Tovarni qaytarib olish — chekni qidirmaysiz

Mijoz tovarni ko‘tarib kelganda odatda birinchi savol — “chekingiz bormi?”. BuySale’da chek shart emas: tovarni skanerlaysiz va dastur uni qaysi sotuvdan olinganini, qachon va qanchaga sotilganini o‘zi topadi. Bir nechta sotuv chiqsa, eng oxirgisini o‘zi tanlab qo‘yadi.

7 kun bepul sinab ko‘rishTo‘lov kartasi shart emas

Pul qanday qaytadi va hisob o‘zi to‘g‘rilanadi

Uch variant bor: naqd, kartaga yoki mijozning qarzidan ayirish. Uchinchisi faqat o‘sha sotuvda qarz qatnashgan bo‘lsa chiqadi va aralash to‘lovda ham to‘g‘ri ishlaydi. Qaytariladigan summa kassadagi sotuv paytidagi narxdan hisoblanadi — narx keyin o‘zgargan bo‘lsa ham.

Qaytarish ekrani — ilovaning o‘zidan

Qaytarish oqimi, kassa va hisobotdagi natija telefonda shunday ko‘rinadi.

Qaytarish ekrani: skanerlash tugmasi va qaytariladigan tovar kartochkasiQaytarish ekrani: skanerlash tugmasi va qaytariladigan tovar kartochkasiYangi dizayn
Qaytarish ekrani: skanerlash tugmasi va qaytariladigan tovar kartochkasiAvvalgi dizayn
QaytarishTovar skanerlanadi — dastur qaysi sotuvdan ekanini o‘zi topadi.
Kassa ekrani: savat, qidiruv maydoni va skaner tugmasiKassa ekrani: savat, qidiruv maydoni va skaner tugmasiYangi dizayn
Kassa ekrani: savat, qidiruv maydoni va skaner tugmasiAvvalgi dizayn
KassaSotuv, tovar kirimi va cheklar tarixi. Tepasida kassada bo‘lishi kerak bo‘lgan pul.
Hisobot ekrani: savdo, yalpi foyda, xarajat va sof foyda raqamlariHisobot ekrani: savdo, yalpi foyda, xarajat va sof foyda raqamlariYangi dizayn
Hisobot ekrani: savdo, yalpi foyda, xarajat va sof foyda raqamlariAvvalgi dizayn
HisobotlarSavdo, yalpi foyda, xarajat va sof foyda. Pastida to‘lov turlari va kim qancha sotgani.

Suratlar namoyish do‘konidan olingan: ulardagi tovar nomlari, mijozlar va summalar o‘ylab topilgan. Haqiqiy do‘kon ekranida mijozlarning ismi va qarzi turadi, shuning uchun ularni saytga qo‘ymaymiz. Ekranning ko‘rinishi esa aynan shunday.

Bu bo‘lim nima QILMAYDI

Ko‘p beriladigan savollar

Mijoz chekini yo‘qotgan bo‘lsa qaytarib ololadimi?

Ha. Oqim aynan shunga qurilgan: tovarni skanerlaysiz va dastur uni qaysi sotuvdan olinganini o‘zi topadi — chek raqami ham, qog‘ozi ham kerak emas. Bir nechta mos sotuv chiqsa, ro‘yxatdan boshqasini tanlashingiz mumkin: har birida sana, mijoz va o‘sha paytdagi narx yozilgan.

Qarzga olingan tovar qaytsa nima bo‘ladi?

Qaytarish summasi mijozning to‘lanmagan qarzidan ayiriladi — qarz qancha “yuta olsa” shuncha. Qarz to‘liq to‘langan bo‘lsa, yozuv o‘zi “naqd”ga o‘tkaziladi va pul naqd qaytariladi; aks holda mijoz tovarni qaytarib, hech narsa olmay qolardi. Qarz daftarini qo‘lda tuzatib o‘tirmaysiz.

Sotuvchi o‘zi qaytarish qilib, pulni olib qo‘ymaydimi?

“Tovarni qaytarib olish” — alohida ruxsat: bermasangiz, server uning so‘rovini rad etadi (tayyor to‘plamlardan “Faqat kassa”da bu ruxsat yo‘q). Ruxsat bergan bo‘lsangiz ham har bir qaytarish kim qilgani, sanasi va sababi bilan yozib qoladi, xodim hisobotida esa uning qaytargan summasi alohida qizil raqam bo‘lib chiqadi — hatto o‘sha davrda umuman sotmagan xodim ham ro‘yxatga qo‘shiladi. Batafsil — xodim huquqlari va sotuvchi nazorati.

Bog‘liq sahifalar

BuySale

Bugun sinab ko‘ring, ertaga farqni ko‘rasiz.

7 kun bepul, to‘lov kartasi so‘ralmaydi. Keyin kuniga 6 630 so‘mdan — do‘kon turiga qarab.

Bepul boshlash