Buyurtma yozish odatda javonlarni aylanib chiqishdan boshlanadi: nima tugadi, nimadan qancha olish kerak. BuySale bu ro‘yxatni omborning o‘zidan tuzadi — qoldig‘i chegaraga tushgan har bir tovar ro‘yxatga tushadi va yoniga oxirgi 30 kunlik savdoga qarab taklif qilingan miqdor qo‘yiladi.
Taklif ikki o‘lchovning kattasidan olinadi: oxirgi 30 kunlik sotuv tezligi bo‘yicha yana 14 kunga yetadigan miqdor, yoki “kam qoldi” chegarasining ikki barobari. Shu maqsaddan ombordagi hozirgi qoldiq ayriladi — ya’ni taklif yetishmayotgan qism. Raqam taklif bo‘lib qoladi: oxirgi qaror sizda, har satrda “−” va “+” tugmalari bor.
Kam qolgan tovarlar ro‘yxati, ombor va ta’minotchilar bo‘limi telefonda shunday ko‘rinadi.

Yangi dizayn
Avvalgi dizayn
Yangi dizayn
Avvalgi dizayn
Yangi dizayn
Avvalgi dizaynSuratlar namoyish do‘konidan olingan: ulardagi tovar nomlari, mijozlar va summalar o‘ylab topilgan. Haqiqiy do‘kon ekranida mijozlarning ismi va qarzi turadi, shuning uchun ularni saytga qo‘ymaymiz. Ekranning ko‘rinishi esa aynan shunday.
Eng muhimi birinchi bo‘lib yozilgan — chunki ko‘pchilik aynan shuni kutadi.
Ha, va u har bir tovarga alohida. Ombor bo‘limida tovar kartochkasini ochib chegarani yozasiz: tez ketadigan tovarga balandroq, sekin ketadiganiga pastroq. Do‘kon turiga qarab beriladigan standart qiymat faqat boshlang‘ich nuqta — oziq-ovqatda 5, parfumeriyada 3, kiyimda 2. Qoldiq hisobdagiga to‘g‘ri kelmasa, avval inventarizatsiya qiling — taklif shundan keyin aniq bo‘ladi.
Yo‘q, har biri alohida tanlanadi. Ro‘yxat tepasida ta’minotchilar tugmalari turadi: birini tanlaysiz — matn, summa va chop etish faqat o‘sha guruh bo‘yicha ketadi. Ta’minotchisi belgilanmagan tovarlar oxirgi guruhda to‘planadi.
Yo‘q. “Tovar keldi” tugmasi faqat buyurtma holatini o‘zgartiradi — qoldiqqa tegmaydi. Kelgan tovarni Kassa bo‘limidagi “Tovar kirimi” orqali kiritasiz: shunda partiya ochiladi, qoldiq oshadi va ombor jurnaliga yozuv tushadi. Buni ataylab ajratganmiz: buyurtma qilingan narsa bilan haqiqatan kelgan narsa ko‘pincha bir xil bo‘lmaydi.
Ombor va tovar hisobi telefonda: qoldiq va kirim, srok va partiya, kam qolgan tovar, inventarizatsiya va Excel’ga yuklab olish. Excel’dan import yo‘q.
Batafsil →Tovarni qarzga olsangiz, kimga qancha qarz qolgani yoziladi: har postavshik bo‘yicha qarz, to‘lash muddati, qisman to‘lov va jami «qarzim» bosh sahifada.
Batafsil →Do‘konda inventarizatsiya qanday qilinadi: tayyorgarlik, birkani ketma-ket skanerlash, farqlarni ko‘rib chiqish va qoldiqni to‘g‘rilash — qadamba-qadam.
Batafsil →Xo‘jalik mollari do‘koni uchun dastur: dona, kg, litr, metr, quti va komplekt, shtrix-kod bilan kassa, kam qolgan tovar ro‘yxati, nasiya va postavshik qarzi.
Batafsil →Tovarni filialdan filialga ikki bosqichda o‘tkazing: jo‘natilgan tovar yo‘lda turadi, qabul qiluvchi kelganini sanab tasdiqlaydi. Kamomad yozib qo‘yiladi.
Batafsil →
7 kun bepul, to‘lov kartasi so‘ralmaydi. Keyin kuniga 6 630 so‘mdan — do‘kon turiga qarab.
Bepul boshlashBuySale yordamchisi
Sayt ma’lumotlari asosida javob beradi
AI xato qilishi mumkin — muhim savolni Telegram orqali aniqlang.
Javob yozilmoqda