Do‘kon uchun bepul Excel shablonlar: ombor va qarz daftari
To‘rtta tayyor jadval: tovarlar ro‘yxati va qoldig‘i, kirim daftari, qarz daftari va inventarizatsiya varag‘i. Formulalar ichida — qoldiq, summa, qarz va farq o‘zi hisoblanadi. Excel, Google Sheets yoki LibreOffice’da ochasiz, ro‘yxatdan o‘tish shart emas.
Bo‘ladi, ayniqsa tovar kam bo‘lsa va sotuvni o‘zingiz yozsangiz. Shablonlar aynan shu uchun: ustunlar tayyor, formulalar qoldiq va summani o‘zi chiqaradi.
Bitta narsani yodda tuting: Excel sotuvni bilmaydi — har sotilgan tovarni qo‘lda yozasiz. Qoldiq kassadagi sotuv bilan o‘zi kamayishi kerak bo‘lsa, bu endi dastur ishi — Excel’dan dasturga qanday o‘tiladi.
To‘rtta shablon — bepul yuklab oling
Har birida namuna qatorlar va «Qo‘llanma» varag‘i bor. CSV — faqat asosiy varaq, formulasiz, ustunlari nuqtali vergul (;) bilan ajratilgan: Google Sheets yoki boshqa dasturga yuklash uchun.
Tovarlar ro‘yxati va qoldiq
Har tovar — bitta qator: narxi, ustamasi va qoldig‘i. Oy boshidagi qoldiqqa kirimni qo‘shib, sotilganini ayiradi; kam qolganini belgilaydi.
Ustunlar: Tovar nomi, Shtrix-kod, Birlik, Kirim narxi, Sotuv narxi, Ustama, Oy boshidagi qoldiq, Kirim, Sotildi, Qoldiq, Qoldiq qiymati, Kam qolsa, Holat.
Oyiga bir varaq. Oy boshidagi qoldiqqa kelganini qo‘shib, sotilganini ayirsangiz — hozirgi qoldiq chiqadi.
01
Ro‘yxatni to‘ldiring
Nomi, shtrix-kodi, birligi, kirim va sotuv narxini yozasiz. Ustama foizi o‘zi chiqadi.
02
Oy davomida yozib boring
Oy boshidagi qoldiq, kelgani («Kirim») va sotilgani («Sotildi»). Qoldiq va uning kirim narxidagi qiymati o‘zi hisoblanadi.
03
Kam qolganini ko‘ring
«Kam qolsa» ustuniga chegara yozing: qoldiq shunga tushganda «Buyurtma qiling» chiqadi. Filtr bilan faqat shularni qoldirasiz.
Formulalar
Qoldiq = oy boshidagi qoldiq + kirim − sotildi
Qoldiq qiymati = qoldiq × kirim narxi
Ustama = (sotuv narxi − kirim narxi) ÷ kirim narxi
BuySale’da qoldiq har sotuvda o‘zi kamayadi, kam qolgan tovarlar alohida ro‘yxat bo‘lib chiqadi va ta’minotchiga buyurtma ro‘yxatiga aylanadi. Omborni istalgan payt .xlsx qilib yuklab olasiz — ombor hisobi. Kodsiz tovarga kod kerak bo‘lsa — shtrix-kod generatori.
Kirim daftari: qanday to‘ldiriladi
Har kelgan tovar — bitta qator. Ikkinchi varaq har ta’minotchidan olingan tovar va qolgan qarzingizni yig‘adi.
01
Kelgan tovarni yozing
Sana, ta’minotchi, nakladnoy raqami, tovar, miqdor va kirim narxi. Summa o‘zi chiqadi, sotuv narxini yozsangiz — ustama ham.
02
Ta’minotchini bir xil yozing
Nom har safar aynan bir xil yozilsin: «Ta’minotchilar» varag‘i summani shu nom bo‘yicha yig‘adi.
03
To‘lovni belgilang
«Ta’minotchilar» varag‘ida «To‘langan»ga bergan pulingizni yozasiz — «Qarzim» o‘zi hisoblanadi.
Formulalar
Summa = miqdor × kirim narxi
Olingan tovar = shu ta’minotchi qatorlaridagi summalar yig‘indisi (SUMIF)
Qarzim = olingan tovar − to‘langan
BuySale’da kirim tovar kartochkasiga yoziladi: zavod kodini skanerlasangiz, tovar markaziy katalogda bo‘lsa nomi va bo‘limi o‘zi to‘ladi. AI yordamchi nakladnoy suratidan tahrirlanadigan kirim ro‘yxatini tayyorlaydi — tasdiqlamaguningizcha omborga tushmaydi. Ta’minotchiga qarz muddati bilan alohida yuritiladi — postavshiklarga qarz.
Qarz daftari: qanday to‘ldiriladi
Har qarz — alohida qator, to‘lovi o‘sha qatorda. Ikkinchi varaqda har mijozning jami qarzi va muddati o‘tgan qarzlari soni.
01
Qarzni yozing
Sana, mijoz, telefon, nima olgani, summa va to‘lash muddati.
02
To‘lovni qo‘shing
Mijoz pul olib kelsa, o‘sha qatordagi «To‘langan»ga qo‘shasiz (masalan =50000+30000). Qoldiq va holat o‘zi o‘zgaradi.
03
Kim qancha qarzligini ko‘ring
«Mijozlar» varag‘iga ismni bir marta yozing — jami qarzi, to‘langani va qoldig‘i o‘zi chiqadi.
Formulalar
Qoldiq = qarz summasi − to‘langan
Holat: qoldiq 0 bo‘lsa — «Yopilgan», muddat o‘tgan bo‘lsa — «Muddati o‘tgan», aks holda — «Ochiq»
Mijozning jami qarzi = uning qatorlaridagi summalar yig‘indisi (SUMIF)
BuySale’da qarz kassaning o‘zida yoziladi: savatni yig‘ib «Qarzga» desangiz, qarz mijozning daftariga o‘zi tushadi. Qisman to‘lov, muddat, kredit limiti va muddati o‘tganlar ro‘yxati bor. Eslatma SMS o‘zi ketmaydi — dastur kimga qo‘ng‘iroq qilish kerakligini ko‘rsatadi. Batafsil — nasiya daftari.
Inventarizatsiya varag‘i: qanday to‘ldiriladi
Hisobdagi son yonida javondagi son. Varaq chop etishga tayyor: sarlavha har sahifada takrorlanadi.
01
Hisobdagi sonni ko‘chiring
Tovarlar ro‘yxatidagi (yoki daftardagi) qoldiqni «Hisobda» ustuniga yozasiz.
02
Javonni sanang
Sanalgan sonni «Sanaldi»ga yozing — kompyuterda yoki chop etilgan varaqda qalam bilan.
03
Farqni ko‘rib chiqing
Farq va uning summasi o‘zi chiqadi, yuqorida kamomad va ortiqcha jami turadi. Farqni darrov o‘g‘irlik deb o‘qimang — avval qayta sanang.
Formulalar
Farq = sanaldi − hisobda (manfiy — kamomad, qizil bilan)
Farq summasi = farq × kirim narxi
Kamomad va ortiqcha = farq summalari yig‘indisi (SUMIF)
BuySale’da sanoq skaner bilan ketadi: birkani ketma-ket skanerlaysiz, tekshirilgani serverda saqlanadi, oxirida farq chiqqan tovarlar ro‘yxati chiqadi va qoldiq to‘g‘rilanadi — inventarizatsiya qo‘llanmasi.
Excel qachon yetmay qoladi
Shablon — yaxshi boshlanish. Lekin quyidagi holatlarda jadval ishni yengillashtirish o‘rniga qo‘shimcha ish bo‘lib qoladi.
Siz bilan birga sotuvchi ham ishlasa: bitta faylni ikki odam tahrirlasa, yozuvlar ustma-ust tushadi, kim nimani o‘zgartirgani ko‘rinmaydi.
Sotuv ko‘p bo‘lsa: har chekdan keyin qoldiqni qo‘lda tuzatish vaqt oladi va adashish oson.
Do‘konda turmagan paytingizda: telefonda katta jadvalni ochish noqulay, kechqurun «bugun qancha foyda» degan savolga Excel o‘zi javob bermaydi.
Qarzga savdo ko‘p bo‘lsa: qarz kassadagi sotuvdan alohida yoziladi va bir joyda unutilib qoladi.
Shunday holatda do‘kon dasturi vaqtni tejaydi. Ro‘yxatni ko‘chirish yo‘llari — Excel o‘rniga dastur sahifasida. Ustamani tekshirmoqchi bo‘lsangiz — ustama kalkulyatori.
Bilib qo‘ying
Bu shablonlarni BuySale’ga yuklab bo‘lmaydi: dasturda Excel yoki CSV fayldan import yo‘q. Teskarisi bor — omborni .xlsx qilib yuklab olasiz.
Shablonlar sotuvni o‘zi yozmaydi: Excel kassaga ulanmagan, har sotuvni qo‘lda kiritasiz.
CSV fayllarda formula yo‘q: ular faqat ustunlar va namuna qatorlar.
Ko‘p beriladigan savollar
Shablonni BuySale’ga yuklasam bo‘ladimi?
Yo‘q. BuySale’da Excel yoki CSV fayldan import yo‘q — buni oldindan aytamiz. Tovar ro‘yxati katalogdan, yorliq suratidan va skaner bilan to‘ladi; teskarisi esa bor: omborni bir bosishda .xlsx qilib olasiz.
Google Sheets’da ishlaydimi?
.xlsx faylni Google Drive’ga yuklab, Google Sheets’da ochasiz. Formulalar oddiy — IF, SUMIF, COUNTIF — va Google Sheets’da ham bor. CSV faylda esa formula yo‘q, faqat ustunlar va namuna qatorlar.
Internetdan olingan har qanday faylni Excel «himoyalangan ko‘rinish»da ochadi. Shablonlarda makros yo‘q, faqat oddiy formulalar — «Tahrirlashni yoqish»ni bosib ishlayverasiz.
Ustun qo‘shsam yoki nomini o‘zgartirsam formulalar buziladimi?
Ustun nomini bemalol o‘zgartiring. Kulrang formulali ustunlarni o‘chirmang. Formulalar asosiy varaqda 1 000 ta, ikkinchi varaqda (ta’minotchilar, mijozlar) 300 ta qatorga oldindan qo‘yilgan; ko‘proq kerak bo‘lsa, oxirgi qatorni pastga cho‘zib nusxalang — formulalar ham ko‘chadi, jami va boshqa varaqdagi yig‘indilar esa yangi qatorlarni ham hisobga oladi.
Excel internetsiz ishlaydi, BuySale-chi?
Android va Windows ilovasi internetsiz 7 kungacha ishlaydi: sotuv, qarz va to‘lovlar navbatga yoziladi va aloqa qaytgach o‘zi yuboriladi. Brauzer versiyasi (app.buysale.uz, Telegram) esa internet talab qiladi — bu jihatdan Excel qulayroq. Aloqa uzilganda nima qilish kerakligi — «Internet uzilsa» sahifasida.
Shablonlar haqiqatan bepulmi?
Ha. Ro‘yxatdan o‘tish, telefon yoki pochta so‘ralmaydi — fayl to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklanadi. Uni o‘zingizga moslab o‘zgartiraverasiz.
7 kun bepul, to‘lov kartasi so‘ralmaydi. Keyin kuniga 6 630 so‘mdan — do‘kon turiga qarab. Qoldiq sotuv bilan o‘zi kamayadi, qarz kassadan daftarga o‘zi tushadi, kechki hisobot Telegram’ga keladi.