Filiallar: bir nechta do‘kon — bitta hisob, bitta balans

Ikkinchi do‘konni ochsangiz, uni alohida ro‘yxatdan o‘tkazish shart emas: filial ilovaning o‘zida, asosiy do‘kon kabinetidan ochiladi. Har filial o‘z tovari, kassasi va xodimlari bilan alohida do‘kon kabi ishlaydi, pul esa bitta balansdan yechiladi va do‘konlar orasida bir bosishda o‘tasiz.

7 kun bepul sinashTo‘lov kartasi shart emas

Qisqa javob

BuySale ilovasidagi Filiallar ekrani: asosiy do‘kon va filiallar ro‘yxatiBuySale ilovasidagi Filiallar ekrani: asosiy do‘kon va filiallar ro‘yxatiYangi dizayn
BuySale ilovasidagi Filiallar ekrani: asosiy do‘kon va filiallar ro‘yxatiAvvalgi dizayn
FiliallarAsosiy do‘kon va filiallar ro‘yxati: har birining manzili, xodimlari soni va kunlik narxi. Pastida — «Filial qo‘shish».
Filiallar orasida o‘tish oynasi: do‘konlar ro‘yxatiFiliallar orasida o‘tish oynasi: do‘konlar ro‘yxatiYangi dizayn
Filiallar orasida o‘tish oynasi: do‘konlar ro‘yxatiAvvalgi dizayn
Do‘konni almashtirish«Qaysi do‘konda ishlaysiz?» — ega bir bosishda boshqa filialga o‘tadi, qayta kirish shart emas.

Suratlar namoyish do‘konidan olingan: ulardagi tovar nomlari, xodimlar va summalar o‘ylab topilgan. Ekranning ko‘rinishi esa aynan shunday.

Filial qanday ochiladi

Filialni faqat do‘kon egasi o‘z kabinetidan ochadi. Bir necha daqiqalik ish.

01

Profil → «Filiallar»

Ro‘yxatda asosiy do‘kon va filiallar turadi: har birining manzili, xodimlari soni va kunlik narxi. Shu bo‘lim menyuda ham bor.

02

«Filial qo‘shish»

Nomini (masalan, «Chilonzor filiali») va xohlasangiz manzilini yozasiz. Ilova shu yerda filial uchun kunlik to‘lovni oldindan ko‘rsatadi.

03

«Filialni ochish»

Filial asosiy do‘kon sozlamalari bilan ochiladi: do‘kon turi, til, chek va yorliq printeri o‘lchamlari. Ombori bo‘sh — tovarni asosiy do‘kondan o‘tkazasiz yoki kirim qilasiz.

04

«Shu do‘konga o‘tish»

Filialga o‘tib, xodimlarini qo‘shasiz va ishni boshlaysiz. Filialda turganingizda ekran tepasida «Filial: …» yozuvi turadi — qaysi do‘kondaligingiz adashmaydi.

Pul: bitta balans, har filialning o‘z kunlik narxi

Har bir ochiq filial uchun kuniga 6 630 so‘m qo‘shiladi (30 kunga 198 900 so‘m). Pul asosiy do‘kon balansidan yechiladi va filial ochilgan kunning ertasidan boshlab hisoblanadi; bepul sinov va sovg‘a qilingan kunlarda yechilmaydi. Yopilgan filial uchun ertasidan pul olinmaydi. Yopilgan filialni qayta ochsangiz, o‘sha kunning filial to‘lovi darhol yechilishi mumkin — ilova buni qayta ochishdan oldin aytadi.

Kim nimani ko‘radi va qanday kiradi

Do‘kon egasi

Hamma filialni ko‘radi va ular orasida bir bosishda o‘tadi: Profil sarlavhasida, kompyuterda chap menyuda yoki tepadagi «Filial: …» qatoridagi «Almashtirish» bilan. Qayta kod so‘ralmaydi. Ochiq savat bo‘lsa, o‘tishdan oldin ilova so‘raydi — savatlar tozalanadi.

Xodim

Faqat o‘z filialida ishlaydi va boshqa filialga o‘ta olmaydi. «Xodim sifatida kirish»da asosiy do‘kon raqami va o‘z PIN-kodini kiritadi. PIN-kodlar hamma filial bo‘yicha takrorlanmaydi; bir odam ikki filialda ishlasa, unga har birida alohida xodim va alohida PIN ochiladi.

Telegram

Xabarlar asosiy do‘kon egasiga keladi: kechki hisobot (asosiy, har filial va jami), xodim kirgani — filial nomi bilan, balans kam qolgani — umumiy kunlik narx bo‘yicha. Botdagi ovozli qarz yozish va AI savoli asosiy do‘kon bilan ishlaydi.

Kechki hisobot: hamma filial bitta xabarda

Har kechki Telegram hisobotida avval asosiy do‘kon, keyin har filial alohida va oxirida «Jami: asosiy + N filial» keladi. Hisobot asosiy do‘konning sozlamasi bo‘yicha — yoqilgan bo‘lsa va belgilangan soatda — yuboriladi.

Bildirishnomalar: har o‘zgarish bitta ro‘yxatda

Ilovaning tepasida (kompyuterda chap menyuda ham) qo‘ng‘iroqcha bor: o‘qilmaganlar soni shu yerda chiqadi, bossangiz kunlar bo‘yicha ro‘yxat ochiladi — summalar «+» va «−» bilan, qaysi filialdaligi va vaqti bilan. Filiali yo‘q do‘konda ham ishlaydi.

Ilovadagi bildirishnomalar ro‘yxatiIlovadagi bildirishnomalar ro‘yxatiYangi dizayn
Ilovadagi bildirishnomalar ro‘yxatiAvvalgi dizayn
BildirishnomalarBalansdan yechilgan va qo‘shilgan pullar, o‘tkazmalar, kim kirgani va farqli smenalar — kunlar bo‘yicha.

Suratlar namoyish do‘konidan olingan: ulardagi tovar nomlari, xodimlar va summalar o‘ylab topilgan. Ekranning ko‘rinishi esa aynan shunday.

Filialni yopish va qayta ochish

Bu bo‘lim nima QILMAYDI

Rostini oldindan aytamiz — keyin “shunaqa deb o‘ylagandim” degan gap chiqmasin.

Filiallar haqida savollar

Ikkinchi do‘kon uchun yana ro‘yxatdan o‘tishim kerakmi?

Yo‘q. Filial asosiy do‘kon kabinetidan ochiladi: alohida telefon raqami ham, alohida Telegram ham kerak emas. Lekin avval alohida ro‘yxatdan o‘tgan do‘konni filial qilib qo‘shib bo‘lmaydi — u o‘z hisobida qoladi.

Filial qancha turadi?

Har bir ochiq filial uchun kuniga 6 630 so‘m qo‘shiladi (30 kunga 198 900 so‘m). Pul asosiy do‘kon balansidan yechiladi va filial ochilgan kunning ertasidan boshlab hisoblanadi; bepul sinov va sovg‘a qilingan kunlarda yechilmaydi. Yopilgan filial uchun ertasidan pul olinmaydi. Yopilgan filialni qayta ochsangiz, o‘sha kunning filial to‘lovi darhol yechilishi mumkin — ilova buni qayta ochishdan oldin aytadi.

Xodim filialga qanday kiradi?

Ilovada «Xodim sifatida kirish»ni bosadi, asosiy do‘kon raqamini va o‘z PIN-kodini kiritadi — ilova uni o‘z filialiga o‘zi olib kiradi. Shuning uchun PIN-kod hamma filial bo‘yicha takrorlanmaydi. Ilgaridan ikki xodimda bir xil PIN bo‘lib qolgan bo‘lsa, ega ulardan birini almashtiradi.

Hamma filialning umumiy foydasini qayerda ko‘raman?

Kechki Telegram hisobotida: unda asosiy do‘kon, har filial va jami (savdo, foyda, xarajat, qarz) o‘sha kun uchun keladi. Ilovadagi Hisobotlar esa har filialda alohida — barcha filiallarni hafta yoki oy bo‘yicha jamlaydigan hisobot ilovada yo‘q.

Filiallarda narx har xil bo‘lishi mumkinmi?

Ha. Har filialda o‘z tovar kartochkasi va o‘z sotuv narxi bor. O‘tkazma bilan kelgan tovar yangi kartochka bo‘lsa, jo‘natuvchi do‘konning sotuv narxi bilan ochiladi; mavjud kartochkaga qo‘shilsa, uning narxi o‘zgarmaydi.

Filial boshqa turdagi do‘kon bo‘la oladimi?

Ha. Filial asosiy do‘kon turi bilan ochiladi, kerak bo‘lsa uni filialning o‘zida Profil → «Do‘kon» bo‘limida o‘zgartirasiz — masalan, oziq-ovqat do‘konining dorixona filiali. Srok, razmer yoki IMEI kabi maydonlar filialning o‘z turiga qarab ochiladi.

Balans tugasa nima bo‘ladi?

Hamma birga to‘xtaydi: asosiy do‘kon ham, filiallar ham. To‘xtab turgan kunlar uchun pul olinmaydi va ma’lumot o‘chmaydi. Asosiy do‘kon kabinetidan balans to‘ldirilgach, hammasi birga ishga tushadi. Minus balans qoidasi filiallarga ham taalluqli.

Bog‘liq sahifalar

BuySale

Ikkinchi do‘konni bugun oching

7 kun bepul, to‘lov kartasi so‘ralmaydi. Keyin kuniga 6 630 so‘mdan — do‘kon turiga qarab; filiallar narxi — narxlar sahifasida.

Bepul boshlash