Oziq-ovqat do‘koni va minimarket uchun dastur

Non, sut, tarozidagi tovar va uzilmaydigan navbat — mahalla do‘koni ham, minimarket ham shunday ishlaydi. BuySale’da tovarlar ketma-ket skanerlanadi, tarozi bosgan yorliqdagi og‘irlik savatga o‘zi tushadi, srogi yaqinlashgan tovar esa o‘zi ro‘yxatga chiqadi — hammasi telefoningizda.

7 kun bepul sinashTo‘lov kartasi shart emas
Bosib ko’ring

Oziq-ovqat kassasi — ochib ko’ring

Tarozi bosgan yorliqni skanerlaysiz, og’irlik kod ichidan o’qiladi. Kirimda esa srok katagi chiqadi.

  • Tarozi yorlig’i o’qiladi
  • Kirimda srok so’raladi
  • Kam qolgani ogohlantiradi
Ekranni bosib ko’ring
9:41
Kassa
Non
qoldiq: 40 dona
4 000 so’m
Guruch Lazer
qoldiq: 31 kg
18 000 so’m
Sut 1 l
qoldiq: 9 dona
12 000 so’m
Savat 1
Jami34 000 so’m
NaqdKartaQarzga
Sotuvni yakunlash
Mahsulot nomi
Guruch Lazer
Shtrix-kodixtiyoriy
4780000123456
Qancha keldi (kg)
50
Srokixtiyoriy
kk.oo.yyyy
Sotuv narxi (1 kg)
18 000
Kirimni saqlash
Asosiy
Bugungi savdo
842 000 so‘m
Sof foyda
210 ming
Sotuv
37
Qarzga
120 ming
Qarzdorlar
1,2 mln
Qarzim
380 ming
Sof balans
820 ming
Eslatma
Postavshik
Hisobot
Xarajatlar
Ombor
AI yordamchi
Ombor
Coca-Cola 1.5L
14 000 so‘m
23 dona
Non
4 000 so‘m
40 dona
Choy Ahmad 100g
22 000 so‘m
12 dona
Guruch Lazer 1 kg
18 000 so‘m
31 dona
Paxta yog‘i 1 l
24 000 so‘m
17 dona
Makaron 400g
9 500 so‘m
54 dona
Shakar 1 kg
12 000 so‘m
3 dona
Guruch Lazer 1 kg
18 000 so‘m
4 dona
Sut 1 l
Srok: 2 kun qoldi
9 dona
Tvorog 250g
Srok: 5 kun qoldi
6 dona
AI yordamchi
Bugungi savdo va foyda qancha?
Telegramga yubor
Kim qarzdor va kim kechiktiryapti?
Nima tugayapti, nima buyurtma qilay?
Telegramga yubor
Savdoni hisoblayapman...
Kim qarzdor?Nima buyurtma qilay?Qaysi tovar yotib qolgan?
Savolingizni yozing...
Mijozlar
Aziz aka
+998 90 123 45 67
420 000 so‘m
Dilnoza opa
+998 93 555 12 34
85 000 so‘m
Bek aka
telefon kiritilmagan
150 000 so‘m
Nodira opa
+998 91 777 08 22
0 so‘m
Sardor aka
+998 94 210 33 15
260 000 so‘m
Malika opa
+998 99 604 77 41
45 000 so‘m
Qarz yozish
Bosing va gapiring
Masalan: “Karim akaga 120 ming so‘m, shanbagacha”
0so‘m
Mijoz ismi
Karim aka
Qarzdor telefoni
+998 90 123 45 67
Muddatixtiyoriy
kk.oo.yyyy
Izohixtiyoriy
Qarz yozish
Profil
Balans150 000 so‘m · 12 kun
Do‘kon ma’lumotlari
TilO‘zbekcha (lotin)
Karta raqami•••• 9012
Skaner ovoziKod o‘qilganda “bip” chiqadi.
Chek printeri80 mm
Yorliq printeri40×30 mm
Kechki hisobot22:00
Xodimlar (sotuvchilar)

Navbat turganda kassa sekinlashmaydi

Sotuvda skaner ochiq qoladi: tovarlarni ketma-ket tutasiz, bazada bor va qoldig‘i yetadigan tovar savatga o‘zi tushadi. Ekran pastida savat nomi, nechta xil tovar borligi va umumiy summa ko‘rinib turadi. Kod bazada topilmasa skaner yopiladi va kodni tovarga biriktirish taklif qilinadi — keyingi safar darhol topiladi.

Tarozi yorlig‘i: og‘irlikni sotuvchi yozmaydi

Bu bo‘lim aynan oziq-ovqat turidagi do‘kon uchun ochiladi. Og‘irlikda sotiladigan har bir tovarga ilovada tarozi raqami (PLU) beriladi va o‘sha raqam tarozingizga kiritiladi — sozlash bir marta bo‘ladi, keyin sotuvchi hech narsa yozmaydi. Kod tuzilishi, 22 va 21 formatining farqi va tarozini sozlash — tarozi yorlig‘i qo‘llanmasida.

01

Tovarga tarozi raqami bering

Ombordagi tovar kartochkasida “Tarozi raqami” bo‘limi turadi: 5 xonali raqam beriladi va ilova sinab ko‘rish uchun namuna kod ko‘rsatadi.

02

O‘sha raqamni tarozingizga yozing

Tarozi yorliqni do‘kon ichi formatida bosadigan qilib sozlangan bo‘lishi kerak: og‘irlik uchun 22, narx uchun 21 bilan boshlanadigan 13 xonali kod.

03

Kassada shunchaki skanerlaysiz

Yorliq o‘qilishi bilan tovar ham, og‘irligi ham savatga tushadi. Raqam hech qaysi tovarga biriktirilmagan bo‘lsa, ilova buni aytadi va noto‘g‘ri tovar qo‘shib yubormaydi.

Srok, qoldiq va buyurtma — o‘zi ko‘rinib turadi

Oziq-ovqatda pul ikki joyda yo‘qoladi: e’tibordan chetda qolgan srokda va javonda tugab qolgan tovarda. Ikkalasi ham ombor hisobida alohida ro‘yxat bo‘lib o‘zi chiqadi.

Partiya va srok

Bir tovar ikki marta kelsa, har kelgani o‘z sanasi va o‘z srogi bilan alohida partiya bo‘lib yoziladi. Sotuvda srogi eng erta tugaydigani birinchi yechiladi, kartochkada esa qaysi partiya qancha qolgani ko‘rinadi va srokni tuzatasiz.

Srogi yaqinlari va chegirma

Srogiga bir hafta va undan kam qolgan tovarlar bosh sahifada hamda omborda alohida ro‘yxat bo‘ladi. Shu ro‘yxatning hammasiga bir bosishda chegirma qo‘yasiz; chegirmali narx kassada ham, chekda ham, foyda hisobida ham bir xil chiqadi.

Kam qoldi ogohlantirishi

Har tovarga “kam qoldi” chegarasi qo‘yiladi — oziq-ovqatda standart 5 dona, xohlasangiz o‘zingiznikini yozasiz. Qoldiq shundan pastga tushsa, tovar bosh sahifada va omborda sariq bo‘lib ko‘rinadi.

Nasiya daftari — “keyin beraman” yo‘qolib ketmaydi

Mahalla do‘konida nasiyasiz bo‘lmaydi. Kassada to‘lov turi “Qarzga” tanlansa avval telefon raqami so‘raladi: bazada bor mijoz bo‘lsa ismi va ochiq qarzi darhol ko‘rinadi, yangi bo‘lsa ism maydoni chiqadi. Qarz nasiya daftariga o‘zi tushadi.

Bir qismini hozir berdi

Mijoz pulning bir qismini bersa, “hozir qancha berdi” degan joyga shu summani yozasiz — qolgani o‘zi hisoblanib qarzga tushadi.

To‘lovni qabul qilish

Pul olib kelganda qarzi ustiga summani yozasiz: bo‘lib-bo‘lib to‘lasa ham qoldiq kamayib boradi, qolgan qarzdan ko‘p summa qabul qilinmaydi. Kun davomidagi qarz to‘lovlari smena kassasiga ham qo‘shiladi.

Kimga ishonib bo‘ladi

Har mijoz yonida rangli nuqta turadi — u haqiqiy tarixdan hisoblanadi: nechta qarzini o‘z vaqtida yopgani, o‘rtacha necha kun kechikkani. Ehtiyot bo‘lish kerak bo‘lsa, qarz yozayotganda ekranda ogohlantirish chiqadi.

Chegara qo‘yish

Mijozga “shundan ortiq qarz berilmasin” degan chegara qo‘yasiz yoki butunlay bloklaysiz — limitdan oshsa yangi qarz yozilmaydi.

Kechqurun sof foyda o‘zi keladi

Kun yakuni har kuni belgilangan soatda Telegram’ga o‘zi keladi — ilovani ochish shart emas: savdo, naqd/karta/qarz, foyda, xarajat, qarzga yozilgani va tugayotgan tovarlar. Standart soat 22:00, uni 18:00 dan 23:00 gacha o‘zgartirasiz yoki butunlay o‘chirasiz; buning uchun do‘kon egasi Telegram botni ochib qo‘ygan bo‘lishi kerak.

Oziq-ovqat do‘koni va mini market uchun narx

Narxni do‘kon turi belgilaydi va u shu turdagi hamma do‘kon uchun bir xil. Bu turda AI yordamchiga berilgan savol uchun alohida pul yechilmaydi. Hamma turlarning narxi va narx ichiga nima kirishi — narxlar sahifasida, boshqa dasturlar qancha so‘rashi esa do‘kon dasturlari narxi tadqiqotida.

BuySaleBiz
Narx
6 630 so‘m/kun — 30 kunga 198 900 so‘m
Narxga nima kiradi

Hisob kunlik, oylik shartnoma yo‘q; xodim, kassa va tovar soni uchun ustiga to‘lov qo‘shilmaydi; sozlash 0 so‘m; 7 kun bepul. Fiskal kassa emas.

Yuqoridagi raqam shu do‘kon turi uchun amaldagi narx. Boshqa dasturlarning e’lon qilingan narxlari «Do‘kon dasturlari narxi» sahifasida manba havolasi va tekshirilgan sanasi bilan yig‘ilgan.

Do‘konchilar so‘raydigan savollar

Minimarketim uchun qaysi do‘kon turini tanlayman?

Alohida “minimarket” turi yo‘q: oziq-ovqat do‘koni ham, minimarket ham ilovada “Oziq-ovqat” turi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tadi. Shu sahifadagi hamma narsa — tarozi yorlig‘i, partiya va srok — aynan shu turda ochiladi. Narxi — 6 630 so‘m/kun, 30 kunga 198 900 so‘m.

Tarozim BuySale bilan ishlaydimi?

Tarozi yorliqni do‘kon ichi formatida bossa ishlaydi: 13 xonali kod, og‘irlik uchun 22, narx uchun 21 bilan boshlanadi, tarozi raqami esa 5 xona bo‘ladi. O‘sha raqamni har bir tovarga ilovada berasiz va tarozining o‘ziga kiritasiz. Tarozingiz bunday yorliq bosmasa, og‘irlikni savatda qo‘lda yozasiz.

Skaner apparati kerakmi yoki telefon yetadimi?

Telefon kamerasi yetadi. Android’da brauzerning o‘z o‘qish dvigateli ishlaydi — eng tez yo‘l; iPhone’da bunday dvigatel yo‘q, kod dastur kutubxonasi orqali o‘qiladi va sekinroq bo‘lishi mumkin. Kompyuterda kod oxirida Enter yuboradigan USB skaner ham ishlaydi — skanerlashdan oldin narx yoki miqdor maydonidan chiqib turing, aks holda kodning birinchi ikki belgisi o‘sha maydonga tushib qoladi.

Chek soliq uchun yaraydimi?

Yo‘q. BuySale chiqaradigan chek — oddiy hisob varaqasi: do‘kon nomi, sana, sotuvchi, tovarlar, jami va to‘lov turi. Unda fiskal belgi ham, soliq QR kodi ham yo‘q, ya’ni u kassa apparatining o‘rnini bosmaydi. Chek brauzerning chop etish oynasi orqali chiqadi, eni esa do‘kon bo‘yicha bir marta tanlanadi — 58 yoki 80 mm.

Markirovka (Asl belgisi) bilan ishlaydimi?

Yo‘q. Skaner markirovkadagi Data Matrix kodini o‘qimaydi va BuySale Asl belgisi tizimiga ulanmagan — dastur davlat tizimlariga hech narsa yubormaydi. Bunday tovarni BuySale’da qadoqdagi oddiy shtrix-kod (EAN yoki UPC) bilan yuritasiz, u bo‘lmasa do‘konning o‘z kodini yasab, yorliq chop etasiz. Qaysi tovaringiz majburiy markirovkaga tushishini va uni sotishda nima talab qilinishini soliq organidan (soliq.uz) yoki buxgalteringizdan aniqlang.

Internet uzilib qolsa, sotaveramanmi?

Android yoki Windows ilovasida — ha: sotuv, qarz va to‘lovlar 7 kungacha navbatga yoziladi va aloqa qaytgach serverga o‘zi yuboriladi. Brauzerdagi veb-versiyada esa aloqa bo‘lmasa sotuv yozilmaydi, shuning uchun kassada ilovani o‘rnatgan ma’qul.

Buzilgan yoki srogi o‘tgan tovarni qanday hisobdan chiqaraman?

Hozircha alohida “hisobdan chiqarish” tugmasi yo‘q. Bunday tovar inventarizatsiya orqali chiqariladi: javondagini skanerlab sanaysiz va qoldiq haqiqiy holatga to‘g‘rilanadi. Shuning uchun srogi yaqinlari ro‘yxati muhim — chegirma qo‘yib sotib yuborgan, tashlab yuborgandan ko‘ra foydaliroq.

Sotuvchim tannarxni va foydani ko‘rmasinmi?

Kirim narxini ko‘rish alohida ruxsat: ruxsati yo‘q xodimga tannarx ham, foyda ham umuman yuborilmaydi — ekranda ham, Excel faylida ham yo‘q. Qarzga sotish, qaytarish va hisobot ham alohida ruxsat. Sotuvchi do‘kon raqami va o‘zining 4 xonali PIN-kodi bilan kiradi. U kirganda sizga Telegram’ga xabar keladi — buning uchun Telegram bot ochib qo‘yilgan bo‘lishi kerak, xabarni sozlamadan o‘chirib ham qo‘ysangiz bo‘ladi.

Ikkinchi do‘kon ochsam, ikkalasini bitta joyda ko‘ra olamanmi?

Ha, ikkinchi do‘kon filial bo‘lib ochiladi: alohida ro‘yxatdan o‘tmaysiz, ikkalasi bitta hisobda va bitta balansda turadi, ular orasida bir bosishda o‘tasiz. Qoldiq, sotuv va foyda har filialda alohida yuritiladi va aralashmaydi; tovarni bir do‘kondan ikkinchisiga o‘tkazma bilan yuborasiz. Ikkala do‘konning bugungi savdosi va foydasi kechki Telegram hisobotida jami bilan keladi, ilovadagi hisobotlar esa har filialda alohida. Qanday ochiladi va qancha turadi — filiallar sahifasida.

Bog‘liq sahifalar

BuySale

Bugun sinab ko‘ring, ertaga farqni ko‘rasiz.

7 kun bepul, to‘lov kartasi so‘ralmaydi. Keyin kuniga 6 630 so‘mdan — do‘kon turiga qarab.

Bepul boshlash