Xarajatlar: “foyda” va qo‘lda qolgan pul bir xil emas

Tovarni 10 mingga olib 14 mingga sotsangiz, ilova 4 ming foyda ko‘rsatadi. Lekin ijara, svet va sotuvchining oyligi ham shu puldan chiqadi. Xarajatlarni yozib borsangiz, dastur ularni foydadan ayiradi va ekranda haqiqiy — sof foyda turadi.

7 kun bepul sinab ko‘rishTo‘lov kartasi shart emas

Sakkizta tayyor turkum va o‘zingiznikisi

Ijara, svet-suv-gaz, ish haqi, transport, soliq va yig‘imlar, reklama, ta’mirlash, boshqa — har biri o‘z ikonkasi bilan. Ro‘yxatda yo‘q narsa uchun “O‘zim yozaman” chipini bosib nom terasiz va u keyin ham o‘z nomi bilan turaveradi.

Xarajatlar ekrani — ilovaning o‘zidan

Turkumlar bo‘yicha taqsimot, hisobotdagi sof foyda va bosh ekrandagi bugungi holat.

Xarajatlar ekrani: kategoriya bo‘yicha summalar va foizlarXarajatlar ekrani: kategoriya bo‘yicha summalar va foizlarYangi dizayn
Xarajatlar ekrani: kategoriya bo‘yicha summalar va foizlarAvvalgi dizayn
XarajatlarTurkumlar bo‘yicha ulush va foizi, tagida kunlar bo‘yicha ro‘yxat.
Hisobot ekrani: savdo, yalpi foyda, xarajat va sof foyda raqamlariHisobot ekrani: savdo, yalpi foyda, xarajat va sof foyda raqamlariYangi dizayn
Hisobot ekrani: savdo, yalpi foyda, xarajat va sof foyda raqamlariAvvalgi dizayn
HisobotlarSavdo, yalpi foyda, xarajat va sof foyda. Pastida to‘lov turlari va kim qancha sotgani.
BuySale ilovasining asosiy ekrani: bugungi savdo, sof foyda va hafta ustunlariBuySale ilovasining asosiy ekrani: bugungi savdo, sof foyda va hafta ustunlariYangi dizayn
BuySale ilovasining asosiy ekrani: bugungi savdo, sof foyda va hafta ustunlariAvvalgi dizayn
Asosiy ekranBugungi savdo, sof foyda, hafta ustunlari va kunlik maqsad. Pastida qarzdorlar, qarzim va sof balans.

Suratlar namoyish do‘konidan olingan: ulardagi tovar nomlari, mijozlar va summalar o‘ylab topilgan. Haqiqiy do‘kon ekranida mijozlarning ismi va qarzi turadi, shuning uchun ularni saytga qo‘ymaymiz. Ekranning ko‘rinishi esa aynan shunday.

Sof foyda qanday hisoblanadi

Hisobot ekranida uchta qator ustma-ust turadi: yalpi foyda (tovar ustamasi), xarajat va sof foyda. Sof foyda manfiy chiqsa qizil bo‘lib ko‘rinadi. Kartani yoki turkum qatorini bosish to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xarajatlar bo‘limini ochadi — “foyda kam chiqibdi” deb o‘ylagan payt darrov nimaga ketganini ko‘rasiz.

01

Xarajatni yozasiz

Summani terasiz (o‘zi 120 000 shaklida ajraladi), turkumni tanlaysiz, kerak bo‘lsa izoh va sana qo‘yasiz.

02

Foydadan ayriladi

Hisobotda sof foyda shu zahoti qayta hisoblanadi; bugun xarajat bo‘lsa bosh ekranda ham “Sof foyda” ko‘rsatiladi.

03

Oy oxirida ko‘rasiz

Turkum bo‘yicha taqsimot: ijaraga qancha, transportga qancha. Faylga yuklab olib saqlab ham qo‘yasiz.

Bu bo‘lim nima QILMAYDI

Rostini oldindan aytamiz — keyin “shunaqa deb o‘ylagandim” degan gap chiqmasin.

Ko‘p beriladigan savollar

Sotuvchi do‘konning xarajatlarini ko‘rmasligi kerak — buni sozlash mumkinmi?

Ha, “Xarajatlar” alohida ruxsat va tayyor to‘plamlardan “Kassir”, “Sotuvchi” va “Katta sotuvchi”da u yo‘q: bo‘lim menyuda ko‘rinmaydi, so‘rov esa server tomonda rad etiladi. Bitta chekkasi bor: xodimda AI yordamchisi ruxsati bo‘lsa, u yordamchidan so‘rab turkum bo‘yicha summalarni olishi mumkin — AI vositalari bu ruxsat bo‘yicha hali filtrlanmagan. Xarajat butunlay yopiq bo‘lishi kerak bo‘lsa, AI ruxsatini ham bermang.

Ijara har oy bir xil — har safar qo‘lda yozishim kerakmi?

Yozuvga “har oy takrorlanadi” belgisini qo‘ysangiz, keyingi oyda shu turkum bo‘yicha hali yozuv bo‘lmasa, ekran tepasida eslatma chiqadi va “Bu oyga yozish” tugmasi o‘tgan safargi summa bilan bugungi sanaga bir bosishda yozadi. Ya’ni o‘zi yozilmaydi, lekin esdan chiqmaydi.

Xarajat kassadagi pulga ta’sir qiladimi?

Ha, smena ochiq bo‘lsa. Xarajat o‘sha smenaga biriktiriladi va kassada bo‘lishi kerak bo‘lgan puldan ayriladi (ochilish puli + naqd savdo + qarz to‘lovi − naqd qaytarish − xarajat). Diqqat: to‘lov usuli saqlanmagani uchun kartadan to‘langan xarajat ham kassadan chiqdi deb hisoblanadi — bunday holda farq ko‘rinadi va uni smena yopishda izohga yozib qo‘yasiz.

Sotuvchiga bonus to‘lasam, qayerga yozaman?

«Ish haqi» turkumiga xarajat qilib yozasiz — shunda sof foyda to‘g‘ri chiqadi. Bonus summasini xodimlar KPI o‘zi hisoblaydi, lekin uni xarajatga o‘zi yozmaydi.

Bog‘liq sahifalar

BuySale

Bugun sinab ko‘ring, ertaga farqni ko‘rasiz.

7 kun bepul, to‘lov kartasi so‘ralmaydi. Keyin kuniga 6 630 so‘mdan — do‘kon turiga qarab.

Bepul boshlash