Do‘kon hisoboti: savdo, sof foyda va kun yakuni

Kunlik hisobot bitta ekranda: tushum, chek soni, yalpi foyda, xarajat va sof foyda. Davrni tugmalar bilan almashtirasiz — bugun, oxirgi 7 kun, oxirgi 30 kun yoki o‘zingiz tanlagan sana oralig‘i («Oraliq»). Kechqurun esa kun yakuni Telegram’ga o‘zi keladi, ilovani ochish ham shart emas.

7 kun bepul sinab ko‘rishTo‘lov kartasi shart emas

Hisobot ekranlari — ilovaning o‘zidan

Hisobot, xarajatlar va bosh ekran telefonda aynan shunday ko‘rinadi.

Hisobot ekrani: savdo, yalpi foyda, xarajat va sof foyda raqamlariHisobot ekrani: savdo, yalpi foyda, xarajat va sof foyda raqamlariYangi dizayn
Hisobot ekrani: savdo, yalpi foyda, xarajat va sof foyda raqamlariAvvalgi dizayn
HisobotlarSavdo, yalpi foyda, xarajat va sof foyda. Pastida to‘lov turlari va kim qancha sotgani.
Xarajatlar ekrani: kategoriya bo‘yicha summalar va foizlarXarajatlar ekrani: kategoriya bo‘yicha summalar va foizlarYangi dizayn
Xarajatlar ekrani: kategoriya bo‘yicha summalar va foizlarAvvalgi dizayn
XarajatlarTurkumlar bo‘yicha ulush va foizi, tagida kunlar bo‘yicha ro‘yxat.
BuySale ilovasining asosiy ekrani: bugungi savdo, sof foyda va hafta ustunlariBuySale ilovasining asosiy ekrani: bugungi savdo, sof foyda va hafta ustunlariYangi dizayn
BuySale ilovasining asosiy ekrani: bugungi savdo, sof foyda va hafta ustunlariAvvalgi dizayn
Asosiy ekranBugungi savdo, sof foyda, hafta ustunlari va kunlik maqsad. Pastida qarzdorlar, qarzim va sof balans.

Suratlar namoyish do‘konidan olingan: ulardagi tovar nomlari, mijozlar va summalar o‘ylab topilgan. Haqiqiy do‘kon ekranida mijozlarning ismi va qarzi turadi, shuning uchun ularni saytga qo‘ymaymiz. Ekranning ko‘rinishi esa aynan shunday.

Har kecha kun yakuni Telegram’ga o‘zi keladi

Sukut bo‘yicha soat 22:00 da kechki hisobot Telegram’ga yuboriladi. Soatni 18:00 dan 23:00 gacha o‘zingiz tanlaysiz yoki hisobotni butunlay o‘chirib qo‘yasiz. O‘sha sozlamada xabar qanday ko‘rinishini oldindan ko‘rasiz va “hozir yubor” tugmasi bilan sinab ko‘rasiz. Xabar faqat Telegram orqali ketadi — buning uchun do‘kon egasi botni bir marta ochgan bo‘lishi kerak, SMS yuborilmaydi.

Davr: bugun, 7 kun, 30 kun yoki o‘zingiz tanlagan oraliq

Buni ochiq aytamiz: “hafta” va “oy” — surilib boradigan davrlar, kalendar hafta yoki kalendar oy emas. Kalendar oy yoki boshqa aniq sanalar kerak bo‘lsa — to‘rtinchi tugma, «Oraliq».

Bugun

Tushum, chek soni, yalpi foyda, xarajat va sof foyda. Kun Toshkent vaqti bilan o‘lchanadi va tunda 00:00 da yangilanadi — kechki savdo kechagi kunga tushib qolmaydi.

Oxirgi 7 kun

Bugundan orqaga sanaladigan 7 kun. Dushanbadan boshlanadigan kalendar hafta emas — tugma bosilgan kunga qarab davr suriladi.

Oxirgi 30 kun

Bugundan orqaga 30 kun. “1-30 sentabr” degani emas: 15-sentabrda bossangiz, avgustning yarmi ham shu hisobga kiradi.

Oraliq

«Oraliq» tugmasida boshlanish va tugash sanasini o‘zingiz tanlaysiz — masalan, kalendar oy yoki “1-mart – 15-mart”. Tugash kunining o‘zi ham hisobga kiradi, kim qancha sotgani ham shu sanalar bo‘yicha chiqadi.

Sof foyda qanday hisoblanadi

Muhim bir gap: har sotuvda o‘sha paytda yechilgan partiyaning kirim narxi sotuvga yozib qo‘yiladi — keyin kirim narxini o‘zgartirsangiz, o‘tgan kunlar foydasi o‘zgarmaydi. Faqat kirim narxi umuman yozilmagan tovar sotilgan bo‘lsa, narxni keyin yozganingizda o‘sha sotuv ham to‘g‘rilanadi. Shuning uchun kirim paytida tannarxni to‘g‘ri yozib borish foyda raqamining aniqligini belgilaydi. Ijara, svet va oylikni qanday yozish — xarajatlar sahifasida. Bitta tovarning ustama va marjasini oldindan hisoblab ko‘rish — ustama kalkulyatorida.

01

Yalpi foyda

Har bir sotilgan tovarning sotuv narxidan kirim narxi ayriladi va hammasi qo‘shiladi.

02

Qaytarish chiqariladi

Qaytarib olingan tovar tushumdan ham, foydadan ham avtomat ayriladi — qo‘lda tuzatish kerak emas.

03

Xarajat ayriladi

Ijara, svet, ish haqi va boshqa yozilgan xarajatlar ayrilgach, qo‘lingizda sof foyda qoladi.

Kim qancha sotdi va pul qayerga ketdi

Sotuvlar ro‘yxatini va xarajatlarni CSV fayl qilib yuklab olasiz — faylga ekranda tanlangan davr (yoki oraliq) tushadi, uni buxgalterga yuborsa bo‘ladi. Fayl vergul bilan ajratilgan: uni Google Sheets’da yoki Excel’ning «Ma’lumotlar → Matn/CSV dan» oynasida ajratuvchini «vergul» qilib oching. Bu soliq hisoboti emas — fiskal hisob onlayn-NKMda qoladi.

Xodimlar bo‘yicha

Har bir sotuvchi bo‘yicha tushum, chek soni, o‘rtacha chek va foyda ko‘rinadi, qaytargan tovari natijasidan ayriladi. Do‘kon egasi o‘zi sotgan savdolar alohida qator bo‘lib turadi. Reja, bonus va smenadagi kamomad — xodimlar KPIda.

Xarajatlar daftari

Xarajatni sana va izoh bilan yozasiz, 8 ta tayyor kategoriya bor yoki o‘zingiznikini yozasiz. Qaysi xarajat og‘irligi foiz bilan ko‘rinadi. Har oy qaytadigan ijara yoki ish haqi yozilmagan bo‘lsa, eslatma chiqadi va bir bosishda qo‘shiladi.

To‘lov turi va top tovarlar

Naqd, karta va qarzga ketgan summa alohida ustunda; aralash to‘lovda (yarmi naqd, yarmi karta) har bir qism o‘z joyiga tushadi. Tanlangan davrda eng ko‘p sotilgan 10 ta tovar va ular qancha pul keltirgani ro‘yxat bo‘lib chiqadi.

Smena va kassadagi farq

Smena majburiy emas — ochmasangiz ham savdo, qarz va xarajat yozilaveradi, faqat ular smenaga bog‘lanmaydi. Bir do‘konda bir vaqtning o‘zida faqat bitta smena ochiq turadi, ikki kassali do‘kon uchun alohida kassa hisobi yo‘q. Smena yopilgani Telegram’ga yuborilmaydi — natijani ilovadagi ro‘yxatdan ko‘rasiz. Yana bir halol gap: xarajatda “naqd yoki karta” degan maydon yo‘q, shuning uchun kartadan to‘langan xarajat smena yopishda farq bo‘lib chiqadi. Farq chiqqanda nimadan boshlash — sotuvchi nazorati sahifasida.

Hisobot haqida savollar

Kechki hisobot kelmayapti, nima qilay?

Hisobot faqat Telegram orqali ketadi, SMS yuborilmaydi. Shuning uchun do‘kon egasi botni bir marta ochib qo‘ygan bo‘lishi kerak. Keyin sozlamadan hisobot yoqilganini va soatini (18:00 dan 23:00 gacha, sukut bo‘yicha 22:00) tekshiring — o‘sha yerda “hozir yubor” tugmasi bilan darhol sinab ko‘rasiz. Bir kunda faqat bitta xabar yuboriladi.

“Oylik hisobot” shu oyniki emasmi?

Yo‘q, bu oxirgi 30 kun — kalendar oy emas. Xuddi shunday, “hafta” ham oxirgi 7 kun. Masalan 15-sentabrda “oy” tugmasini bossangiz, avgustning yarmi ham shu hisobga kiradi. Aynan kalendar oy yoki boshqa aniq sanalar (aytaylik 1-mart – 15-mart) kerak bo‘lsa, «Oraliq» tugmasini bosib, boshlanish va tugash kunini tanlang.

Foyda raqamiga ishonsam bo‘ladimi?

Foyda sotuv narxidan kirim narxini ayirib chiqariladi, qaytarilgan tovar avtomat chiqariladi, xarajatlar esa sof foydadan ayriladi. Kirim narxi har sotuvda o‘sha paytda yechilgan partiyadan olinib, sotuvga yozib qo‘yiladi — tannarxni keyin o‘zgartirsangiz, o‘tgan kunlar foydasi o‘zgarmaydi. Bitta istisno: kirim narxi umuman yozilmagan tovar sotilgan bo‘lsa (va 2026-yil 19-sentabrgacha bo‘lgan eski sotuvlarda), hisob tovarning hozirgi kirim narxini oladi — narxni keyin yozsangiz yoki o‘zgartirsangiz, o‘sha sotuvlar ham qayta hisoblanadi.

Xodimim foyda va tannarxni ko‘rib qolmaydimi?

Hisobotni faqat “hisobot” ruxsati berilgan xodim ko‘radi. “Kirim narxini ko‘rish” ruxsati berilmagan bo‘lsa, tannarx va foyda unga umuman yuborilmaydi — ekranda ham, yuklab olingan faylda ham chiqmaydi. Bitta ogohlantirish: hisobot ruxsati berilgan xodim xarajatlar summasi va kategoriyalarini hisobot ekranida ko‘raveradi. Ruxsatlar to‘liq ro‘yxati — xodim huquqlari qo‘llanmasida, kamomad sabablari esa sotuvchi o‘g‘irligi haqidagi maqolada.

Kim nima yozganini bilib bo‘ladimi?

Har bir savdo, qarz va xarajat kim tomonidan yozilgani saqlanadi, xodimlar bo‘limida esa oxirgi 30 ta kirish ro‘yxati turadi. Ishdan bo‘shagan xodimni o‘chirsangiz ham uning savdolari joyida qoladi. Ammo “kim narxni o‘zgartirdi, kim tovarni o‘chirdi” degan umumiy tarix ekrani hozircha yo‘q; xarajatni kim yozgani xarajatlar ro‘yxatida, qarzni kim yozgani esa mijoz kartochkasida ko‘rsatilmaydi.

Internet bo‘lmasa hisobot ishlaydimi?

Android va Windows ilovalarida hisobot internetsiz ham ochiladi, lekin oxirgi yuklangan holatda ko‘rinadi; aloqa qaytgach yangilanadi. Brauzerdagi veb-versiyaga internet kerak. Ma’lumot serverda saqlanadi, shuning uchun telefoningiz yo‘qolsa ham hisobotingiz joyida qoladi.

Bog‘liq sahifalar

BuySale

Bugun sinab ko‘ring, ertaga farqni ko‘rasiz.

7 kun bepul, to‘lov kartasi so‘ralmaydi. Keyin kuniga 6 630 so‘mdan — do‘kon turiga qarab.

Bepul boshlash