BuySale yangiliklari: dasturdagi o‘zgarishlar

Bu yerda faqat ishlab turgan o‘zgarishlar yoziladi — sanasi va batafsil sahifasi bilan. Reja, va’da va «tez orada» yo‘q: imkoniyat ilovada paydo bo‘lgan kuni ro‘yxatga tushadi.

7 kun bepul sinashTo‘lov kartasi so‘ralmaydi

Qisqa javob

Eng so‘nggi o‘zgarish — 2026-yil 5-oktabr: «Filiallar: bir nechta do‘kon bitta hisobda va bitta balansda». Avvalgilari pastda, oylar bo‘yicha, eng yangisi tepada. Yangilanish uchun ilovani qayta o‘rnatish shart emas: u internet orqali ishlaydi va yangi versiya o‘zi keladi.

2026-yil oktabr

— Filiallar: bir nechta do‘kon bitta hisobda va bitta balansda

Ikkinchi do‘konni endi alohida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan, Profil → «Filiallar»dan filial qilib ochasiz. Har filialning o‘z ombori, kassasi va xodimlari bor, pul asosiy do‘kon balansidan yechiladi, ega esa do‘konlar orasida bir bosishda o‘tadi. Xodimlar asosiy do‘kon raqami va o‘z PIN-kodi bilan kiradi. Kechki Telegram hisobotida asosiy do‘kon, har filial va jami birga keladi.

Batafsil: Filiallar

— Filiallararo tovar o‘tkazish: jo‘natish va qabul

Tovarni bir filialdan boshqasiga Ombordagi «Tanlash» bilan yuborasiz: u jo‘natuvchi omboridan chiqadi va qabul qilinguncha «yo‘lda» turadi. Qabul qiluvchi filial kelgan miqdorni yozib qabul qiladi yoki rad etadi; kamomad yozib qo‘yiladi, partiya va srok tovar bilan birga o‘tadi.

Batafsil: Tovar o‘tkazish

— Bildirishnomalar: balans, o‘tkazmalar va kim kirgani bitta ro‘yxatda

Ilovaning tepasida qo‘ng‘iroqcha paydo bo‘ldi: balansdan yechilgan va qo‘shilgan pullar, tovar o‘tkazmalari, xodim kirgani va kamomad yoki ortiqcha bilan yopilgan smenalar shu yerda kunlar bo‘yicha ko‘rinadi. Bu ilova ichidagi ro‘yxat — SMS yoki push-xabar yuborilmaydi.

Batafsil: Filiallar

— Xodimlar KPI: oylik reja va bonus, savdo tarixida sotuvchi

Do‘kon egasi uchun «Xodimlar KPI» ekrani qo‘shildi: har xodimning oy bo‘yicha sof savdosi, cheklari, qaytarishi va smenadagi kamomadi. Oylik reja va bonus foizini qo‘ysangiz, bonus o‘zi hisoblanadi (pul avtomatik to‘lanmaydi). Kassa → Tarix’da har chekda kim sotgani ko‘rinadi, sotuvchi bo‘yicha saralash ham bor.

Batafsil: Xodimlar KPI

— Markaziy katalog: skanerlaganda nom va bo‘lim o‘zi to‘ladi

Markaziy katalog yangilandi: unda 1 700 dan ortiq tasdiqlangan tovar zavod shtrix-kodi bilan turibdi. Kirimda kodni skanerlasangiz va tovar katalogda bo‘lsa, nomi va bo‘limi o‘zi to‘ladi — siz narx va miqdorni yozasiz. Katalog ekranidan tanlasangiz, birligi va kodi ham keladi.

Batafsil: Tovar kirimi

— Ilova ichida o‘qitish: 10 bo‘lim, namunalar bilan

Yangi do‘konchi va xodim uchun ilovaning o‘zida bo‘limma-bo‘lim o‘qitish qo‘shildi: bosh sahifa, sotuv, tovar kirimi, qarz yozish, mijozlar, ombor, hisobot va xarajat, AI, xodimlar va qolgan bo‘limlar. Formalar namuna bilan to‘ldirib ko‘rsatiladi, lekin hech narsa saqlanmaydi. O‘qitish ilova tilida — o‘zbekcha (lotin yoki kirill) yoki ruscha — va Profil → «O‘qitish» bo‘limidan qayta ochiladi.

Batafsil: Qanday boshlash

2026-yil sentabr

— Ombor: narxsiz tovarlar ko‘rinadi, USB skaner omborda ham ishlaydi

Ombor ekranida narxi kiritilmagan tovarlar uchun ogohlantirish va «Narxsiz» filtri paydo bo‘ldi: bunday tovar ombor summalariga kirmaydi va endi buni ko‘rib turasiz. USB skaner ombor ekranida ham ishlaydi, nur ostida qolgan tovar esa savatga qayta-qayta tushmaydi.

Batafsil: Ombor hisobi

— Kassada savdolashish: kelishilgan summa so‘mda

Xaridor «arzonroq bering» desa, sotuvchi kelishilgan jami summani yozadi — foiz yonida o‘zi hisoblanadi. Chegirma savatdagi qatorlarga taqsimlanadi, shuning uchun kechki foyda hisoboti to‘g‘ri qoladi. Xodimga bu imkoniyat «Kassada savdolashish» ruxsati bilan beriladi.

Batafsil: Xodim huquqlari

— «BUYSALE» MChJ ro‘yxatdan o‘tdi

BuySale ortidagi kompaniya — «BUYSALE» mas’uliyati cheklangan jamiyati — Urganch shahrida davlat ro‘yxatidan o‘tdi.

Batafsil: Biz haqimizda

— AI yordamchiga ismlar va telefonlar niqoblanib boradi

AI yordamchiga ketadigan ma’lumotda mijoz, ta’minotchi va xodimlarning ismi belgi bilan almashtiriladi, telefon raqamlari esa yashiriladi; ekranda siz haqiqiy ismni ko‘rasiz. Siz yuborgan surat (daftar, nakladnoy) o‘zgarishsiz ketadi.

Batafsil: AI yordamchi

— buysale.uz sayti ochildi

Saytda dastur, narxlar, do‘kon turlari va qo‘llanmalar uch tilda — o‘zbekcha, ruscha va inglizcha.

Batafsil: Imkoniyatlar

— Yorliq suratidan hamma maydon o‘qiladi

Kirimda yorliqni suratga olsangiz, AI endi faqat nomni emas, ko‘ringan bo‘lsa shtrix-kod, srok va narxni, do‘kon turiga qarab IMEI, razmer yoki proba va massani ham o‘qiydi. Nom almashadi, qolganlari faqat bo‘sh katakka tushadi.

Batafsil: Tovar kirimi

— Telefon do‘koni: IMEI va kafolat

Telefon do‘koni turi qo‘shildi: har apparat kirimda IMEI va kafolat muddati bilan yoziladi, chekda IMEI va kafolat tugaydigan sana chiqadi, «Kafolat» ekranida esa IMEI bo‘yicha apparat tarixi ko‘rinadi.

Batafsil: Do‘kon turlari

— Smena: kassani ochish va yopish

Kassada smena ochiladi va yopiladi: yopishda «Kassada bo‘lishi kerak» summasi chiqadi, sanagan pulingizni yozasiz va kamomad yoki ortiqcha darhol ko‘rinadi.

Batafsil: Kassa

2026-yil avgust

Sayt ochilgunga qadar bo‘lgan o‘zgarishlar — dastur tarixi.

— Bo‘lib to‘lash: bitta sotuv — bir necha usul

Bitta sotuvni naqd, karta va qarzga bo‘lib to‘lash mumkin; chekda har bir qism alohida ko‘rinadi.

Batafsil: Kassa

— Android ilovasi (APK)

Android uchun ilova saytdan APK sifatida yuklab olinadi. U app.buysale.uz’ni ochadi, shuning uchun o‘zi yangilanadi va internet orqali ishlaydi.

Batafsil: Dasturlar

— Inventarizatsiya serverda saqlanadi

Sanoq seans bo‘lib yuritiladi: tekshirilgan va tekshirilmagan tovarlar ajralib turadi, ekrandan chiqsangiz yoki boshqa telefondan kirsangiz ham to‘xtagan joyingizdan davom etasiz.

Batafsil: Inventarizatsiya

— Kiyim do‘koniga razmer, zargarlikka proba bo‘yicha narx

Kiyim do‘konida razmer tovarning bir qismi bo‘ldi — M va L alohida kartochka. Zargarlikda sotuv narxi massa va probaning gramm narxidan hisoblanadi. Omborda kamera bilan qidirish ham qo‘shildi.

Batafsil: Kiyim do‘koni

— Do‘kon turlari: ilova turga moslashadi

Ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan do‘kon turi ilovani o‘ziga moslaydi: birliklar, maydonlar va namunalar turga qarab chiqadi, zargarlik uchun alohida rejim paydo bo‘ldi. Shu kuni kirimda do‘konning o‘z shtrix-kodini yasash va yorliq chop etish ham qo‘shildi.

Batafsil: Do‘kon turlari

— Rasmdan kirim: daftar yoki nakladnoy suratini AI o‘qiydi

AI yordamchiga daftar yoki nakladnoy suratini yuborsangiz, u tovarlar ro‘yxatini tayyorlaydi. Har qatorni tekshirib tuzatasiz — tasdiqlamaguningizcha omborga hech narsa tushmaydi.

Batafsil: AI yordamchi

— AI yordamchi va xodimlarga alohida ruxsatlar

Ilovaga AI yordamchi qo‘shildi: do‘koningiz haqida savol berasiz va savdo, ombor yoki qarz bo‘yicha javob olasiz. Shu kuni xodimlarga har bir ish uchun alohida ruxsat berish ham paydo bo‘ldi.

Batafsil: AI yordamchi

— Partiyalar: har kirim o‘z sanasi va srogi bilan

Bir tovar ikki marta kelsa, eski partiyaning srogi yangisi bilan o‘chib ketmaydi: har kirim alohida partiya, sotuvda esa srogi eng erta tugaydigani birinchi yechiladi.

Batafsil: Ombor hisobi

— BuySale nomi, Telegram orqali kirish kodi va kunlik narx

Dastur BuySale nomini oldi. Kirish kodi SMS o‘rniga Telegram bot orqali keladigan bo‘ldi, oylik tariflar o‘rniga esa narx kunlik hisoblanadi — miqdori do‘kon turiga qarab.

Batafsil: Narxlar

Bu jurnal qanday yuritiladi

Yangilanish haqida savollar

Yangilanish uchun ilovani qayta o‘rnatish kerakmi?

Yo‘q. Ilova app.buysale.uz manzilidan ochiladi, Android ilovasi ham shu manzilni ochadi — yangi versiya o‘zi keladi. Kompyuter yoki iPhone’da o‘rnatilgan ilova ham shunday.

Yangi imkoniyat qachon chiqishini qayerdan bilaman?

Shu sahifadan: imkoniyat ishga tushgan kuni bu yerga yoziladi. Oldindan sana va va’da bermaymiz — chiqmagan narsani e’lon qilmaymiz.

Taklif yoki xato haqida qayerga yozaman?

Telegram’da bizga yozing (@abdullaew_a) yoki Aloqa sahifasidagi formani to‘ldiring — o‘zbek va rus tilida javob beramiz. @buysalerpbot esa avtomatik bot: kirish kodi va hisobotni yuboradi, unga yozilgan xabarni odam o‘qimaydi.

Bog‘liq sahifalar

BuySale

Yangi imkoniyatlarni o‘z do‘koningizda sinab ko‘ring

7 kun bepul, to‘lov kartasi so‘ralmaydi. Keyin kuniga 6 630 so‘mdan — do‘kon turiga qarab.

Bepul boshlash