Ombor (sklad) va tovar hisobi bitta joyda: nima kelgani, nima qolgani va nima sotilgani. Kirim yozasiz — qoldiq o‘sha zahoti o‘zgaradi, tovar kamayganda va srogi yaqinlashganda o‘zi ogohlantiradi, yangi tovarni esa yorlig‘ini suratga olib qo‘shasiz.
Tepadagi uch bo‘limni bosib ko‘ring: hammasi, kam qolgani va srogi yaqinlashgani alohida chiqadi. Pastdagi ikonkalar ilovaning qolgan bo‘limlariga olib boradi.
Ombor ro‘yxati, buyurtma taklifi va kassadagi tovar kirimi.

Yangi dizayn
Avvalgi dizayn
Yangi dizayn
Avvalgi dizayn
Yangi dizayn
Avvalgi dizaynSuratlar namoyish do‘konidan olingan: ulardagi tovar nomlari, mijozlar va summalar o‘ylab topilgan. Haqiqiy do‘kon ekranida mijozlarning ismi va qarzi turadi, shuning uchun ularni saytga qo‘ymaymiz. Ekranning ko‘rinishi esa aynan shunday.
Do‘kondagi tovarlar bitta ro‘yxatda turadi. Qidiruvga nom yozasiz yoki birkani skanerlaysiz — tovar darhol topiladi, bosilsa kartochkasi ochiladi.
Yangi tovarni kiritishda eng ko‘p vaqt nom terishga ketadi. Kirim ekranida nom yonidagi kamera tugmasini bosib yorliqni suratga olasiz.
Tugma nom maydonining yonida turadi, kirim ruxsati bor har kimda ochiq.
Surat telefonda kichraytirilib, internet orqali sun’iy intellektga yuboriladi — javob tez qaytadi.
Nomi, ko‘ringan bo‘lsa shtrix-kod va sotuv narxi, do‘kon turiga qarab srok yoki razmer, zargarlikda proba, massa va tosh, telefonda IMEI.
Faqat bo‘sh kataklar to‘ldiriladi — zargarlikdagi probadan tashqari. Yorliq yaxshi o‘qilmasa hech narsa taxmin qilinmaydi — katak bo‘sh qoladi.
Kelgan tovarni nomi, miqdori, kirim va sotuv narxi bilan yozasiz — qoldiq o‘sha zahoti ko‘tariladi. Birkani esa kamera o‘qiydi: omborda ham, kirimda ham, inventarizatsiyada ham. Kod va yorliq bo‘yicha batafsil — shtrix-kod va yorliq qo‘llanmasida. Qadamba-qadam — tovar kirimi qo‘llanmasi.
Narxni “hammasiga shuncha to‘ladim” deb ham yozasiz: bir birlik narxi o‘zi chiqadi, ustamangiz darhol ko‘rinadi.
Markaziy katalogdan bo‘lim yoki nom bo‘yicha topasiz yoki zavod shtrix-kodini skanerlaysiz — nomi va bo‘limi o‘zi to‘ladi, katalogdan tanlasangiz birligi va kodi ham (2026-yil 3-oktabr holatiga 1 700 dan ortiq tasdiqlangan tovar). Katalog kirim ruxsati bilan ochiladi, zargarlik do‘konida ishlatilmaydi.
Ilovadagi yordamchi ekraniga nakladnoy suratini yuborsangiz, qatorlarni o‘qib ro‘yxat qiladi — bir suratda eng ko‘pi 40 qator. Ro‘yxat omborga o‘zi tushmaydi: har qatorni tuzatib, “Tasdiqlash” bosasiz.
Yashik kodi, qadoq kodi, eski va yangi kod bitta kartochkaga biriktiriladi — qaysi biri skanerlansa ham o‘sha tovar topiladi. Band kodni dastur qabul qilmaydi.
Zavod kodi yo‘q tovarga bir bosishda 13 xonali kod yasaladi. U “20” bilan boshlanadi, ya’ni zavod kodi bilan chalkashmaydi.
Oddiy do‘konda EAN-13 chiziqli kod, zargarlik birkasida QR chiziladi. Varaqda 1, 4, 8, 12 yoki 24 nusxa; oddiy yorliqda narx yozilishini o‘zingiz tanlaysiz, zargarlik birkasiga narx umuman yozilmaydi. Chop etish brauzerning chop oynasidan — A4 varaq yoki rulon printeri.
Bir tovar ikki marta kelsa, har kelgani o‘z sanasi va o‘z srogi bilan alohida partiya bo‘lib yoziladi.
Javondagi buyumlarni ketma-ket skanerlaysiz — skaner har safar yopilib ochilmaydi, tekshirilgani serverda saqlanadi. Tayyorgarlik va farqlar bilan ishlash — inventarizatsiya qo‘llanmasida.
Birkalarni ketma-ket tutasiz, hisob o‘zi yurib boradi.
Ekrandan chiqsangiz ham, boshqa telefondan kirsangiz ham qayerda to‘xtagan bo‘lsangiz o‘sha yerdan davom etadi.
Oxirida farq chiqqan tovarlar ro‘yxati ko‘rsatiladi va qoldiq shu bo‘yicha to‘g‘rilanadi.
Omborni fayl qilib yuklab olasiz, kirim narxini xodimdan yashirasiz, kam qolganlardan tayyor buyurtma chiqadi. Excel yoki daftardan ko‘chib o‘tayotgan bo‘lsangiz — Excel o‘rniga do‘kon dasturi.
Internet va ulangan AI kerak — ulanmagan bo‘lsa tugma “AI ulanmagan” deb aytadi. Yorliq yaxshi o‘qilmasa hech narsa taxmin qilinmaydi. Kunlik chegara yo‘q, lekin saqlashdan oldin kataklarni ko‘zdan kechiring — ayniqsa zargarlikdagi probani, u siz tanlaganingiz ustiga yoziladi.
Yo‘q. Buyurtma tayyor matn bo‘lib chiqadi — nusxa olasiz yoki chop etasiz, yuborishni o‘zingiz qilasiz. “Qabul qilindi” deb belgilash ham qoldiqni oshirmaydi: kelgan tovarni kirim ekranidan yozasiz.
Tannarxni ko‘rish alohida ruxsat. Ruxsati yo‘q xodimga kirim narxi ekranda ham, Excelda ham, buyurtma ro‘yxatida ham ko‘rinmaydi. U tovar nomini tuzatishi mumkin, narxga tegish uchun esa yana alohida ruxsat kerak.
Alohida “hisobdan chiqarish” tugmasi hozircha yo‘q — qoldiqni inventarizatsiya orqali to‘g‘rilaysiz. Bir marta sotilgan tovarni o‘chirib ham bo‘lmaydi, chunki o‘tgan savdolar va hisobotlar buzilardi: qoldig‘ini nolga tushirib qo‘yasiz.
Yo‘q, u ataylab qo‘shilmagan. Faylda nomi, kategoriyasi, birligi, qoldig‘i, sotuv narxi va summasi, srogi hamda ta’minotchisi bo‘ladi; do‘kon turiga qarab proba, massa, razmer yoki IMEI qo‘shiladi. Kirim narxi ustuni faqat ruxsat bilan chiqadi.
Omborda «Tanlash» → tovar va miqdor → «Davom etish» → qaysi filialga → «Jo‘natish». Tovar omboringizdan chiqib, qabul qiluvchi filial sanab tasdiqlaguncha «yo‘lda» turadi. Batafsil — filiallararo tovar o‘tkazish sahifasida.
Do‘konda inventarizatsiya qanday qilinadi: tayyorgarlik, birkani ketma-ket skanerlash, farqlarni ko‘rib chiqish va qoldiqni to‘g‘rilash — qadamba-qadam.
Batafsil →Kam qolgan tovardan dastur o‘zi ro‘yxat tuzadi va oxirgi 30 kunlik savdoga qarab qancha olishni taklif qiladi. Ro‘yxatni nusxalaysiz yoki A4 qilib chop etasiz.
Batafsil →Tovarni qarzga olsangiz, kimga qancha qarz qolgani yoziladi: har postavshik bo‘yicha qarz, to‘lash muddati, qisman to‘lov va jami «qarzim» bosh sahifada.
Batafsil →Telefon kamerasi qaysi shtrix-kodlarni o‘qiydi, kodni tovarga qanday biriktiriladi, kodsiz tovarga EAN-13 yasash va yorliqni A4 yoki rulonda chop etish.
Batafsil →Tovar kirimi telefonda: zavod kodini skanerlang — katalogda bo‘lsa nomi va bo‘limi o‘zi to‘ladi. Yorliq yoki nakladnoy suratidan ro‘yxat, srok va partiya.
Batafsil →
7 kun bepul, to‘lov kartasi so‘ralmaydi. Keyin kuniga 6 630 so‘mdan — do‘kon turiga qarab.
Bepul boshlashBuySale yordamchisi
Sayt ma’lumotlari asosida javob beradi
AI xato qilishi mumkin — muhim savolni Telegram orqali aniqlang.
Javob yozilmoqda