Shtrix-kod skaneri sotuvchining telefonida: savat, naqd, karta yoki qarzga to‘lov, 58 va 80 mm chek hamda kun oxirida smena hisobi. Alohida shtrix-kod skaneri sotib olish shart emas.
Bu rasm emas. Tepadagi bo‘limlarni va pastdagi ikonkalarni bosib, ilovaning ichiga kirib ko‘rasiz.
Sotuv, skaner, smena va qaytarish telefonda aynan shunday ko‘rinadi.

Yangi dizayn
Avvalgi dizayn
Yangi dizayn
Avvalgi dizayn
Yangi dizayn
Avvalgi dizayn
Yangi dizayn
Avvalgi dizaynSuratlar namoyish do‘konidan olingan: ulardagi tovar nomlari, mijozlar va summalar o‘ylab topilgan. Haqiqiy do‘kon ekranida mijozlarning ismi va qarzi turadi, shuning uchun ularni saytga qo‘ymaymiz. Ekranning ko‘rinishi esa aynan shunday.
Skaner tugmasini bosasiz — kamera ochiladi va sotuv davomida ochiq qoladi: tovarlarni ketma-ket tutaverasiz, bazada bor va qoldig‘i yetadigan tovar savatga o‘zi tushadi, ekran pastida savat nomi, nechta xil tovar borligi va jami summa turadi. Qaysi telefonda qanday o‘qishi — telefon skaneri sahifasida.
Eng achchiq gap — sotib olgandan keyin «meniki o‘qilmas ekan» deyish. Shuning uchun chegaralarni oldindan aytamiz.
ITF-14, Code-93, Codabar, Data Matrix va PDF417 o‘qilmaydi — dorixonadagi markirovka kodi ham shu ro‘yxatda. Bunday tovarga do‘konning o‘z kodini yasab, yorliq yopishtirasiz.
Android va Chrome’da brauzerning o‘z o‘qish dvigateli ishlaydi — eng tez yo‘l. iPhone va Safari’da bunday dvigatel yo‘q, kod kutubxona bilan o‘qiladi.
Og‘irlik kod ichida keladigan yorliq faqat oziq-ovqat do‘konida o‘qiladi. Tovarga ilovada tarozi raqami (PLU) yasab, tarozingizga kiritasiz; tarozi og‘irlik uchun 22, narx uchun 21 bilan boshlanadigan 13 xonali kod bosadi.
Honeywell kabi USB skaner klaviatura bo‘lib ulanadi: kod oxirida Enter yoki Tab yuborilsa, ilova uni qo‘lda terishdan ajratadi — sotuv, kirim va qaytarishda ishlaydi. Kursor boshqa katakda tursa kodning birinchi ikki belgisi o‘sha katakka tushib qolishi mumkin.
Navbat kelsa ikkinchi savatni ochasiz, miqdorni qo‘lda yozasiz, pulni esa mijoz qanday bergan bo‘lsa shunday yozib qo‘yasiz.
Qarzga sotish alohida ruxsat: bermagan bo‘lsangiz, xodim faqat naqd va karta bilan sotadi. Mijoz bloklangan yoki limitidan oshsa, sotuv yozilmaydi.
Bazada bor mijozning ismi va ochiq qarzi darhol chiqadi, yangi bo‘lsa faqat o‘shanda ism so‘raladi. Raqamsiz qarzga sotib bo‘lmaydi.
Aralash to‘lovda faqat qarzga qolgan qism yoziladi. Kassadan chiqqan qarzga muddat qo‘yilmaydi — muddatlisini «Qarz yozish» ekrani yoki mijoz kartochkasidan yozasiz.
Sotuv tugagach «chek chiqaraymi?» deb so‘raladi. Chekda do‘kon nomi, sana, sotuvchi, tovarlar, jami va to‘lov turi bo‘ladi; telefon do‘konida IMEI va kafolat muddati ham chiqadi. Printerni sozlash — chek printeri qo‘llanmasida.
Profil > Chek printeri qatorida 58 yoki 80 mm ni belgilaysiz. Sozlama qurilmaga emas, do‘konga yoziladi: kassirning telefoni ham ilovani keyingi ochganda shu o‘lchamni oladi.
Sinov cheki va sinov yorlig‘i haqiqiy chek yo‘li bilan chiqadi — qog‘ozda ko‘ringani sotuvda ham xuddi shunday bo‘ladi.
Chek va yorliq brauzerning chop etish oynasida chiqadi: printerni o‘sha yerda tanlab, masshtabni 100% qilasiz. ESC/POS, Bluetooth yoki drayver orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish yo‘q.
Kun oxirida «kassada shuncha pul bo‘lishi kerak edi» degan savolga dastur javob beradi, sotuvchining qo‘li qayerga yetishini esa siz belgilaysiz. Batafsil — sotuvchini nazorat qilish sahifasida.
BuySale pulni o‘zi qabul qilmaydi — faqat qanday kelganini yozib boradi. Kassada to‘lov turi uchta: naqd, karta va qarz; QR, terminal yoki o‘tkazma uchun alohida tur yo‘q.
Karta, QR yoki o‘tkazma bilan to‘lovni terminal yoki bank ilovasi qabul qiladi — BuySale ularga ulanmagan va summani o‘zi yubormaydi. To‘lov o‘tganini terminal yoki bank ilovasi ekranidan ko‘rib olasiz.
Sotuvni «Karta» to‘lov turi bilan yakunlaysiz: alohida «QR» yoki «o‘tkazma» turi yo‘q. Mijoz bir qismini naqd bersa, bo‘lib to‘lash bilan naqd + karta qilib yozasiz.
Hisobotda naqd, karta va qarz alohida ustunda turadi, Telegram ulangan bo‘lsa kun yakuni ham shunday keladi. «Karta» summasini terminal yoki bank ilovasidagi tushum bilan solishtirib ko‘rasiz.
58 yoki 80 mm rulonli chek printeri; enini Profil bo‘limida bir marta tanlaysiz. Chek brauzerning chop etish oynasidan chiqadi: printerni o‘sha yerda tanlab, masshtabni 100% qilasiz — ESC/POS, Bluetooth yoki drayver orqali ulanish yo‘q.
Yo‘q. Chekda fiskal belgi, soliq QR kodi yoki kassa apparati raqami yo‘q — u do‘konning o‘z hisob varaqasi. Soliq talab qiladigan fiskal chek uchun kassa apparatingiz alohida ishlaydi — kassa apparati kerakmi.
Yo‘q. BuySale brauzerda (app.buysale.uz) ochiladi, Android’ga APK, kompyuterga brauzerdan ilova qilib o‘rnatiladi — qanday o‘rnatish. O‘rnatuvchi ham, monoblok ham shart emas. Fiskal chek kerak bo‘lsa, fiskal kassa alohida turadi — kassa apparati kerakmi.
Yo‘q. BuySale bank terminaliga, UZCARD/HUMO protsessingiga va QR to‘lov tizimlariga ulanmagan: summani terminalga o‘zi yubormaydi va pul tushganini o‘zi bilmaydi. Pulni terminal yoki QR ilovasi qabul qiladi, BuySale’da esa sotuvni «Karta» to‘lov turi bilan yakunlaysiz — hisobotda u naqddan alohida turadi.
To‘lov turini «Karta» deb tanlaysiz: kassada naqd, karta va qarz bor, alohida «QR» yoki «o‘tkazma» turi yo‘q. Avval terminal yoki bank ilovasida pul tushganini ko‘rib oling, keyin sotuvni yakunlang. Mijoz bir qismini naqd bersa, bo‘lib to‘lash bilan naqd + karta qilib yozasiz — savatda chegirmali tovar bo‘lmasa.
Android va Windows ilovasida — ha, 7 kungacha: sotuvlar navbatga yoziladi, qoldiq darhol kamayadi va aloqa qaytgach hammasi serverga o‘zi yuboriladi. Brauzerdagi veb-versiyada kassa internet bilan ishlaydi.
Sotish, qarzga sotish, qaytarish va kassada savdolashish — to‘rt xil ruxsat, har bir xodimga alohida berasiz. Savdolashish (xaridorga kelishilgan jamini yozib narxni tushirish) «Menejer»dan boshqa tayyor to‘plamlarda yo‘q, tovar kartochkasidagi chegirma esa narxni o‘zgartirish ruxsatiga bog‘liq. Ruxsatni olsangiz, xodim keyingi bosishdayoq to‘xtaydi — xodim huquqlari.
Dastur kassada qancha pul bo‘lishi kerakligini hisoblab, sanalgan pul bilan farqini darhol ko‘rsatadi; farq bo‘lsa sababini yozib qo‘yish uchun joy ochiladi. Yopilgan smenalar tarixida kim yopgani, nechta savdo va farq saqlanadi.
BuySale skaneri telefon kamerasi bilan EAN-13, EAN-8, UPC, Code-128, Code-39 va QR kodlarni o‘qiydi: zoom, chiroq, uzluksiz skanerlash va qo‘lda kiritish.
Batafsil →Chek printerini 58 yoki 80 mm ga, yorliq printerini 40×30 yoki boshqa o‘lchamga sozlash, sinov cheki va chop etishdagi xatolarni tuzatish yo‘llari.
Batafsil →Mijoz tovarni qaytarsa: skanerlaysiz, sotuv o‘zi topiladi. Pul naqd, kartaga yoki qarzdan ayirib qaytariladi, tovar qoldiqqa qaytadi, foyda o‘zi to‘g‘rilanadi.
Batafsil →Do‘konda sotuvchini nazorat qilish: smena ochish-yopish, kassadagi farq, kim qancha sotgani va tannarxni yashiradigan ruxsatlar. Nima qilmasligi ham yozilgan.
Batafsil →Kassa apparati kerakmi: onlayn-NKM, virtual kassa, terminal va do‘kon dasturi farqi, rasmiy hujjatda nima deyilgan, nimani so‘rash va BuySale qayerda turadi.
Batafsil →
7 kun bepul, to‘lov kartasi so‘ralmaydi. Keyin kuniga 6 630 so‘mdan — do‘kon turiga qarab.
Bepul boshlashBuySale yordamchisi
Sayt ma’lumotlari asosida javob beradi
AI xato qilishi mumkin — muhim savolni Telegram orqali aniqlang.
Javob yozilmoqda