Do‘kon dasturini qanday boshlash

Ro‘yxatdan o‘tishdan birinchi savdogacha — besh qadam. Telefon raqamingiz va Telegram’ga keladigan kod yetadi: ariza ham, hujjat ham, to‘lov kartasi ham so‘ralmaydi.

7 kun bepul boshlashTo‘lov kartasi shart emas

BuySale’ni ishga tushirish uchun kompyuter ham, usta chaqirish ham kerak emas — hammasi telefondan qilinadi. Ilovaning o‘zida «O‘qitish» bo‘limi ham bor: har bo‘limni namuna ma’lumot bilan ko‘rsatadi va hech narsani saqlamaydi.

Boshlashdan oldin nima kerak

  • Telefon raqamingiz — do‘kon shu raqamga bog‘lanadi.
  • Telegram — kirish kodi faqat Telegram bot orqali keladi, SMS yuborilmaydi.
  • Internet — mobil internet yoki Wi-Fi. Kirish uchun internet kerak; keyin Android va Windows ilovalari aloqasiz 7 kungacha ishlaydi, brauzer versiyasi esa faqat internet bilan.
  • Tovarlaringiz — hammasini birdan kiritish shart emas, eng ko‘p sotiladiganidan boshlayvering.
  • Do‘kon hali ochilmagan bo‘lsa — avval ro‘yxatdan o‘tish, soliq rejimi va fiskal kassa: do‘kon ochish qo‘llanmasi.

Besh qadamda ishga tushasiz

Har bir qadam pastda batafsil yozilgan — birma-bir bajarib chiqing.

01

Raqamingizni kiriting

app.buysale.uz sahifasini oching, telefon raqamingizni yozing va Telegram’ga kelgan 6 xonali kodni kiriting.

02

Do‘kon kartochkasini to‘ldiring

Do‘kon nomi, ismingiz, do‘kon turi va til; karta raqami ixtiyoriy — do‘kon shu zahoti ochiladi.

03

7 kun bepul ishlang

Sinov muddatida hamma bo‘lim ochiq, kunlik to‘lov yechilmaydi.

04

Birinchi tovarlarni kiriting

Tayyor katalogdan tanlaysiz, yorliqni suratga olasiz yoki kirim ekranida qo‘lda yozasiz.

05

Xodim qo‘shing, ilovani o‘rnating

Sotuvchiga 4 xonali PIN berasiz, ilovani telefon ekraniga chiqarib qo‘yasiz.

Bosib ko‘ring

Ilova ichida nima borligini hozir ko‘ring

Ro‘yxatdan o‘tishdan oldin ham ilovani ochib ko‘rsangiz bo‘ladi. Pastdagi ikonkalarni bosing: asosiy ekran, mijozlar, qarz yozish, kassa va profil — hammasi shu yerda.

  • Asosiy — bugungi savdo, foyda va hafta ustunlari
  • Kassa — sotuv, tovar kirimi va cheklar tarixi
  • Mijozlar — kim qancha qarzdor
  • Qarz yozish — ovoz bilan yoki qo‘lda
Ekranni bosib ko‘ring
9:41
Asosiy
Bugungi savdo
842 000 so‘m
Sof foyda
210 ming
Sotuv
37
Qarzga
120 ming
Qarzdorlar
1,2 mln
Qarzim
380 ming
Sof balans
820 ming
Eslatma
Postavshik
Hisobot
Xarajatlar
Ombor
AI yordamchi
Kassa
Coca-Cola 1.5L
qoldiq: 23 dona
14 000 so‘m
Non
qoldiq: 40 dona
4 000 so‘m
Choy Ahmad 100g
qoldiq: 12 dona
22 000 so‘m
Savat 1 · 3 xil
Jami40 000 so‘m
NaqdKartaQarzga
Sotuvni yakunlash
Mahsulot nomi
Coca-Cola 1.5L
Shtrix-kodixtiyoriy
4780000123456
Qancha keldi (dona)
24
Kirim narxi (1 dona)
11 000
Sotuv narxi (1 dona)
14 000
Kirimni saqlash
Coca-Cola 1.5L ×2, Non ×1
15.08 19:12 · Naqd
32 000 so‘m
Choy Ahmad 100g ×1
15.08 18:40 · Karta · Aziz aka
22 000 so‘m
Shakar 1 kg ×3
15.08 17:05 · Qarzga · Dilnoza opa
36 000 so‘m
Ombor
Coca-Cola 1.5L
14 000 so‘m
23 dona
Non
4 000 so‘m
40 dona
Choy Ahmad 100g
22 000 so‘m
12 dona
Guruch Lazer 1 kg
18 000 so‘m
31 dona
Paxta yog‘i 1 l
24 000 so‘m
17 dona
Makaron 400g
9 500 so‘m
54 dona
Shakar 1 kg
12 000 so‘m
3 dona
Guruch Lazer 1 kg
18 000 so‘m
4 dona
Sut 1 l
Srok: 2 kun qoldi
9 dona
Tvorog 250g
Srok: 5 kun qoldi
6 dona
AI yordamchi
Bugungi savdo va foyda qancha?
Telegramga yubor
Kim qarzdor va kim kechiktiryapti?
Nima tugayapti, nima buyurtma qilay?
Telegramga yubor
Savdoni hisoblayapman...
Kim qarzdor?Nima buyurtma qilay?Qaysi tovar yotib qolgan?
Savolingizni yozing...
Mijozlar
Aziz aka
+998 90 123 45 67
420 000 so‘m
Dilnoza opa
+998 93 555 12 34
85 000 so‘m
Bek aka
telefon kiritilmagan
150 000 so‘m
Nodira opa
+998 91 777 08 22
0 so‘m
Sardor aka
+998 94 210 33 15
260 000 so‘m
Malika opa
+998 99 604 77 41
45 000 so‘m
Qarz yozish
Bosing va gapiring
Masalan: “Karim akaga 120 ming so‘m, shanbagacha”
0so‘m
Mijoz ismi
Karim aka
Qarzdor telefoni
+998 90 123 45 67
Muddatixtiyoriy
kk.oo.yyyy
Izohixtiyoriy
Qarz yozish
Profil
Balans150 000 so‘m · 12 kun
Do‘kon ma’lumotlari
TilO‘zbekcha (lotin)
Karta raqami•••• 9012
Skaner ovoziKod o‘qilganda “bip” chiqadi.
Chek printeri80 mm
Yorliq printeri40×30 mm
Kechki hisobot22:00
Xodimlar (sotuvchilar)

1-qadam. Telefon raqami va Telegram’dan keladigan kod

app.buysale.uz manzilini ochasiz, telefon raqamingizni yozasiz va kod so‘rash tugmasini bosasiz. Bir martalik 6 xonali kod SMS bilan emas, Telegram bot orqali keladi — kod uchun pul ketmaydi.

Raqamingiz hali botga ulanmagan bo‘lsa kod kelmaydi: ilova avval botni ochish tugmasini ko‘rsatadi. Botni Telegram’da bir marta ochib, ishga tushirib qo‘ysangiz, keyingi kodlar o‘sha yerga tushaveradi. Kod 5 daqiqa amal qiladi; ketma-ket noto‘g‘ri terilsa, raqam bir muddatga bloklanadi.

Do‘kon egasi ilovani bot ichidan ochsa, kod ham, parol ham so‘ralmaydi — ilova o‘zi kirib beradi. Bir marta kirganingizdan keyin 30 kun qayta kod so‘ralmaydi.

2-qadam. Do‘kon kartochkasi va do‘kon turi

Yangi raqam kod bilan tasdiqlangan zahoti do‘kon ochiladi — ariza, kutish va hujjat yo‘q. Keyingi ekranda do‘kon nomi, egasining ismi, do‘kon turi, karta raqami va til to‘ldiriladi. Bu yerdagi karta — do‘koningizniki; BuySale ilovada to‘lov kartangizni so‘ramaydi va hech narsani o‘zi yechib olmaydi — balansni to‘ldirganingizda karta ma’lumotlari faqat Rahmat to‘lov sahifasida kiritiladi. Ilova o‘zbekcha (lotin), o‘zbekcha (kirill) va ruscha ishlaydi, tilni keyin Profil bo‘limidan almashtirasiz.

Do‘kon turini o‘ylab tanlang: u narxni ham, ilovada qaysi ekranlar ochilishini ham belgilaydi. To‘qqizta tur bor — oziq-ovqat, parfumeriya, xo‘jalik mollari, telefon, zargarlik, kiyim, qurilish mollari, dorixona va boshqa; har birining maydonlari va narxi — do‘kon turlari sahifasida.

  • Oziq-ovqat, parfumeriya, dorixona va «boshqa» turida kirimda srok so‘raladi, srogi yaqin tovarlar alohida ro‘yxatga chiqadi.
  • Kiyimda tovar razmerlarga bo‘linadi, zargarlikda proba, massa, o‘lcham va tosh maydonlari ochiladi.
  • IMEI va kafolat ekrani faqat telefon do‘konida bo‘ladi, boshqa turlarda umuman ko‘rinmaydi.
  • Tarozi raqami (PLU) faqat oziq-ovqat turida ishlaydi, markaziy katalog esa zargarlikda ko‘rinmaydi.

3-qadam. 7 kunlik bepul sinov va undan keyin

Ro‘yxatdan o‘tgan do‘kon 7 kun bepul ishlaydi: hamma bo‘lim ochiq, kunlik to‘lov yechilmaydi va ogohlantirish chiqmaydi. To‘lov kartasi so‘ralmaydi, o‘zi davom etadigan obuna ham yo‘q. Har tur narxi — narxlar sahifasida.

Sinovdan keyin hisob kunlik yuritiladi: tarif tanlash yo‘q, balansingizga pul tashlaysiz va har kuni undan bir kunlik haq yechiladi. To‘ldirish uchun «Profil» → «Balans» bo‘limida summani kiritasiz va Rahmat to‘lov sahifasida Uzcard yoki Humo kartasi bilan to‘laysiz. To‘ldirish summasi 1 000 so‘mdan 50 000 000 so‘mgacha; summaga 1% to‘lov komissiyasi qo‘shiladi va u to‘lashdan oldin ko‘rsatiladi (balansga 100 000 so‘m uchun 101 000 so‘m). To‘lov tasdiqlanishi bilan pul balansga o‘zi tushadi.

Balans tugashiga bir necha kun qolganda Telegram’ga ogohlantirish keladi, ilovada yuqorida tasma chiqadi. Bir kunlikdan kam pul qolsa ham navbatdagi kun ochiladi va balans minusga tushadi. Balans nolda yoki minusda bo‘lsa yangi savdo va kirim yozilmaydi, bu kunlar uchun pul olinmaydi, ma’lumotingiz esa joyida qoladi: eski yozuvlar va to‘ldirish ochiq turadi. Pul tushganda avval qarz yopiladi, keyin xizmat qayta ishlaydi.

4-qadam. Birinchi tovarlarni kiritishning uch yo‘li

Hammasini bir kunda kiritish shart emas — eng ko‘p sotiladiganidan boshlang.

Tayyor katalogdan

Markaziy katalogda 1 700 dan ortiq tasdiqlangan tovar zavod shtrix-kodi bilan turadi (2026-yil 3-oktabr holatiga): bo‘lim yoki nom bo‘yicha tanlaysiz yoki qutidagi kodni skanerlaysiz — nomi va bo‘limi o‘zi to‘ladi, siz narx va miqdorni yozasiz. Bo‘lim kirim ruxsati borlarga ochiladi, zargarlikda ko‘rinmaydi.

Yorliqni suratga olib

Kirim ekranida nom yonidagi kamera tugmasi yorliqni suratga oladi va nomni yozadi; yorliqda ko‘ringan bo‘lsa shtrix-kod va sotuv narxi, tur bo‘yicha srok yoki razmer, zargarlikda proba/massa/tosh, telefonda IMEI ham tushadi. Faqat bo‘sh kataklar to‘ldiriladi — zargarlikdagi proba bundan mustasno. O‘qishni internet orqali sun’iy intellekt bajaradi, saqlashdan oldin ko‘zdan kechiring.

Qo‘lda kirim qilib

Nomi, miqdori, kirim va sotuv narxini yozasiz — qoldiq o‘sha zahoti oshadi. Narxni «jami shuncha to‘ladim» deb ham yozsangiz bo‘ladi: bir birlik narxi o‘zi chiqadi, ustamangiz esa ekranda ko‘rinib turadi.

5-qadam. Xodim qo‘shish va PIN bilan kirish

Sotuvchi sizning kodingiz yoki telefoningiz bilan kirmaydi. Profil > Xodimlar bo‘limida har biriga 4 xonali PIN yaratasiz, xodim kirish ekranida do‘konning raqamini va o‘z PIN-kodini teradi. Telegram orqali kirish faqat egada ishlaydi.

Kim nima qila olishini o‘zingiz belgilaysiz: har bir ish uchun alohida ruxsat va to‘rtta tayyor to‘plam bor — «Faqat kassa», «Sotuvchi», «Katta sotuvchi» va «Menejer». Balans, xodimlar ro‘yxati va do‘kon kartasi xodimga hech qachon ochilmaydi; tannarx esa alohida ruxsatsiz ekranda ham, Excelda ham ko‘rinmaydi. Qaysi ruxsat nimani ochishi — xodim huquqlari qo‘llanmasida.

Xodim kirgani Telegram orqali darhol bildiriladi va «kim, qachon kirdi» ro‘yxati saqlanadi. PIN tanlab ko‘rilayotgani ham aytiladi, noto‘g‘ri urinishlardan keyin raqam bir muddatga bloklanadi. Xodimni bloklasangiz yoki ruxsatini olsangiz, u keyingi bosishdayoq to‘xtaydi.

Ilovani telefon ekraniga chiqarib qo‘yish

  • Android (7.0 va undan yangi): APK faylni dasturlar sahifasidan yuklab o‘rnatasiz, telefon “noma’lum manbadan o‘rnatish”ga ruxsat so‘raydi. Play Market hozircha shart emas. Ilova internetsiz 7 kungacha ishlaydi va o‘zi yangilanadi.
  • iPhone: App Store’da ilova hozircha yo‘q. Saytni Safari’da ochib «Ekranga qo‘shish»ni tanlaysiz — alohida ikonka paydo bo‘ladi va ilovadek ochiladi.
  • Kompyuter: brauzerdan ham kiraverasiz — o‘sha raqam va Telegram’dan keladigan kod bilan.

Boshlashdagi savollar

Kirish kodi kelmadi, nima qilay?

Kod faqat Telegram bot orqali keladi, SMS yuborilmaydi. Raqamingiz botga ulanmagan bo‘lsa, kirish ekranidagi tugma bilan botni oching va bir marta ishga tushiring, so‘ng kodni qaytadan so‘rang. Kod 5 daqiqa amal qiladi; ketma-ket noto‘g‘ri terilsa raqam bir muddatga bloklanadi — biroz kutib qaytadan urinib ko‘ring.

Telegram’im yo‘q — ro‘yxatdan o‘ta olamanmi?

Yo‘q. Kirish kodi faqat Telegram bot orqali yuboriladi, shuning uchun Telegram hisobi bo‘lishi shart. Buning foydasi ham bor: kunlik hisobot, balans ogohlantirishi va xodim kirgani haqidagi xabar ham o‘sha yerga keladi.

Birinchi kunda hamma tovarni kiritishim shartmi?

Shart emas. Eng ko‘p sotiladiganidan boshlang — katalogdan tanlab, yorliqni suratga olib yoki qo‘lda yozib; qolganini har kirim qilganingizda qo‘shib borasiz. Sotish uchun esa tovar bazada bo‘lishi kerak.

iPhone’da ishlaydimi, ilovasi bormi?

iPhone’da brauzer orqali ishlaydi: Safari’da ochib «Ekranga qo‘shish»ni tanlasangiz, alohida ikonka paydo bo‘ladi va ilovadek ochiladi. App Store’da ilova hozircha yo‘q. Android uchun kirish ekranidagi tugmadan yuklab o‘rnatiladigan ilova bor — Play Market’da emas.

Sotuvchim mening telefonimga tegishi kerakmi?

Yo‘q. Xodim do‘konning telefon raqamini va siz bergan 4 xonali PIN-kodni teradi, sizning kodingiz kerak emas. U kirgani haqida Telegram’ga darhol xabar keladi; balans, xodimlar ro‘yxati va do‘kon kartasi unga ochilmaydi, tannarxni esa faqat siz ruxsat bersangiz ko‘radi.

Tayyorladi: BuySale jamoasi · Xato topsangiz, Telegram’da bizga yozing

Bog‘liq sahifalar

BuySale

Bugun sinab ko‘ring, ertaga farqni ko‘rasiz.

7 kun bepul, to‘lov kartasi so‘ralmaydi. Keyin kuniga 6 630 so‘mdan — do‘kon turiga qarab.

Bepul boshlash