Do‘konchi odatda ikki tomonga hisob yuritadi: mijoz unga qarzdor, o‘zi esa postavshikka. Ikkinchisi ko‘pincha daftarda ham, telefonda ham yozilmay qoladi va “men allaqachon to‘lovdim” degan bahs chiqadi. Bu bo‘lim aynan shu tomonni yozib boradi.
Tovarni qarzga olib kelgan payt qo‘lingiz band bo‘ladi. Shuning uchun formada atigi to‘rt narsa bor va ikkitasi majburiy emas: postavshik nomi, summa, izoh (qanday tovar) va to‘lash muddati. Postavshikni oldindan ro‘yxatga kiritib qo‘yish shart emas — nomni yozsangiz, dastur uni o‘zi topadi yoki yangisini ochadi.
Jami qarz, postavshiklar ro‘yxati va bosh sahifadagi “qarzim” qatori telefonda shunday ko‘rinadi.

Yangi dizayn
Avvalgi dizayn
Yangi dizayn
Avvalgi dizayn
Yangi dizayn
Avvalgi dizaynSuratlar namoyish do‘konidan olingan: ulardagi tovar nomlari, mijozlar va summalar o‘ylab topilgan. Haqiqiy do‘kon ekranida mijozlarning ismi va qarzi turadi, shuning uchun ularni saytga qo‘ymaymiz. Ekranning ko‘rinishi esa aynan shunday.
Uchta raqam yonma-yon turadi — mijozlardan keladigan qarz (nasiya daftari), postavshiklarga bo‘lgan qarz va ikkovining farqi. Farq manfiy bo‘lsa qizil rangda chiqadi: ya’ni do‘kon qo‘lidagi pulga qaraganda ko‘proq qarzdor. Pastida esa muddati eng yaqin beshta qarz nomi, izohi va summasi bilan turadi.
“Qarz yozish (tovar oldim)” tugmasini bosib nom va summani yozasiz. Muddatni qo‘ysangiz — kechikkanda o‘zi belgilanadi.
Qarz ustiga bosib to‘lov summasini yozasiz — qolgan qarz o‘zi kamayadi. To‘liq to‘langanda yozuv o‘zi yopiladi.
Har bir postavshikning o‘z tarixi bor: qaysi qarz to‘langan, qaysi biri kechikkan, qanchasi to‘langani yozilgan.
Yo‘q narsani bor deb yozmaymiz — sotib olganingizdan keyin bilib qolgandan ko‘ra, hozir bilganingiz yaxshi.
Yo‘q. Qarz yozayotganda nomni yozasiz — dastur shu do‘konda o‘sha nomli postavshik bor-yo‘qligini qidiradi (katta-kichik harf farq qilmaydi), topsa qarzni o‘shanga yozadi, topmasa yangisini ochadi. “Avval postavshik qo‘shish, keyin qarz yozish” degan ikki bosqich yo‘q.
Hozircha yo‘q. Ilovada postavshikning telefon raqamini kiritadigan joy yo‘q, raqamsiz esa Telegram ham, SMS ham ketmaydi. Buyurtma bo‘limi tayyor matnni beradi: uni nusxalab o‘zingiz yuborasiz yoki A4 varaq qilib chop etib, tovar bilan birga berasiz. Raqam kiritish joyi qo‘shilsa, shu sahifada yozamiz.
Ha. “Ta’minotchilar daftari” — alohida ruxsat: berilmagan xodimda bo‘lim menyuda ko‘rinmaydi va server uning so‘rovini rad etadi. Tayyor to‘plamlardan “Kassir”da bu ruxsat yo‘q. Halol aytamiz: bosh sahifadagi qisqa ro‘yxat hozircha shu ruxsatni tekshirmaydi, ya’ni xodim o‘sha yerda beshta postavshik nomi va summasini ko‘rishi mumkin. Buni tuzatamiz.
Hozircha yozilgan qarzni o‘chirib ham, tahrirlab ham bo‘lmaydi — bu ataylab emas, hali qo‘shilmagan. Shuning uchun summani yozishdan oldin bir tekshirib oling. To‘lovni esa qismma-qism kiritish mumkin va qolgan qarzdan ortiq summa qabul qilinmaydi.
Nasiya va qarz daftari ilovasi: kassada qarzga sotasiz, mijozni telefon raqamidan topasiz, qisman to‘lov yozasiz. Qarzdorlar, muddat va to‘lov odati bir joyda.
Batafsil →Kam qolgan tovardan dastur o‘zi ro‘yxat tuzadi va oxirgi 30 kunlik savdoga qarab qancha olishni taklif qiladi. Ro‘yxatni nusxalaysiz yoki A4 qilib chop etasiz.
Batafsil →Ombor va tovar hisobi telefonda: qoldiq va kirim, srok va partiya, kam qolgan tovar, inventarizatsiya va Excel’ga yuklab olish. Excel’dan import yo‘q.
Batafsil →
7 kun bepul, to‘lov kartasi so‘ralmaydi. Keyin kuniga 6 630 so‘mdan — do‘kon turiga qarab.
Bepul boshlashBuySale yordamchisi
Sayt ma’lumotlari asosida javob beradi
AI xato qilishi mumkin — muhim savolni Telegram orqali aniqlang.
Javob yozilmoqda