Kiyim va poyabzal do‘koni uchun dastur: razmer bo‘yicha aniq hisob

Kiyim do‘konida savol bitta — qaysi razmerdan nechta qoldi. BuySale’da bir ko‘ylakning M va L o‘lchami alohida kartochka bo‘lib turadi, shuning uchun qoldiq ham, savdo ham, yorliq ham razmer bilan ko‘rinadi.

7 kun bepul sinab ko‘ringTo‘lov kartasi shart emas
Bosib ko’ring

Kiyim do’koni kassasi — ochib ko’ring

Kirimda razmer katagi chiqadi: har razmer alohida kartochka bo’ladi, shuning uchun M dan nechta, L dan nechta qolgani aniq ko’rinadi.

  • Razmer alohida maydonda
  • Har razmer — alohida kartochka
  • Chiplar bilan saralaysiz
Ekranni bosib ko’ring
9:41
Kassa
Ko’ylak oq / M
qoldiq: 7 dona
180 000 so’m
Ko’ylak oq / L
qoldiq: 3 dona
180 000 so’m
Shim jinsi / 32
qoldiq: 5 dona
260 000 so’m
Savat 1
Jami620 000 so’m
NaqdKartaQarzga
Sotuvni yakunlash
Mahsulot nomi
Ko’ylak oq
Razmerixtiyoriy
M
Qancha keldi (dona)
10
Kirim narxi (1 dona)
120 000
Sotuv narxi (1 dona)
180 000
Kirimni saqlash
Asosiy
Bugungi savdo
842 000 so‘m
Sof foyda
210 ming
Sotuv
37
Qarzga
120 ming
Qarzdorlar
1,2 mln
Qarzim
380 ming
Sof balans
820 ming
Eslatma
Postavshik
Hisobot
Xarajatlar
Ombor
AI yordamchi
Ombor
Coca-Cola 1.5L
14 000 so‘m
23 dona
Non
4 000 so‘m
40 dona
Choy Ahmad 100g
22 000 so‘m
12 dona
Guruch Lazer 1 kg
18 000 so‘m
31 dona
Paxta yog‘i 1 l
24 000 so‘m
17 dona
Makaron 400g
9 500 so‘m
54 dona
Shakar 1 kg
12 000 so‘m
3 dona
Guruch Lazer 1 kg
18 000 so‘m
4 dona
Sut 1 l
Srok: 2 kun qoldi
9 dona
Tvorog 250g
Srok: 5 kun qoldi
6 dona
AI yordamchi
Bugungi savdo va foyda qancha?
Telegramga yubor
Kim qarzdor va kim kechiktiryapti?
Nima tugayapti, nima buyurtma qilay?
Telegramga yubor
Savdoni hisoblayapman...
Kim qarzdor?Nima buyurtma qilay?Qaysi tovar yotib qolgan?
Savolingizni yozing...
Mijozlar
Aziz aka
+998 90 123 45 67
420 000 so‘m
Dilnoza opa
+998 93 555 12 34
85 000 so‘m
Bek aka
telefon kiritilmagan
150 000 so‘m
Nodira opa
+998 91 777 08 22
0 so‘m
Sardor aka
+998 94 210 33 15
260 000 so‘m
Malika opa
+998 99 604 77 41
45 000 so‘m
Qarz yozish
Bosing va gapiring
Masalan: “Karim akaga 120 ming so‘m, shanbagacha”
0so‘m
Mijoz ismi
Karim aka
Qarzdor telefoni
+998 90 123 45 67
Muddatixtiyoriy
kk.oo.yyyy
Izohixtiyoriy
Qarz yozish
Profil
Balans150 000 so‘m · 12 kun
Do‘kon ma’lumotlari
TilO‘zbekcha (lotin)
Karta raqami•••• 9012
Skaner ovoziKod o‘qilganda “bip” chiqadi.
Chek printeri80 mm
Yorliq printeri40×30 mm
Kechki hisobot22:00
Xodimlar (sotuvchilar)

Razmer bo‘yicha qoldiq: M dan nechta, L dan nechta

Bir xil ko‘ylakning har o‘lchami o‘z kartochkasida turadi. Razmerni tayyor tugmalardan (XS, S, M, L, XL, XXL, 3XL) bir bosishda qo‘yasiz yoki 42, 104 sm deb o‘zingiz yozasiz — shim va bolalar kiyimi uchun shunisi qulay.

Har razmer — alohida kartochka

M va L bitta qatorga qo‘shilib ketmaydi. Ombordagi son aynan o‘sha razmerning qoldig‘ini ko‘rsatadi.

Razmer chiplari bilan saralash

Ombor ekranining tepasida razmerlar chip bo‘lib turadi, har birining yonida nechtaligi yozilgan — bosasiz, faqat o‘shalari qoladi.

Kam qolgan razmer omborda ko‘rinadi

Har kartochkaga “kam qoldi” chegarasi qo‘yiladi — kiyim do‘konida standart 2 ta, xohlasangiz o‘zingiznikini yozasiz. Qoldiq shundan pastga tushsa son bosh sahifada ham, omborda ham sariq bo‘lib chiqadi; razmer esa ombor ro‘yxatida nom ostida yozilib turadi, bosh sahifada faqat tovar nomi ko‘rinadi.

Rang uchun alohida maydon yo‘q — ochiq aytamiz

Tovar kartochkasida razmer bor, rang esa yo‘q. Shuning uchun rangni tovar nomiga yozasiz: “Ko‘ylak oq M”, “Ko‘ylak qora M”. Bunda har rang o‘z kartochkasi bo‘ladi va qoldiq ham shunga qarab yuritiladi, qidiruv esa nom bo‘yicha ishlaydi.

Razmer yozilgan yorliq va o‘z shtrix-kodingiz

Bozordan kelgan kiyimda ko‘pincha zavod kodi bo‘lmaydi. Bir bosishda tovarga do‘konning o‘z kodi yasaladi — u “20” bilan boshlanadi va hech qachon zavod kodi bilan chalkashmaydi. Shu zahoti yorliq chop etiladi: nom va kod bilan birga razmer ham yirik qilib bosiladi — javondagi bir xil ko‘ylaklarni aynan shu ajratib turadi. Yorliq o‘lchamlari va printer — shtrix-kod va yorliq qo‘llanmasida.

Poyabzal do‘koni ham shu turda ishlaydi

Poyabzal do‘koni ham kiyim turida ishlaydi: «juft» birligi bor, har razmer (masalan 41 va 42) alohida kartochka bo‘ladi va qoldiq razmer bo‘yicha ko‘rinadi. Rang uchun alohida maydon yo‘q — kerak bo‘lsa rang nomga yoziladi («Krossovka, qora»).

Sotuv, qaytarish va razmer almashtirish

Kassada yorliqni telefon kamerasi o‘qiydi: bazada bor va qoldig‘i yetadigan tovar savatga o‘zi tushadi, skaner esa ochiq qoladi — tovarlarni ketma-ket tutaverasiz. Omborda borichadan ko‘p qo‘shib bo‘lmaydi, yetishmayotgan tovar darhol aytiladi.

01

Skanerlab sotasiz

Ekran pastida savat nomi, nechta xil tovar borligi va umumiy summa ko‘rinib turadi. Kod bazada topilmasa skaner yopiladi va kodni tovarga biriktirish taklif qilinadi.

02

Kiyinish xonasidagi mijoz kutib qolmaydi

Bir vaqtda 8 tagacha savat ochiq turadi va har biriga nom berasiz — birinchi mijoz o‘ylab turganda ikkinchisiniki yakunlanadi. Savatlar telefonda saqlanadi, boshqa bo‘limga o‘tib qaytsangiz ham joyida turadi.

03

To‘lov: naqd, karta yoki qarz

Har bir to‘lov alohida yozib boriladi — kunlik hisobotdagi naqd va karta raqamlari shundan chiqadi. Qarzga sotish alohida ruxsat: ruxsati yo‘q sotuvchi faqat naqd va karta bilan sotadi.

04

Razmer to‘g‘ri kelmasa

Qaytarish chek qidirishdan emas, tovarni skanerlashdan boshlanadi: o‘sha tovar sotilgan oxirgi sotuvlar chiqadi, eng oxirgisi o‘zi tanlab qo‘yiladi, qancha pul qaytishi darhol ko‘rinadi. Tovar omborga qaytadi — keyin mijozga kerakli razmerni sotasiz.

Mavsum oxiri: chegirma bittalab yoki hammasiga birdan

Qish tugadi, kurtkalarni tushirish kerak. Tovarga chegirma foizini qo‘yasiz va eski narx chizilgan holda ko‘rinib turadi. Bir necha tovarni belgilab, hammasiga bir bosishda chegirma qo‘yib yuborsangiz ham bo‘ladi — eng ko‘pi 90% gacha.

Inventarizatsiya va kunlik hisobot

Javonni sanab chiqishda buyumlarni birkasidan ketma-ket skanerlaysiz, skaner har safar yopilmaydi. Tekshirilgani serverda saqlanadi — ekrandan chiqib ketsangiz ham, boshqa telefondan davom etsangiz ham qayerda to‘xtagan bo‘lsangiz o‘sha yerdan davom etadi. Oxirida farq chiqqan tovarlar ro‘yxati ko‘rsatiladi va qoldiq to‘g‘rilanadi — inventarizatsiya qo‘llanmasi.

Kiyim va poyabzal do‘koni uchun narx

Narxni do‘kon turi belgilaydi va u shu turdagi hamma do‘kon uchun bir xil. Bu turda AI yordamchiga berilgan savol uchun alohida pul yechilmaydi. Hamma turlarning narxi va narx ichiga nima kirishi — narxlar sahifasida, boshqa dasturlar qancha so‘rashi esa do‘kon dasturlari narxi tadqiqotida.

BuySaleBiz
Narx
8 000 so‘m/kun — 30 kunga 240 000 so‘m
Narxga nima kiradi

Hisob kunlik, oylik shartnoma yo‘q; xodim, kassa va tovar soni uchun ustiga to‘lov qo‘shilmaydi; sozlash 0 so‘m; 7 kun bepul. Fiskal kassa emas.

Yuqoridagi raqam shu do‘kon turi uchun amaldagi narx. Boshqa dasturlarning e’lon qilingan narxlari «Do‘kon dasturlari narxi» sahifasida manba havolasi va tekshirilgan sanasi bilan yig‘ilgan.

Kiyim do‘konchilari so‘raydigan savollar

Bir ko‘ylakning M va L o‘lchamini qanday hisoblayman?

Har o‘lcham alohida kartochka bo‘ladi, ya’ni “Ko‘ylak M” va “Ko‘ylak L” — ikki tovar. Shuning uchun qaysi razmerdan nechta qolgani aniq ko‘rinadi, ombor tepasidagi razmer chiplari bilan esa faqat kerakli o‘lchamni ajratib olasiz.

Rangni qayerga yozaman?

Rang uchun alohida maydon yo‘q — buni ochiq aytamiz. Rangni nomga yozasiz: “Ko‘ylak oq M”, “Ko‘ylak qora M”. Har rang shu tariqa o‘z kartochkasi va o‘z qoldig‘iga ega bo‘ladi, lekin ranglar bo‘yicha tayyor filtr yoki hisobot chiqmaydi.

Bozordan kelgan kiyimda shtrix-kod yo‘q. Nima qilaman?

Bir bosishda do‘konning o‘z kodi yasaladi va darhol yorliq chop etiladi — yorliqda razmer ham yirik qilib bosiladi. Yorliq chiqishi uchun tovarda kod bo‘lishi shart, shuning uchun ilova uni o‘zi yasab beradi; keyin o‘sha kod bilan sotuv ham, qaytarish ham, inventarizatsiya ham skanerlab bajariladi.

Sotuvchi o‘zicha chegirma berib yuborsa-chi?

Buni o‘zingiz hal qilasiz. Narxni dastur tovar kartochkasidagi chegirma bo‘yicha hisoblaydi va chegirma qo‘yish alohida ruxsat. Kassada savdolashish — xaridorga kelishilgan jamini yozib narxni tushirish — ham o‘z ruxsati bilan: u «Menejer»dan boshqa tayyor to‘plamlarda yo‘q va berilgan chegirma har savdoda yozilib qoladi. Kirim narxini ko‘rish ham alohida: ruxsati yo‘q xodimga tannarx va foyda umuman yuborilmaydi.

Katta partiya kelsa, kirimni tezroq qilsa bo‘ladimi?

Ha. Nakladnoy yoki daftarni yordamchiga surat qilib yuborsangiz, u qatorlarni o‘qib tayyor ro‘yxat qiladi (bir suratdan ko‘pi bilan 40 qator). Ro‘yxat omborga o‘zi tushmaydi: har qatorni ko‘rib, kerak bo‘lsa tuzatib, “Tasdiqlash” bosganingizdan keyingina kirim bo‘ladi. Alohida tovarning yorlig‘ini suratga olsangiz esa nom, kod, sotuv narxi va razmer o‘z katagiga tushadi — nom ustidan yoziladi, qolgan kataklardan faqat bo‘shlari to‘ladi.

Internetsiz ishlaydimi, Telegram shartmi?

Android va Windows ilovalari internetsiz 7 kungacha ishlaydi, brauzerdagi veb-versiya esa internet bilan. Telegram ham kerak bo‘ladi — ilovaga kirish kodi faqat Telegram bot orqali keladi, kechki hisobot va inventarizatsiyani qaytadan boshlash uchun tasdiq kodi ham o‘sha yerga tushadi. Xodimlar esa do‘kon raqami va o‘zining 4 xonali PIN-kodi bilan kiradi.

Bog‘liq sahifalar

BuySale

Bugun sinab ko‘ring, ertaga farqni ko‘rasiz.

7 kun bepul, to‘lov kartasi so‘ralmaydi. Keyin kuniga 6 630 so‘mdan — do‘kon turiga qarab.

Bepul boshlash