan chiqqan, qabul qiluvchi qoldig‘iga hali kirmagan.
Kelgan miqdorni yozib qabul qilasiz, ilova kamomadni tasdiqlashni so‘raydi. Kamomad yo‘qotish bo‘lib yoziladi — tovar jo‘natuvchidan allaqachon chiqqan — va o‘tkazmada hamda jo‘natuvchining bildirishnomasida «kamomad» bo‘lib ko‘rinadi. Tovar umuman yetib kelmagan bo‘lsa va qaytishi kerak bo‘lsa, «Rad etish»ni bosing.
Qabul qilinmagan bo‘lsa, «Jo‘natilgan» bo‘limida o‘sha o‘tkazmani ochib «O‘tkazmani bekor qilish»ni bosing — tovar omboringizga qaytadi. Qabul qilib bo‘lingan bo‘lsa, o‘sha filial tovarni sizga teskari o‘tkazma bilan qaytaradi.
Yangi kartochka ochilsa — jo‘natuvchining sotuv narxi va o‘tkazmadagi tannarx bilan. Mavjud kartochkaga qo‘shilsa — uning sotuv narxi o‘zgarmaydi, partiyalar esa o‘z tannarxi bilan kiradi, shuning uchun foyda to‘g‘ri hisoblanadi.
Chop etiladigan yuk xati yo‘q. O‘tkazma ilovada ochiladi: har qator, jo‘natilgan va kelgan miqdor, summalar, kim jo‘natgani va kim qabul qilgani — shu ekranda.
Ha, guruhdagi istalgan ochiq do‘konlar orasida: asosiydan filialga, filialdan asosiyga va filialdan filialga. Filiallar haqida batafsil — alohida sahifada.
Ombor va tovar hisobi telefonda: qoldiq va kirim, srok va partiya, kam qolgan tovar, inventarizatsiya va Excel’ga yuklab olish. Excel’dan import yo‘q.
Batafsil →Tovar kirimi telefonda: zavod kodini skanerlang — katalogda bo‘lsa nomi va bo‘limi o‘zi to‘ladi. Yorliq yoki nakladnoy suratidan ro‘yxat, srok va partiya.
Batafsil →Kam qolgan tovardan dastur o‘zi ro‘yxat tuzadi va oxirgi 30 kunlik savdoga qarab qancha olishni taklif qiladi. Ro‘yxatni nusxalaysiz yoki A4 qilib chop etasiz.
Batafsil →
7 kun bepul, to‘lov kartasi so‘ralmaydi. Keyin kuniga 6 630 so‘mdan — do‘kon turiga qarab; filiallar narxi — narxlar sahifasida.
Bepul boshlashBuySale yordamchisi
Sayt ma’lumotlari asosida javob beradi
AI xato qilishi mumkin — muhim savolni Telegram orqali aniqlang.
Javob yozilmoqda