BuySale — O‘zbekistondagi kichik do‘konlar uchun dastur. Kassa, ombor, nasiya daftari, kunlik hisobot va AI yordamchi bitta ilovada turadi va hammasi telefonda ishlaydi — kompyuter shart emas. BuySale fiskal chek bermaydi: u fiskal kassangiz yonida ishlaydi.
Do‘konchining kuni beshta ishga bo‘linadi: sotuv, ombor, nasiya, hisob-kitob va xodim nazorati. BuySale shu beshtasini bitta ilovaga yig‘adi — daftar ham, alohida Excel fayl ham kerak bo‘lmaydi. Hamma bo‘limlar ro‘yxati — imkoniyatlar sahifasida.
BuySale kichik do‘konlar uchun yozilgan: egasining o‘zi turadigan yoki bir-ikki sotuvchi ishlaydigan do‘konlar uchun. Ro‘yxatdan o‘tayotganda do‘kon turini tanlaysiz — ilovada to‘qqizta tur bor — va dastur o‘sha turga moslashadi: o‘lchov birliklari, tovar kartochkasidagi maydonlar va yorliq shunga qarab o‘zgaradi. Zargarlik, parfumeriya va oziq-ovqat do‘konlari uchun alohida sozlangan qismlar bor — quyida shularni ko‘rsatamiz. Xizmat butun O‘zbekiston bo‘ylab onlayn ishlaydi, o‘rnatuvchi kelishi shart emas.
Har buyum o‘z kartochkasida turadi: proba, massa, o‘lcham va vstavka alohida yoziladi, narx gramm narxidan o‘zi hisoblanadi, birka QR kod bilan chiqadi.
Har bir flakon shtrix-kod bo‘yicha hisobda turadi, millilitr birligi bor, yaroqlilik muddati so‘raladi va kam qolgan tovar ogohlantiradi.
Tez savdo uchun skaner ochiq turadi; ilovada tarozi raqami berilgan tovarning yorlig‘i og‘irligi bilan o‘qiladi, srogi yaqin va kam qolgan tovarlar esa alohida ro‘yxat bo‘lib chiqadi.
BuySale telefon brauzerida ochiladi, Telegram botning ichida ham ishlaydi, Android ilovasini esa kirish ekranidagi tugmadan yuklab olasiz. iPhone uchun alohida ilova yo‘q — Safari’da ochib, ekranga qo‘shib qo‘yasiz.
Tovar, mijoz, qarz, savdo va hisobot do‘koningizga bog‘langan holda saqlanadi — boshqa do‘kon ularni ko‘ra olmaydi. Balans, xodimlar ro‘yxati va do‘kon kartasi esa faqat egaga ochiq, xodimga hech qanday ruxsat bilan ham berilmaydi.
Masalan, BuySale chiqaradigan chek fiskal (soliq) cheki emas, brauzerdagi veb-versiya esa internetsiz ishlamaydi. Buni saytda ochiq aytamiz — keyin ko‘ngilsizlik bo‘lgandan ko‘ra shunisi yaxshi.
Tarif tanlab o‘tirmaysiz: balansingizdan kuniga bir marta, xizmat ochiq turgan har kun uchun yechiladi. Balansda bir kunlikdan kam pul qolsa ham navbatdagi kun ochiladi — yetmagan qismi minus (qarz) bo‘lib qoladi va keyingi to‘ldirishdan birinchi yopiladi. Balans nolda yoki minusda bo‘lsa yangi savdo va kirim yozilmaydi, bu kunlar uchun pul olinmaydi, ma’lumotingiz esa joyida qoladi va pul tushishi bilan hammasi qaytadan ochiladi.
Ilovaga raqamingizni terasiz, bir martalik kod Telegram bot orqali keladi va besh daqiqa amal qiladi. Kod SMS bilan yuborilmaydi, shuning uchun Telegram kerak bo‘ladi.
Kod tasdiqlanishi bilan do‘kon ochiladi: nomi, egasining ismi, do‘kon turi va til to‘ldiriladi. Ariza yozib, tasdiqni kutib o‘tirilmaydi.
Bu muddatda hamma bo‘lim ochiq turadi va kunlik to‘lov yechilmaydi. Yoqsa davom etasiz, yoqmasa to‘xtatasiz — ma’lumotingiz saqlanib qoladi (faqat 6 oy na to‘lov, na kirish bo‘lmasa, oldindan ogohlantirib o‘chirilishi mumkin).
Savol chiqsa yozing — do‘konchining ishi kutib turmaydi, shuni bilamiz. Hamma bog‘lanish yo‘llari — aloqa sahifasida, hammuassislarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqamlari — rahbariyat sahifasida.
BuySale — do‘kon dasturi: telefonda kassa, ombor hisobi, nasiya daftari, kunlik foyda hisoboti va AI yordamchi bitta ilovada. O‘zbekistondagi kichik do‘konlar uchun qilingan: ro‘yxatdan o‘tayotganda do‘kon turini tanlaysiz va ilova o‘sha turga moslashadi.
Yo‘q. Tovar, mijoz, qarz, savdo va hisobot do‘kon raqamingizga bog‘lab saqlanadi, boshqa do‘kon ularga chiqa olmaydi. AI yordamchi ham faqat o‘z do‘koningiz ma’lumotini o‘qiydi — qaysi do‘kon ekanini so‘rov matnidan emas, serverning o‘zi belgilaydi.
Kirish uchun ha: bir martalik kod faqat Telegram bot orqali keladi, SMS yuborilmaydi. Kechki hisobot, xodim kirgani haqidagi xabar va balans ogohlantirishi ham Telegram orqali boradi. Sotuvchi esa do‘kon raqami va o‘z 4 xonali PIN-kodi bilan kiradi, unga Telegram kerak emas.
Android va Windows ilovalari — ha, 7 kungacha: sotuv, qarz, to‘lov, xarajat, kirim va qaytarish navbatga yoziladi va aloqa qaytgach serverga o‘zi yuboriladi. Brauzerdagi veb-versiya esa internet bilan ishlaydi — mobil internet yoki Wi-Fi yetarli.
Android ilovasini kirish ekranidagi tugmadan yuklab olasiz — Play Market’da hozircha yo‘q, yangilanishlar esa ilovaning o‘zida keladi. iPhone uchun alohida ilova yo‘q: Safari’da ochib, «Ekranga qo‘shish» qilsangiz, telefonda alohida ikonka paydo bo‘ladi va ilovadek ishlaydi.
Balansni ilovaning o‘zida to‘ldirasiz: «Profil» → «Balans» bo‘limida summani kiritasiz va Rahmat to‘lov sahifasida to‘laysiz. U yerda Uzcard va Humo kartalari bilan to‘lash mumkin, Visa va Mastercard kartalari bilan to‘lash imkoni yo‘q; boshqa to‘lov usullari — Rahmat sahifasining o‘zi ko‘rsatadiganlari. Summaga 1% to‘lov komissiyasi qo‘shiladi va to‘lashdan oldin ko‘rsatiladi; pul to‘lov tasdiqlanishi bilan balansga o‘zi tushadi.
Do‘koningizga mos keladimi yoki yo‘qmi — buni bir kunlik savdoda bilib olasiz. Ilovaga telefon raqamingiz bilan kiring va 7 kun bepul ishlatib ko‘ring; yoqmasa to‘xtatasiz, ma’lumotingiz esa joyida qolaveradi.
7 kun bepul, to‘lov kartasi so‘ralmaydi. Keyin kuniga 6 630 so‘mdan — do‘kon turiga qarab.
Bepul boshlashBuySale — O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxs. Quyidagi ma’lumotlar ommaviy ofertada ham keltirilgan.
| To‘liq nomi | "BUYSALE" mas’uliyati cheklangan jamiyati |
|---|---|
| STIR | 313346068 |
| Davlat ro‘yxati | 2026-yil 18-sentabrda 3356593-raqam bilan Xorazm viloyati Urganch shahri davlat xizmatlari markazi tomonidan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan |
| Yuridik manzil | Xorazm viloyati, Urganch shahri, Tozabog’ MFY, Obodlik ko’chasi, 27-uy, 11-xonadon |
| Rahbar | Direktor Abdullayev Akbar Alisherovich |
| Bank | Hisob raqami: 20208000907540085001, "Hamkorbank" ATB Urganch shahri filiali |
| Elektron pochta | [email protected] |
BuySale rahbariyati: hammuassislar Abdullayev Akbar Alisherovich va Nazarov Kamronbek Rasulovich. To‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish uchun telefon raqamlari.
Batafsil →BuySale bilan bog‘lanish: +998 91 267 06 06, texnik yordam +998 93 922 88 89, Telegram @abdullaew_a yoki raqamingizni qoldiring — o‘zimiz qo‘ng‘iroq qilamiz. 7 kun bepul.
Batafsil →BuySale imkoniyatlari: telefonda kassa va shtrix-kod, ombor hisobi, nasiya daftari, kunlik foyda hisoboti va AI yordamchi. Har biri alohida sahifada batafsil.
Batafsil →BuySale’dagi haqiqiy o‘zgarishlar sanasi bilan: yangi imkoniyatlar, kassa, ombor va AI’dagi yangilanishlar. Faqat ishlab turgan narsa yoziladi.
Batafsil →BuySale yordamchisi
Sayt ma’lumotlari asosida javob beradi
AI xato qilishi mumkin — muhim savolni Telegram orqali aniqlang.
Javob yozilmoqda