Qurilish mollari do‘koni uchun dastur: sement qopda, kabel metrda, kafel m2 da, qum tonnada hisoblanadi. Nasiya daftari, ta’minotchiga qarzingiz va ombor qoldig‘i bitta telefonda turadi.
Birlik m2, tonna, qop yoki rulon bo’ladi va miqdorni kasrli yozaverasiz. Qo’shimcha maydon yo’q, bu turda kerak emas.
Qurilish savdosida bitta birlik yetmaydi: biri donada, biri metrda, biri qopda ketadi. Do‘kon turi “qurilish” bo‘lsa, birliklar ro‘yxatida aynan shular chiqadi.
Qurilish mollari ko‘pincha qarzga ketadi: usta bugun olib ketadi, hisobni obyekt tugaganda qiladi. Daftar o‘rniga har qarz mijozga bog‘lanib, to‘langan qismi bilan turadi — nasiya daftari shunday ishlaydi.
To‘lov turini “Qarzga” deb tanlaysiz — avval telefon raqami so‘raladi. Eski mijoz bo‘lsa ismi va ochiq qarzi darhol chiqadi, qarz o‘sha zahoti daftariga tushadi.
Qo‘lga tekkan summani yozasiz, qolgani o‘zi hisoblanib qarzga o‘tadi. Qarzga faqat shu qoldiq tushadi, naqd yoki karta qismi kassa hisobiga boradi.
Muddatli qarz “Qarz yozish” ekranidan yoki mijoz kartochkasidan yoziladi. Muddati o‘tganlari o‘zi belgilanadi va bosh sahifada alohida ro‘yxat bo‘lib turadi.
Mijozga kredit limiti qo‘yasiz yoki uni bloklaysiz — limitdan oshsa yangi qarz yozilmaydi. Ismi yonidagi rangli nuqta haqiqiy to‘lov odatidan hisoblanadi.
Bu savdoda qarz ikki tomonga: mijoz sizdan, siz ta’minotchidan. Ikkalasi alohida yuritiladi, muddati yaqinlari bosh sahifada turadi — postavshiklarga qarz haqida batafsil.
Qaysi ta’minotchiga qancha qarzingiz borligini summa, izoh va to‘lash muddati bilan yozasiz.
To‘lagan summangizni kiritasiz — qolgan qarz o‘zi kamayadi, to‘liq to‘langanda yopiladi, qolganidan ko‘pi qabul qilinmaydi.
Qoldiq chegaradan tushsa tovar bosh sahifada va omborda sariq bo‘ladi. Chegara do‘kon turiga qarab qo‘yiladi, har tovarga o‘zingiznikini yozasiz.
Ro‘yxatda oxirgi 30 kunlik savdoga qarab taxminan 14 kunga yetadigan miqdor taklif qilinadi va ta’minotchilar bo‘yicha guruhlanadi. Tayyor matnni nusxalaysiz yoki chop etasiz.
Kassa, ombor va kun yakuni bitta ilovada — telefon yetadi.
Zavod kodi yo‘q tovarga (armatura, quvur, qum) dastur o‘z kodini yasaydi va yorlig‘ini chop etadi. Yorliqda narx yozilishi ixtiyoriy.
Bir savat yakunlanmasdan ikkinchisi ochiladi — 8 tagacha, har biriga nom berasiz. Usta yuklayotganda navbat to‘xtamaydi.
Chek 58 yoki 80 mm rulonda chiqadi. Qaytarish tovarni skanerlashdan boshlanadi: oxirgi sotuvlar chiqadi, qancha pul qaytishi darhol ko‘rinadi.
Kassada qancha bo‘lishi kerakligini dastur hisoblaydi: boshlang‘ich pul + naqd savdo + qarz to‘lovlari − naqd qaytarishlar − xarajatlar. Farq darhol ko‘rinadi.
Javondagini ketma-ket skanerlaysiz, sanoq serverda saqlanadi — boshqa telefondan kirsangiz ham o‘sha joyidan davom etadi. Oxirida farq ro‘yxati chiqadi.
Tanlangan soatda (sukut bo‘yicha 22:00) kun yakuni Telegram’ga keladi: savdo, naqd/karta/qarz, foyda, xarajat. Telegram bot ulangan bo‘lishi kerak.
Qurilish savdosida bir necha ish hali dasturda yo‘q — keyin “aytmagan edingiz” bo‘lmasligi uchun yozib qo‘yamiz.
Narxni do‘kon turi belgilaydi va u shu turdagi hamma do‘kon uchun bir xil. Bu turda AI yordamchiga berilgan savol uchun alohida pul yechilmaydi. Hamma turlarning narxi va narx ichiga nima kirishi — narxlar sahifasida, boshqa dasturlar qancha so‘rashi esa do‘kon dasturlari narxi tadqiqotida.
Hisob kunlik, oylik shartnoma yo‘q; xodim, kassa va tovar soni uchun ustiga to‘lov qo‘shilmaydi; sozlash 0 so‘m; 7 kun bepul. Fiskal kassa emas.
Yuqoridagi raqam shu do‘kon turi uchun amaldagi narx. Boshqa dasturlarning e’lon qilingan narxlari «Do‘kon dasturlari narxi» sahifasida manba havolasi va tekshirilgan sanasi bilan yig‘ilgan.
Ha. Tovarga dona, kg, tonna, metr, m2, m3, qop, rulon, quti yoki litr birligini qo‘yasiz; kg, tonna, metr, m2 va m3 da miqdor kasr son bilan yoziladi, dona, qop, rulon va qutida esa butun son bo‘ladi. Narxni kabelga 10 yoki 100 metr uchun, kg dagi tovarga 100 gramm uchun aytsangiz ham bir birlik narxi o‘zi hisoblanadi. Kesish yoki hajm kalkulyatori esa yo‘q: nechta m2 chiqishini o‘zingiz hisoblab yozasiz.
Yo‘q. Kassa ekranida muddat maydoni yo‘q, undan chiqqan qarz muddatsiz bo‘ladi va “muddati o‘tgan” hamda eslatma ro‘yxatlariga kirmaydi. Muddat kerak bo‘lsa qarzni “Qarz yozish” ekranidan yoki mijoz kartochkasidan yozing — o‘sha yerda ism, summa, muddat va izoh so‘raladi. Faqat bunda tovar qoldiqdan o‘zi chiqmaydi: bu kassadagi sotuv emas, alohida qarz yozuvi.
Har mijozning umumiy qarzi, telefoni va barcha qarzlari bitta kartochkada: summa, to‘langan qismi, holati. Kredit limiti qo‘ysangiz undan oshganda yangi qarz yozilmaydi, ishonchsizini bloklaysiz. Ismi yonidagi rangli nuqta to‘lov odatidan hisoblanadi, qarz yozayotganda ogohlantirish chiqadi.
Ha, alohida bo‘lim: qaysi ta’minotchiga qancha, nima uchun va qachongacha. To‘lov kiritilganda qoldiq o‘zi kamayadi, to‘liq to‘langanda yopiladi. Muddati yaqinlari bosh sahifada, mijozlar qarzi yonida turadi.
Kodi yo‘q tovarga dastur “20” bilan boshlanadigan o‘z kodini yasaydi, yorlig‘i shu zahoti chiqadi; bitta tovarga yashik kodi va dona kodini birga biriktirsangiz ham bo‘ladi. Yorliqni suratga olsangiz nomi, ko‘ringan bo‘lsa kodi va narxi kataklarga tushadi. Bu o‘qish sun’iy intellekt orqali — internet kerak, saqlashdan oldin ko‘zdan kechiring.
Ha. “Kirim narxini ko‘rish” alohida ruxsat: berilmasa tannarx va foyda ekranda ham, Excelda ham, buyurtma ro‘yxatida ham chiqmaydi — serverdan yuborilmaydi. Qarzga sotish, qaytarish va hisobot ham alohida beriladi; tayyor to‘plamlar: kassir, sotuvchi, katta sotuvchi, menejer. Xodim 4 xonali PIN bilan kiradi; Telegram bot ulangan bo‘lsa, kirgani egasiga xabar bo‘lib boradi va bu xabarni o‘chirib qo‘yish ham mumkin.
Nasiya va qarz daftari ilovasi: kassada qarzga sotasiz, mijozni telefon raqamidan topasiz, qisman to‘lov yozasiz. Qarzdorlar, muddat va to‘lov odati bir joyda.
Batafsil →Tovarni qarzga olsangiz, kimga qancha qarz qolgani yoziladi: har postavshik bo‘yicha qarz, to‘lash muddati, qisman to‘lov va jami «qarzim» bosh sahifada.
Batafsil →Ombor va tovar hisobi telefonda: qoldiq va kirim, srok va partiya, kam qolgan tovar, inventarizatsiya va Excel’ga yuklab olish. Excel’dan import yo‘q.
Batafsil →BuySale narxi do‘kon turiga qarab: 6 630 so‘m/kundan boshlanadi, 30 kunga 198 900 so‘m. 7 kun bepul, sozlash haqi yo‘q.
Batafsil →9 do‘kon turi: oziq-ovqat, dorixona, kiyim, qurilish, zargarlik, parfumeriya, telefon, xo‘jalik mollari va boshqa — har birining maydonlari va narxi.
Batafsil →
7 kun bepul, to‘lov kartasi so‘ralmaydi. Keyin kuniga 6 630 so‘mdan — do‘kon turiga qarab.
Bepul boshlashBuySale yordamchisi
Sayt ma’lumotlari asosida javob beradi
AI xato qilishi mumkin — muhim savolni Telegram orqali aniqlang.
Javob yozilmoqda