Excel yoki daftardan do‘kon dasturiga o‘tish

Ko‘p beriladigan savol shu: “2000 ta tovarni qaytadan terishim kerakmi?” Excel faylni yuklaydigan tugma bizda yo‘q — ro‘yxat katalogdan, yorliq suratidan va skanerdan to‘ladi, do‘kon esa birinchi kundan ishlayveradi.

Bepul boshlashTo‘lov kartasi shart emas

Excel faylni yuklab bo‘ladimi?

Rostini aytamiz: BuySale’da tayyor Excel yoki CSV faylni yuklab, tovarlarni bir yo‘la kiritadigan yo‘l yo‘q. Teskarisi ishlaydi — omborni istalgan payt Excelga tushirib olasiz. Boshqa dasturdan kelayotgan bo‘lsangiz — boshqa dasturdan o‘tish. Hozircha Excel’da qolmoqchi bo‘lsangiz — tayyor bepul shablonlar.

Nomi, kategoriyasi, birligi, qoldig‘i
Kimga ko‘rinadi
Hammaga
Izoh

Har bir tovar — bitta qator

Sotuv narxi va shu narxdagi summa
Kimga ko‘rinadi
Hammaga
Izoh

Pastida JAMI qatori chiqadi

Kirim narxi va shu narxdagi summa
Kimga ko‘rinadi
Faqat ruxsati borga
Izoh

“Kirim narxini ko‘rish” ruxsati bo‘lmasa, ustun umuman chiqmaydi

Srok va ta’minotchi
Kimga ko‘rinadi
Hammaga
Izoh

Bo‘sh ustun faylga umuman tushmaydi

Proba, massa, razmer, IMEI
Kimga ko‘rinadi
Do‘kon turiga qarab
Izoh

Zargarlikda proba, massa va razmer, kiyimda razmer, telefonda IMEI

Shtrix-kod
Kimga ko‘rinadi
Yo‘q
Izoh

Excel faylda shtrix-kod ustuni yo‘q — ataylab shunday qilingan

Excel fayl ombor hisoboti uchun qulay, lekin kodlar bilan boshqa dasturga ko‘chirish uchun mo‘ljallanmagan.

Tovar ro‘yxatini ko‘chirishning to‘rt yo‘li

Kirimda eng ko‘p vaqtni nom terish oladi. Quyidagi to‘rt yo‘l shu terishni kamaytiradi — miqdor va narxni baribir o‘zingiz yozasiz.

Tayyor katalogdan tanlash

Bo‘limlar bo‘yicha yoki nom bilan qidirasiz — yoki qutidagi zavod kodini skanerlaysiz: tovar markaziy katalogda bo‘lsa nomi va bo‘limi o‘zi to‘ladi, siz narx va miqdorni yozasiz. Katalogda 1 700 dan ortiq tasdiqlangan tovar bor (2026-yil 3-oktabr holatiga). Katalog “kirim” ruxsati bor odamga ochiladi, zargarlik do‘konida esa umuman ko‘rinmaydi.

Yorliqni suratga olish

Kirim ekranida nom yonidagi kamera tugmasini bosasiz: nomi maydonga yoziladi, yorliqda ko‘ringan bo‘lsa shtrix-kod va sotuv narxi, do‘kon turiga qarab srok yoki razmer, zargarlikda proba va massa, telefonda IMEI ham o‘z katagiga tushadi. Faqat bo‘sh kataklar to‘ldiriladi — zargarlikdagi proba bundan mustasno, u siz tanlaganingiz ustiga yoziladi. O‘qishni internet orqali sun’iy intellekt bajaradi, shuning uchun saqlashdan oldin to‘lgan kataklarni ko‘zdan kechiring.

Nakladnoy yoki daftar sahifasini yuborish

Yordamchiga nakladnoy, daftar yoki birkalar suratini yuborasiz — u qatorlarni o‘qib, tahrirlanadigan kirim ro‘yxati qiladi. Omborga o‘zi tushmaydi: qatorlarni tuzatib “Tasdiqlash” bosganingizdan keyingina kirim bo‘ladi. Bir ro‘yxatda eng ko‘pi 40 qator, bitta savolga oltitagacha surat.

Qo‘lda kirim va skaner

Nomi, miqdori, kirim va sotuv narxini yozasiz — qoldiq o‘sha zahoti oshadi. “Jami shuncha to‘ladim” desangiz, bir birlik narxini dastur o‘zi chiqaradi va ustamangizni ko‘rsatadi. Birkasi bor tovarni skanerlab kodini kartochkaga biriktirasiz; bitta tovarga bir nechta kod sig‘adi.

Bir kechada emas — sotgan sari to‘ladi

Eng tez yo‘l shu: ro‘yxat to‘lishini kutmay, kassani birinchi kundan ishlatasiz va qolgan tovarlarni sotuv jarayonida qo‘shib borasiz.

01

Eng ko‘p sotiladiganidan boshlang

Kuniga qo‘ldan ketadigan nomlarni birinchi kiriting — shu ro‘yxat tayyor bo‘lishi bilan kassa ishlay boshlaydi.

02

Kassada kod topilmasa — o‘sha zahoti biriktiring

Skanerlangan kod bazada bo‘lmasa, ilova kodni eslab qolib ro‘yxatni ochadi: tovarni bossangiz kod o‘shanga biriktiriladi va keyingi safar darhol topiladi. Kod band bo‘lsa, ilova buni aytadi.

03

Kodi yo‘q tovarga o‘z kodingizni yasang

Zavod kodi yo‘q tovarga — uy mahsuloti yoki zargarlik buyumiga — “20” bilan boshlanadigan o‘z kodingiz bir bosishda yasaladi va yorlig‘i chop etiladi. Bunday kod zavod kodi bilan urishmaydi.

04

Oxirida inventarizatsiya bilan tekislang

Javondagini birkasidan ketma-ket skanerlab chiqasiz, skaner har safar yopilmaydi. Sanoq serverda saqlanadi: boshqa telefondan kirsangiz ham qayerda to‘xtagan bo‘lsangiz o‘sha yerdan davom etadi. Oxirida farq chiqqan tovarlar ro‘yxati chiqadi va qoldiq to‘g‘rilanadi — inventarizatsiya qo‘llanmasi.

Daftardagi qarzlarni ko‘chirish

Qarz daftari alohida ko‘chiriladi va bu tovar ro‘yxatidan qisqaroq ish: qarzdorlar tovarlardan kam. Eski qarzlarni bir o‘tirishda kiritsangiz, ertadan qarz nasiya daftarida yuriladi.

Ko‘p beriladigan savollar

Menda 2000 ta tovar bor — hammasini qo‘lda terishim kerakmi?

Eng ko‘p vaqtni tovar nomi oladi, uni esa ko‘pincha terish shart emas: katalogdan tanlaysiz, yorliqni suratga olasiz yoki nakladnoy suratini yordamchiga yuborasiz. Miqdor va narx baribir sizdan so‘raladi. Ro‘yxatni bir kechada to‘ldirish shart emas: kassani birinchi kundan ishlatib, qolgan tovarlarni sotuv jarayonida qo‘shib borasiz.

Excel faylimni sizga yuborsam, o‘zingiz yuklab berasizmi?

Yo‘q. Ilovada ham, biz tomonda ham faylni bazaga quyadigan yo‘l yo‘q, shuning uchun bunday va’da bermaymiz. Lekin faylingiz asqotadi: eng ko‘p sotiladigan nomlarni o‘shandan qarab, katalog va yorliq surati bilan tez kiritasiz.

Excelda yuritishning o‘zi nimasi yomon?

Excel — jadval, u sotuvni bilmaydi: har savdodan keyin qoldiqni qo‘lda tuzatasiz, qarzni boshqa daftarga yozasiz. BuySale’da qoldiq sotuv bilan birga kamayadi, qarz o‘sha sotuvdan daftarga tushadi. Excel esa yo‘qolmaydi — omborni istalgan payt .xlsx qilib olasiz.

Ko‘chirish davomida do‘kon ishlab turadimi?

Ha. Ro‘yxatga tushgan tovar o‘sha zahoti kassada sotiladi, tushmaganini qo‘shib borasiz. Android yoki Windows ilovasida internet uzilsa ham sotuv yozilaveradi (7 kungacha) va aloqa qaytgach o‘zi yuboriladi.

Eski daftarni saqlab qo‘yaymi?

Birinchi haftalarda saqlab qo‘ying — bu tekin va tinchlantiradi. Qarzlar ko‘chib bo‘lgach daftarga yozishni to‘xtating, aks holda ikkita hisob paydo bo‘ladi. Do‘kon ma’lumoti serverda saqlanadi: telefon yo‘qolsa ham yozuvlaringiz qoladi.

Bog‘liq sahifalar

BuySale

Bugun sinab ko‘ring, ertaga farqni ko‘rasiz.

7 kun bepul, to‘lov kartasi so‘ralmaydi. Keyin kuniga 6 630 so‘mdan — do‘kon turiga qarab.

Bepul boshlash