Do‘kon dasturining imkoniyatlari

Beshta asosiy bo‘lim — do‘konchining kundalik ishidagi beshta haqiqiy og‘riq uchun. Har birini alohida sahifada batafsil o‘qishingiz mumkin.

7 kun bepul sinashTo‘lov kartasi shart emas
Bosib ko‘ring

Hammasini shu yerda ochib ko‘ring

Bu rasm emas. Pastdagi ikonkalarni bosing: asosiy ekran, mijozlar, qarz yozish, kassa va profil — beshtasi ham shu telefonning ichida ochiladi. Kassada esa tepadagi uch bo‘limni ham bosib ko‘rasiz.

  • Asosiy — bugungi savdo, sof foyda va hafta ustunlari
  • Kassa — sotuv, tovar kirimi va cheklar tarixi
  • Mijozlar va qarz yozish — kim qancha qarzdor
  • Profil — balans, til, printer va kechki hisobot
Ekranni bosib ko‘ring
9:41
Asosiy
Bugungi savdo
842 000 so‘m
Sof foyda
210 ming
Sotuv
37
Qarzga
120 ming
Qarzdorlar
1,2 mln
Qarzim
380 ming
Sof balans
820 ming
Eslatma
Postavshik
Hisobot
Xarajatlar
Ombor
AI yordamchi
Kassa
Coca-Cola 1.5L
qoldiq: 23 dona
14 000 so‘m
Non
qoldiq: 40 dona
4 000 so‘m
Choy Ahmad 100g
qoldiq: 12 dona
22 000 so‘m
Savat 1 · 3 xil
Jami40 000 so‘m
NaqdKartaQarzga
Sotuvni yakunlash
Mahsulot nomi
Coca-Cola 1.5L
Shtrix-kodixtiyoriy
4780000123456
Qancha keldi (dona)
24
Kirim narxi (1 dona)
11 000
Sotuv narxi (1 dona)
14 000
Kirimni saqlash
Coca-Cola 1.5L ×2, Non ×1
15.08 19:12 · Naqd
32 000 so‘m
Choy Ahmad 100g ×1
15.08 18:40 · Karta · Aziz aka
22 000 so‘m
Shakar 1 kg ×3
15.08 17:05 · Qarzga · Dilnoza opa
36 000 so‘m
Ombor
Coca-Cola 1.5L
14 000 so‘m
23 dona
Non
4 000 so‘m
40 dona
Choy Ahmad 100g
22 000 so‘m
12 dona
Guruch Lazer 1 kg
18 000 so‘m
31 dona
Paxta yog‘i 1 l
24 000 so‘m
17 dona
Makaron 400g
9 500 so‘m
54 dona
Shakar 1 kg
12 000 so‘m
3 dona
Guruch Lazer 1 kg
18 000 so‘m
4 dona
Sut 1 l
Srok: 2 kun qoldi
9 dona
Tvorog 250g
Srok: 5 kun qoldi
6 dona
AI yordamchi
Bugungi savdo va foyda qancha?
Telegramga yubor
Kim qarzdor va kim kechiktiryapti?
Nima tugayapti, nima buyurtma qilay?
Telegramga yubor
Savdoni hisoblayapman...
Kim qarzdor?Nima buyurtma qilay?Qaysi tovar yotib qolgan?
Savolingizni yozing...
Mijozlar
Aziz aka
+998 90 123 45 67
420 000 so‘m
Dilnoza opa
+998 93 555 12 34
85 000 so‘m
Bek aka
telefon kiritilmagan
150 000 so‘m
Nodira opa
+998 91 777 08 22
0 so‘m
Sardor aka
+998 94 210 33 15
260 000 so‘m
Malika opa
+998 99 604 77 41
45 000 so‘m
Qarz yozish
Bosing va gapiring
Masalan: “Karim akaga 120 ming so‘m, shanbagacha”
0so‘m
Mijoz ismi
Karim aka
Qarzdor telefoni
+998 90 123 45 67
Muddatixtiyoriy
kk.oo.yyyy
Izohixtiyoriy
Qarz yozish
Profil
Balans150 000 so‘m · 12 kun
Do‘kon ma’lumotlari
TilO‘zbekcha (lotin)
Karta raqami•••• 9012
Skaner ovoziKod o‘qilganda “bip” chiqadi.
Chek printeri80 mm
Yorliq printeri40×30 mm
Kechki hisobot22:00
Xodimlar (sotuvchilar)

Yaqinda qo‘shilganlar

Beshta asosiy bo‘lim

Dasturdagi barcha bo‘limlar

Yuqoridagi beshtasi — eng ko‘p ishlatiladigani. Lekin ilovada bulardan boshqa bo‘limlar ham bor va ularning hammasi bir xil narxda, qo‘shimcha to‘lovsiz ochiq.

Mijozlar

Kim qancha qarzdor — eng kattasi tepada. Har bir mijozning to‘lov odati rang bilan ko‘rsatiladi, qarz limiti qo‘yiladi yoki qarz berish butunlay to‘xtatiladi — nasiya daftarining asosi shu.

Qarz yozish

Gapirib ham, qo‘lda ham yoziladi. “2 million 300 ming, shanbagacha” degan gapdan summa va sanani dastur o‘zi ajratib oladi, siz faqat tasdiqlaysiz.

Postavshiklar

Tovarni qarzga olganingizda “men kimga qancha qarzdorman” daftari. Muddati o‘tgani o‘zi qizaradi, qismma-qism to‘lov yoziladi, jami qarzingiz bosh sahifada turadi.

Batafsil →

Buyurtma

Kam qolgan tovarlardan ro‘yxatni dastur o‘zi tuzadi va oxirgi 30 kunlik savdoga qarab qancha olish kerakligini taklif qiladi. Tayyor matnni nusxalaysiz yoki A4 varaq qilib chop etasiz.

Batafsil →

Qaytarish

Chekni qidirmaysiz — tovarni skanerlaysiz, dastur qaysi sotuvdan ekanini o‘zi topadi. Pul naqd, kartaga yoki qarzdan ayirib qaytariladi, tovar esa qoldiqqa qaytadi.

Batafsil →

Xarajatlar

Ijara, svet, ish haqi — sakkizta tayyor turkum. Shu raqamlar foydadan ayriladi, ya’ni siz ustama emas, haqiqiy sof foydani ko‘rasiz.

Batafsil →

Smena

Ish boshida kassadagi pulni yozasiz, oxirida sanaysiz — dastur qancha bo‘lishi kerakligini o‘zi hisoblab, kamomad yoki ortiqchani darhol ko‘rsatadi va kim yopganini yozib qo‘yadi. Sotuvchi nazorati shundan boshlanadi.

Eslatmalar

Muddati yaqinlashgan va o‘tib ketgan qarzlarni tizim soat sayin kuzatadi va kimga nima deyish kerakligini tayyorlab qo‘yadi. SMS xizmati hali ulanmagan — ro‘yxat tayyor turadi, qo‘ng‘iroqni o‘zingiz qilasiz. Qarzni yig‘ish tartibi.

Asosiy ekran

Ilovani ochgan zahoti: bugungi savdo, sof foyda, hafta ustunlari, kim qarzdor, qaysi tovar tugayapti va qaysining srogi yaqin — hammasi bitta ekranda.

Savdo tarixi

Har bir chek saqlanadi: qaysi tovar, qancha, qanday to‘langan. Chekni qayta chop etasiz, mijozning Telegramiga yuborasiz yoki o‘sha yerdan tovarni qaytarib olasiz.

Inventarizatsiya

Javondagi tovarni birkasidan skanerlab hisobdagi bilan solishtirasiz. Farq ro‘yxat bo‘lib chiqadi va uni bir bosishda to‘g‘rilaysiz — javonni yopib, qo‘lda sanab o‘tirmaysiz.

Batafsil →

Katalog

Markaziy katalogda 1 700 dan ortiq tasdiqlangan tovar zavod shtrix-kodi bilan turadi: tanlasangiz nomi, birligi, bo‘limi va kodi kirimga o‘zi tushadi. Qutidagi kodni skanerlasangiz ham, tovar katalogda bo‘lsa nomi va bo‘limi o‘zi to‘ladi — siz narx va miqdorni yozasiz.

Kafolat

Telefon do‘koni uchun: IMEI raqamini terasiz yoki skanerlaysiz — apparat qachon va qanchaga sotilgani, mijoz tanlangan bo‘lsa kimga sotilgani va kafolatiga necha kun qolgani bitta ekranda chiqadi.

Batafsil →

Balans

Xizmat kunlik yechiladi. Balansda qancha pul borligi va yana necha kunga yetishi shu yerda ko‘rinadi, to‘ldirish ham shu yerda: Rahmat to‘lov sahifasi orqali Uzcard yoki Humo kartasi bilan, pul balansga o‘zi tushadi.

Xodimlar

Sotuvchiga PIN berasiz va nimaga ruxsat, nimaga yo‘qligini o‘zingiz belgilaysiz. Tannarx, foyda va qarz raqamlari ruxsatsiz xodimga serverdan umuman yuborilmaydi — qaysi ruxsat nimani ochadi.

Filiallar

Ikkinchi do‘kon alohida ro‘yxatdan o‘tmasdan filial bo‘lib ochiladi: har birining o‘z ombori, kassasi va xodimlari, balans esa bitta. Har bir ochiq filial uchun kuniga 6 630 so‘m qo‘shiladi.

Batafsil →

Tovar o‘tkazish

Tovarni filialdan filialga yuborasiz: u qabul qilinguncha «yo‘lda» turadi, qabul qiluvchi kelganini sanab tasdiqlaydi, kamomad yoziladi.

Batafsil →

Xodimlar KPI

Har sotuvchining oylik sof savdosi, cheklari, qaytarishi va smenadagi kamomadi; reja va bonus foizini qo‘ysangiz, bonus o‘zi hisoblanadi.

Batafsil →

Bildirishnomalar

Tepadagi qo‘ng‘iroqcha: balansdan yechilgan va qo‘shilgan pul, tovar o‘tkazmalari, kim kirgani va farqli smenalar — bitta ro‘yxatda. SMS va push yo‘q. Batafsil.

Telefon — skaner

Shtrix-kodni telefon kamerasi o‘qiydi — alohida skaner sotib olish shart emas. Kompyuterga ulanadigan USB skaner ham ishlaydi.

Batafsil →

Til va sozlamalar

Ilova o‘zbekcha (lotin), o‘zbekcha (kirill) va ruscha ishlaydi. Do‘kon nomi, turi, chek va yorliq printeri hamda kechki hisobot soati shu yerda sozlanadi.

Dastur ichi qanday ko‘rinadi

Bular chizilgan rasm emas — ilovaning o‘zidan olingan suratlar. Telefonda aynan shunday ko‘rinadi.

BuySale ilovasining asosiy ekrani: bugungi savdo, sof foyda va hafta ustunlariBuySale ilovasining asosiy ekrani: bugungi savdo, sof foyda va hafta ustunlariYangi dizayn
BuySale ilovasining asosiy ekrani: bugungi savdo, sof foyda va hafta ustunlariAvvalgi dizayn
Asosiy ekranBugungi savdo, sof foyda, hafta ustunlari va kunlik maqsad. Pastida qarzdorlar, qarzim va sof balans.
Kassa ekrani: savat, qidiruv maydoni va skaner tugmasiKassa ekrani: savat, qidiruv maydoni va skaner tugmasiYangi dizayn
Kassa ekrani: savat, qidiruv maydoni va skaner tugmasiAvvalgi dizayn
KassaSotuv, tovar kirimi va cheklar tarixi. Tepasida kassada bo‘lishi kerak bo‘lgan pul.
Ombor ekrani: tovarlar ro‘yxati, qoldiq va narxlarOmbor ekrani: tovarlar ro‘yxati, qoldiq va narxlarYangi dizayn
Ombor ekrani: tovarlar ro‘yxati, qoldiq va narxlarAvvalgi dizayn
OmborNechta xil tovar, kelgan narxda va sotilsa qancha. Kam qolgan va srogi yaqin alohida.
Mijozlar ro‘yxati: ism, telefon va qarz qoldig‘iMijozlar ro‘yxati: ism, telefon va qarz qoldig‘iYangi dizayn
Mijozlar ro‘yxati: ism, telefon va qarz qoldig‘iAvvalgi dizayn
MijozlarQarzdorlar eng kattasidan boshlab. Har kimning yonida to‘lov odati nuqtasi turadi.
Postavshiklar ro‘yxati va ularga bo‘lgan qarz summalariPostavshiklar ro‘yxati va ularga bo‘lgan qarz summalariYangi dizayn
Postavshiklar ro‘yxati va ularga bo‘lgan qarz summalariAvvalgi dizayn
PostavshiklarKimga qancha qarzdorsiz — eng kattasidan boshlab, jami summa tepada.
Xarajatlar ekrani: kategoriya bo‘yicha summalar va foizlarXarajatlar ekrani: kategoriya bo‘yicha summalar va foizlarYangi dizayn
Xarajatlar ekrani: kategoriya bo‘yicha summalar va foizlarAvvalgi dizayn
XarajatlarTurkumlar bo‘yicha ulush va foizi, tagida kunlar bo‘yicha ro‘yxat.

Suratlar namoyish do‘konidan olingan: ulardagi tovar nomlari, mijozlar va summalar o‘ylab topilgan. Haqiqiy do‘kon ekranida mijozlarning ismi va qarzi turadi, shuning uchun ularni saytga qo‘ymaymiz. Ekranning ko‘rinishi esa aynan shunday.

Har bir tarifda ochiq

Qo‘shimcha modul sotilmaydi — quyidagilar do‘kon turingizdan qat’i nazar ochiq.

Bog‘liq sahifalar

BuySale

Bugun sinab ko‘ring, ertaga farqni ko‘rasiz.

7 kun bepul, to‘lov kartasi so‘ralmaydi. Keyin kuniga 6 630 so‘mdan — do‘kon turiga qarab.

Bepul boshlash