BuySale — dorixona uchun dastur: har kelgan dori o‘z sanasi va o‘z srogi bilan alohida partiya bo‘ladi, sotuvda srogi eng erta tugaydigani birinchi yechiladi, muddati yaqinlashganlari alohida ro‘yxatga chiqadi. Shtrix-kodni telefon kamerasi o‘qiydi — kompyuter shart emas.
Kirimda srok katagi chiqadi, chunki dorixona srok yuritiladigan turlardan. Pastdagi ikonkalar bilan ilovaning boshqa bo’limlariga o’tasiz.
Nom ko‘p, quti mayda, har birining muddati boshqa — daftar buni ko‘tarmaydi. Muddati o‘tgan qutini esa hech kim qaytarib olmaydi.
Alohida jurnal kerak emas: srok oddiy kirimning bir qismi bo‘lib boradi.
Dorini miqdori, kirim va sotuv narxi bilan yozasiz, srok katagiga muddatini qo‘yasiz. Bu katak dorixona turida o‘zi chiqadi, birlik sifatida dona va quti turadi.
Kamera tugmasi bilan yorliqni suratga olsangiz, nomi nom katagiga yoziladi, shtrix-kod, sotuv narxi va srok esa faqat bo‘sh kataklarga tushadi. Yorliqni internet orqali sun’iy intellekt o‘qiydi — AI ulangan bo‘lsa ishlaydi, shuning uchun saqlashdan oldin to‘lgan kataklarni ko‘zdan kechiring.
Kassada kodni skanerlaysiz, xolos. Qaysi partiyadan yechishni sotuvchi o‘ylamaydi — dastur srogi eng erta tugaydiganidan boshlaydi, qoldiq shu zahoti kamayadi.
Srogiga hafta qolganlar bosh sahifada turadi, to‘liq ro‘yxatni omborda srok bo‘yicha saralaysiz. Kechqurun bu ro‘yxat Telegram hisobotiga ham qo‘shiladi — Telegram ulangan bo‘lsa.
Dorixonada navbat tez yuradi — kassa qo‘lda yozishni emas, kodni tutishni talab qiladi.
EAN, UPC, Code-128, Code-39 va QR o‘qiladi. Skaner ochiq qoladi: tovarlarni ketma-ket tutaverasiz, bazada bor va qoldig‘i yetadigani savatga o‘zi tushadi. Kod topilmasa skaner yopiladi va uni qaysi tovarga biriktirishni so‘raydi.
Birlik sifatida dona va quti chiqadi. Bitta tovarga yashik kodini ham, dona kodini ham biriktirsangiz, qaysi biri skanerlansa ham o‘sha tovar topiladi. Zavod kodi yo‘q tovarga dastur o‘z kodini yasaydi.
To‘lov turi har sotuvda tanlanadi, naqd bilan karta hisobotda alohida ko‘rinadi. Mijoz bir qismini bersa, o‘sha summani yozasiz — qolgani ikkinchi usulga yoki qarzga o‘zi o‘tadi; hozircha bu bo‘lish savatda chegirmali tovar bo‘lmaganda ishlaydi. Qarzga sotish alohida ruxsat.
Chek 58 yoki 80 mm rulonga chiqadi, enini Profildan bir marta tanlaysiz. Qaytarishda tovarni skanerlaysiz: oxirgi sotuvlari chiqadi, tovar omborga qaytadi. Pulni naqd yoki kartaga o‘zingiz qaytarasiz — dastur qaysi usulda qaytarilganini yozib qo‘yadi yoki qarzdan ayiradi.
Srok — dorixonaning yarim ishi. Qolgan yarmi: nima tugayapti, nima buyurtma qilinadi va javondagi soni hisobdagiga to‘g‘ri keladimi. Batafsil — ombor hisobi va inventarizatsiya qo‘llanmasi.
Har tovarga «kam qoldi» chegarasi qo‘yiladi — do‘kon turiga qarab o‘zi yoki o‘zingiz yozgancha. Qoldiq shundan pastga tushsa, tovar bosh sahifada va omborda sariq bo‘lib ko‘rinadi.
Oxirgi 30 kunlik sotuvga qarab taxminan 14 kunga yetadigan miqdor taklif qilinadi, ro‘yxat ta’minotchilar bo‘yicha guruhlanadi. Matnni nusxalaysiz yoki chop etasiz — ta’minotchiga o‘zi ketmaydi.
Qutilarni ketma-ket skanerlaysiz, sanoq serverda saqlanadi: boshqa telefondan kirsangiz ham o‘sha joydan davom etasiz. Oxirida farq chiqqanlar ko‘rinadi; sanoqni qaytadan boshlash uchun tasdiq kodi egasining Telegramiga boradi.
Dorixona turining farqi shu: srok maydoni bor, birlik esa dona va quti. Qolgani — kassa, ombor, nasiya, hisobot — boshqa do‘konlardagidek.
Narxni do‘kon turi belgilaydi va u shu turdagi hamma do‘kon uchun bir xil. Bu turda AI yordamchiga berilgan savol uchun alohida pul yechilmaydi. Hamma turlarning narxi va narx ichiga nima kirishi — narxlar sahifasida, boshqa dasturlar qancha so‘rashi esa do‘kon dasturlari narxi tadqiqotida.
Hisob kunlik, oylik shartnoma yo‘q; xodim, kassa va tovar soni uchun ustiga to‘lov qo‘shilmaydi; sozlash 0 so‘m; 7 kun bepul. Fiskal kassa emas.
Yuqoridagi raqam shu do‘kon turi uchun amaldagi narx. Boshqa dasturlarning e’lon qilingan narxlari «Do‘kon dasturlari narxi» sahifasida manba havolasi va tekshirilgan sanasi bilan yig‘ilgan.
Uch joyda: bosh sahifada srogiga hafta va undan kam qolganlar turadi (10 tagacha), omborda ro‘yxatni srok bo‘yicha saralaysiz, kechqurun Telegram hisobotida yoziladi (Telegram ulangan bo‘lsa). Sotuvda esa srogi eng erta tugaydigan partiya birinchi yechiladi, ro‘yxatdagilarga bir bosishda chegirma qo‘yasiz.
Yo‘q. Skaner EAN-13, EAN-8, UPC-A, UPC-E, Code-128, Code-39 va QR bilan ishlaydi, DataMatrix ro‘yxatda yo‘q; BuySale Asl belgisi tizimiga ham ulanmagan — davlat tizimlariga hech narsa yuborilmaydi. Qutida oddiy shtrix-kod bo‘lsa, dori shu kod bilan yuritiladi; kod yo‘q yoki yirtilgan bo‘lsa, dastur do‘konning o‘z kodini yasaydi va yorlig‘ini chop etasiz. Markirovkali dori sotuvida nima talab qilinishini soliq organidan (soliq.uz) yoki buxgalteringizdan aniqlang.
Yo‘q. Dorixona turida farq faqat shunda: kartochkada srok maydoni bor, birlik esa dona va quti. Seriya maydoni ham, retsept daftari ham yo‘q — partiya deganda sizning kirimingiz, ya’ni kelgan sanasi va srogi tushuniladi.
Yo‘q. Chek — oddiy hisob varaqasi: do‘kon nomi, sana, sotuvchi, tovarlar, jami va to‘lov turi. Fiskal belgi ham, soliq QR kodi ham yo‘q, davlat tizimlariga hech narsa yuborilmaydi. BuySale kassa apparati o‘rnini bosmaydi — u ichki hisob uchun.
Har bir tovar bir martagina kiritiladi: kirimda kodni skanerlaysiz — u o‘z katagiga tushadi, yorlig‘ini suratga olsangiz nom, narx va srok ham yoziladi (AI ulangan bo‘lsa). Tayyor dorilar bazasini va’da qilmaymiz: ro‘yxat kirimingizdan to‘planadi. Nakladnoy suratidagi ro‘yxat ham siz tasdiqlagandan keyin kirim bo‘ladi.
Xodim do‘kon raqami va 4 xonali PIN bilan kiradi, huquqlarini siz belgilaysiz. Kirim narxini ko‘rish alohida ruxsat: berilmasa, tannarx ekranda ham, Excel faylida ham chiqmaydi. Qarzga sotish, qaytarish va hisobot ham alohida; balans va xodimlar bo‘limi faqat egada qoladi.
Ombor va tovar hisobi telefonda: qoldiq va kirim, srok va partiya, kam qolgan tovar, inventarizatsiya va Excel’ga yuklab olish. Excel’dan import yo‘q.
Batafsil →Do‘konda inventarizatsiya qanday qilinadi: tayyorgarlik, birkani ketma-ket skanerlash, farqlarni ko‘rib chiqish va qoldiqni to‘g‘rilash — qadamba-qadam.
Batafsil →Qaysi tovar markirovkalanadi va qachondan, kassada nima qilinadi, MXIK nima uchun 17 xonali. Manbalar bilan, 19.09.2026 holatiga tekshirilgan.
Batafsil →BuySale narxi do‘kon turiga qarab: 6 630 so‘m/kundan boshlanadi, 30 kunga 198 900 so‘m. 7 kun bepul, sozlash haqi yo‘q.
Batafsil →9 do‘kon turi: oziq-ovqat, dorixona, kiyim, qurilish, zargarlik, parfumeriya, telefon, xo‘jalik mollari va boshqa — har birining maydonlari va narxi.
Batafsil →
7 kun bepul, to‘lov kartasi so‘ralmaydi. Keyin kuniga 6 630 so‘mdan — do‘kon turiga qarab.
Bepul boshlashBuySale yordamchisi
Sayt ma’lumotlari asosida javob beradi
AI xato qilishi mumkin — muhim savolni Telegram orqali aniqlang.
Javob yozilmoqda