Telefon — shtrix-kod skaneri: kodni kamera o‘qiydi

Alohida skaner sotib olish shart emas: kassada skaner tugmasini bosasiz, telefon kamerasi ochiladi va birkadagi kod o‘qiladi. Quyida qaysi kodlar o‘qilishi va kod o‘qilmay qolganda nima qilish yozilgan.

7 kun bepul sinab ko‘rishTo‘lov kartasi shart emas

Skaner ekranlari — ilovaning o‘zidan

Skaner tugmasi kassada turadi; o‘qilgan tovar savatga tushadi va ombor ro‘yxatidan ham qidiriladi. Kirimda esa zavod kodi markaziy katalogdan ham qidiriladi: tovar u yerda bo‘lsa (1 700 dan ortiq tasdiqlangan tovar), nomi va bo‘limi o‘zi to‘ladi.

Kassada skaner tugmasi va qidiruv maydoni — shtrix-kod kamera bilan o‘qiladiKassada skaner tugmasi va qidiruv maydoni — shtrix-kod kamera bilan o‘qiladiYangi dizayn
Kassada skaner tugmasi va qidiruv maydoni — shtrix-kod kamera bilan o‘qiladiAvvalgi dizayn
SkanerShtrix-kodni telefon kamerasi o‘qiydi — alohida skaner sotib olish shart emas.
Kassa ekrani: savat, qidiruv maydoni va skaner tugmasiKassa ekrani: savat, qidiruv maydoni va skaner tugmasiYangi dizayn
Kassa ekrani: savat, qidiruv maydoni va skaner tugmasiAvvalgi dizayn
KassaSotuv, tovar kirimi va cheklar tarixi. Tepasida kassada bo‘lishi kerak bo‘lgan pul.
Ombor ekrani: tovarlar ro‘yxati, qoldiq va narxlarOmbor ekrani: tovarlar ro‘yxati, qoldiq va narxlarYangi dizayn
Ombor ekrani: tovarlar ro‘yxati, qoldiq va narxlarAvvalgi dizayn
OmborNechta xil tovar, kelgan narxda va sotilsa qancha. Kam qolgan va srogi yaqin alohida.

Suratlar namoyish do‘konidan olingan: ulardagi tovar nomlari, mijozlar va summalar o‘ylab topilgan. Haqiqiy do‘kon ekranida mijozlarning ismi va qarzi turadi, shuning uchun ularni saytga qo‘ymaymiz. Ekranning ko‘rinishi esa aynan shunday.

Qaysi kodlarni o‘qiydi — va qaysilarini o‘qimaydi

Do‘kon tovarlarining katta qismidagi kodlar o‘qiladi — to‘liq ro‘yxat quyidagi jadvalda. Qolganini qo‘shmadik: o‘qilmaydigan kodni “o‘qiydi” deb yozgandan ko‘ra, rostini aytgan ma’qul.

EAN-13
Holati
O‘qiladi
Qayerda uchraydi

Do‘kondagi tovarlarning aksariyati

EAN-8
Holati
O‘qiladi
Qayerda uchraydi

Kichik qadoq: saqich, shokolad

UPC-A, UPC-E
Holati
O‘qiladi
Qayerda uchraydi

Chetdan kelgan tovarlar

Code-128
Holati
O‘qiladi
Qayerda uchraydi

Yashik va ombor birkalari

Code-39
Holati
O‘qiladi
Qayerda uchraydi

Eski ombor birkalari

QR
Holati
O‘qiladi
Qayerda uchraydi

Zargarlik birkasi shu kod bilan chiqadi

DataMatrix
Holati
O‘qilmaydi
Qayerda uchraydi

Dori markirovkasidagi mayda kvadrat kod

ITF-14
Holati
O‘qilmaydi
Qayerda uchraydi

Karton yashikdagi yirik kod

PDF417, Code-93, Codabar
Holati
O‘qilmaydi
Qayerda uchraydi

Hujjat va maxsus birkalar

ITF-14 ataylab qo‘shilmagan: u kodning bir qismini ham “o‘qib”, noto‘g‘ri qisqa raqam qaytarishi mumkin. Dorixonadagi markirovka (DataMatrix) kodi ham o‘qilmaydi — dori oddiy EAN kodi bo‘yicha hisobga olinadi.

Kamera ochilgandan keyin nima bo‘ladi

01

Skaner tugmasi

Skaner kassada ham, omborda ham, kirim va qaytarish ekranlarida ham bor. Bosilsa telefon kamerasi ochiladi — hech narsa ulash yoki o‘rnatish shart emas.

02

Kodni tutasiz

Kod o‘qilishi bilan qisqa “bip” chiqadi, telefon titraydi va ekran chaqnaydi. Tovar topilmasa ovoz boshqacha: pastroq va ikki marta.

03

Savat o‘zi to‘ladi

Sotuvda skaner ochiq qoladi: tovarlarni ketma-ket tutasiz, bazada bor va qoldig‘i yetadigan tovar savatga o‘zi tushadi. Pastda savat nomi, nechta xil tovar borligi va summa turadi.

04

Takroridan himoya

Bitta tovar ikki marta tushib ketmasligi uchun takror o‘qish kamida 1,2 soniyaga to‘siladi. Kod bazada topilmasa skaner yopiladi va kodni tovarga biriktirish taklif qilinadi.

Mayda birka va qorong‘i javon uchun

Kod o‘qilmayaptimi?

Avval zoom va chiroq

Mayda yoki yaltiroq birkada zoomni 2× yoki 3× ga qo‘ying, qorong‘ida chiroq tugmasi bo‘lsa uni yoqing. Kodni ekran o‘rtasiga to‘g‘rilab, telefonni qimirlatmay ushlang.

Kamerani almashtiring

Ba’zi telefonda asosiy kamera yaqindan fokus ololmaydi — skaner ichidagi tugma bilan boshqa orqa kameraga o‘ting.

Skanerni tiklang

Kamera ochiq turganda pastda “Skanerni tiklash” tugmasi bor, yonida qaysi kamera ishlayotgani va nechta kadr tekshirilgani yozilib turadi. Skaner ikki marta ketma-ket bir necha soniya ochiq turib hech narsa o‘qimasa, saqlangan kamera va zoom tanlovi o‘zi tozalanadi.

Kod tovarga biriktirilmagan bo‘lsa

Kod o‘qilgan-u, tovar topilmagan bo‘lsa, ilova kodni eslab qolib ro‘yxatni ochadi: tovarni bossangiz kod o‘shanga biriktiriladi.

Shtrix-kod skaneri kerakmi?

Mahalla do‘koni, dorixona, kiyim va parfumeriya do‘konida telefon yetadi: xaridor bir-ikkita tovar oladi, sotuvchi kodni tutadi, savat to‘ladi. Rostini aytamiz: navbat uzun, bir xaridor o‘nlab tovar oladigan supermarketda qo‘lda ushlanadigan USB skaner baribir qulayroq — u fokus ham, yorug‘lik ham so‘ramaydi. BuySale skaneri mahalla do‘koni sur’atiga qurilgan. Qaysi jihoz qachon o‘zini oqlashi — do‘kon jihozlari sahifasida.

Skaner haqida savollar

Telefon kamerasi haqiqatan skaner o‘rnini bosadimi?

Mahalla do‘koni sur’atida — ha. Skaner tugmasini bosasiz, kamera ochiladi, tovarlarni ketma-ket tutasiz va savat o‘zi to‘ladi. Uzun navbatli supermarketda esa USB skaner qulayroq bo‘lib qolaveradi.

Qaysi kodlar o‘qilmaydi?

DataMatrix (dori markirovkasi), ITF-14 (karton yashikdagi yirik kod), PDF417, Code-93 va Codabar o‘qilmaydi. ITF ataylab qo‘shilmagan: u kodning bir qismini ham “o‘qib”, noto‘g‘ri qisqa raqam qaytarishi va savatga boshqa tovarni qo‘shib yuborishi mumkin edi.

Kod skanerlandi, lekin tovar topilmadi. Nima qilaman?

Demak bu kod hali hech qaysi tovarga biriktirilmagan. Ilova kodni eslab qoladi va tovarlar ro‘yxatini ochadi: kerakli tovarni bossangiz kod o‘shanga biriktiriladi va keyingi safar darhol topiladi. Kod boshqa tovarda band bo‘lsa, ilova buni aytadi va jimgina ko‘chirmaydi. Bitta tovarga bir nechta kod biriktirsa bo‘ladi — dona kodi, yashik kodi, eski va yangi kod.

Tovarimda umuman shtrix-kod yo‘q — sotib olishim kerakmi?

Yo‘q. Uy mahsuloti yoki zargarlik buyumi kabi zavod kodi yo‘q tovarga ilova “20” bilan boshlanadigan 13 xonali o‘z kodini yasab beradi — u hech qachon zavod kodi bilan urishmaydi. Shu zahoti yorlig‘ini chop etib tovarga yopishtirasiz va keyin oddiy kod kabi skanerlanadi — shtrix-kod va yorliq qo‘llanmasi.

Tarozi bosgan yorliqni o‘qiydimi?

Oziq-ovqat turidagi do‘konda — ha, lekin oldin sozlash kerak. Og‘irlikda sotiladigan har bir tovarga ilovada tarozi raqami (PLU) yasaladi va o‘sha raqam tarozingizga kiritiladi; tarozi esa 13 xonali, og‘irlik uchun 22, narx uchun 21 bilan boshlanadigan do‘kon ichi kodini bosadigan qilib sozlangan bo‘lishi kerak. Shundan keyin yorliq skanerlansa, og‘irlik kodning ichidan o‘qiladi va miqdor savatga o‘zi qo‘yiladi.

Skaner ishlamay qolsa, sotuv to‘xtab qoladimi?

Yo‘q. Kodni skaner ichidagi maydondan yoki kassadagi qidiruv qatoridan qo‘lda terasiz — kamida 6 raqam. Tovarni nomi bo‘yicha qidirib ham savatga qo‘shasiz. Kamera ochilmasa, skaner o‘zi qo‘lda kiritish holatiga o‘tadi.

Bog‘liq sahifalar

BuySale

Bugun sinab ko‘ring, ertaga farqni ko‘rasiz.

7 kun bepul, to‘lov kartasi so‘ralmaydi. Keyin kuniga 6 630 so‘mdan — do‘kon turiga qarab.

Bepul boshlash