Tovar kirimi: skaner, yorliq surati va nakladnoy

Kirim — kelgan tovarni omborga yozish, keyingi hamma hisob esa shunga tayanadi: qoldiq, tannarx, foyda. Bu qo‘llanmada ta’minotchi mashinasi kelgandan «Kirimni saqlash» tugmasigacha bo‘lgan yo‘l: skaner, markaziy katalog, yorliq surati, ko‘p qatorli nakladnoy, srok va partiya.

7 kun bepul sinashTo‘lov kartasi so‘ralmaydi

Qisqa javob

BuySale’da kirim kassa ekranidagi «Tovar kirimi» bo‘limida qilinadi. Qutidagi zavod kodini skanerlaysiz: tovar omboringizda bo‘lsa, uning nomi, birligi va narxlari ochiladi; markaziy katalogda bo‘lsa, nomi va bo‘limi o‘zi to‘ladi (katalogda 1 700 dan ortiq tasdiqlangan tovar, 2026-yil 3-oktabr holatiga). Siz miqdor va narxni yozib, «Kirimni saqlash» ni bosasiz — qoldiq o‘sha zahoti ko‘payadi.

Ko‘p qatorli nakladnoyni AI yordamchi suratdan ro‘yxat qiladi, lekin omborga faqat siz har qatorni tekshirib tasdiqlagach tushadi.

Tovar kelganda: avval sanab oling

Skanerlaganda uch xil natija

Kodni telefon kamerasi yoki kompyuterga ulangan USB skaner o‘qiydi — kursor qaysi maydonda turganidan qat’i nazar, kod kod maydoniga tushadi.

Tovar omboringizda bor

Nomi, birligi va oxirgi narxlari ochiladi, ostida «Shu tovarga qo‘shiladi — yangi partiya» chiqadi. Siz kelgan miqdorni va o‘zgargan bo‘lsa yangi narxni yozasiz.

Markaziy katalogda bor

Nomi va bo‘limi o‘zi to‘ladi, forma hali bo‘sh bo‘lsa birligi ham, va «Katalogdan olindi» belgisi chiqadi. Katalogda narx yo‘q: narx va miqdor har doim sizniki.

Katalogda yo‘q

Nomni yorliq suratidan o‘qitasiz yoki o‘zingiz yozasiz. Ba’zan kod bo‘yicha faqat nomi to‘ladi — uni tekshirib, kerak bo‘lsa tuzating.

«Qancha keldi» va «Narx nechtasiga»

Ikki savol alohida so‘raladi, chunki javoblari ham alohida: qancha kelgani — ombor birligida, narx — qaysi miqdor uchun aytilganida.

Misol: 10 kg semichka keldi, hammasiga 1 200 000 so‘m to‘ladingiz, 100 grami 15 000 dan sotasiz. «Qancha keldi» — 10, birlik — kg, «Narx nechtasiga» — 100 g, «Jami to‘landi» — 1 200 000, sotuv narxi — 15 000. Ilova 100 g ning kirim narxini (12 000) va foydani o‘zi chiqaradi.

Yorliq suratidan to‘ldirish

Nom maydoni yonidagi kamera tugmasi yorliqni suratga oladi va AI kataklarni to‘ldiradi. Qadamlari ombor sahifasida yozilgan; kirim uchun muhimi — quyidagi uch narsa.

Ko‘p qatorli nakladnoy: suratdan ro‘yxat

01

Suratni AI’ga yuboring

AI bo‘limida kamera bilan nakladnoy yoki daftar sahifasini suratga olasiz. Bitta ro‘yxatga eng ko‘pi 40 qator sig‘adi.

02

Har qatorni tekshiring

Qatorda nom, miqdor, birlik, kirim va sotuv narxi, srok va kod. Omborda bor tovar «omborda bor» deb belgilanadi. Yordamchiga o‘qiy olmagan joyni taxmin qilmay, bo‘sh qoldirish buyurilgan — bo‘sh kataklarni siz to‘ldirasiz.

03

Tasdiqlang

«Tasdiqlash va omborga qo‘shish» bosilmaguncha omborga hech narsa tushmaydi. Tasdiqlangach har tovarning qoldig‘i ko‘payadi.

Srok va partiya

Do‘kon turiga qarab qo‘shimcha maydonlar

Zargarlik

Proba, massa, o‘lcham va vstavka. Har buyum alohida kartochka; sotuv narxi massa va probaning gramm narxidan taklif qilinadi, birkaga QR chiziladi.

Telefon do‘koni

IMEI va kafolat muddati (oyda). Bitta IMEI ikki apparatga yozilmaydi; IMEI keyingi apparatga o‘tib ketmasligi uchun har saqlashdan keyin maydon tozalanadi.

Kiyim do‘koni

Razmer — tovarning bir qismi: bir modelning M va L o‘lchami alohida kartochka bo‘ladi va qaysi o‘lchamdan nechta qolgani ko‘rinib turadi.

Oziq-ovqat

Srok, kilogramm va qop. Tarozida sotiladigan tovarga keyin tarozi raqami beriladi — tarozi yorlig‘i qo‘llanmasi.

Saqlash va yorliq

Kirim nima qilmaydi

Tovar kirimi haqida savollar

Shtrix-kodsiz tovarni qanday kirim qilaman?

Kod maydoni majburiy emas: nomini yozib saqlaysiz. Keyin kassada skaner bilan sotish uchun kod maydonidagi «+» bilan do‘konning o‘z kodini yasang va yorliq chop eting.

Bir tovar ikki xil narxda kelsa nima bo‘ladi?

Har kirim alohida partiya, o‘z kirim narxi bilan. Sotuvda tannarx yechilgan partiyadan olinadi, shuning uchun foyda ikkala narxda ham to‘g‘ri hisoblanadi. Kartochkadagi kirim va sotuv narxi esa oxirgi kirimdagiga yangilanadi.

Katalogda tovarim topilmasa-chi?

Nomni yorliq suratidan o‘qiting yoki yozing — kirim baribir saqlanadi. Katalogga yozuvlarni administrator tekshirib qo‘shadi; tasdiqlanmagan yozuv do‘konga ko‘rinmaydi.

Kirim narxini sotuvchidan yashirsa bo‘ladimi?

Ha: «Kirim narxini ko‘rish» ruxsati berilmagan xodim kirim narxini ko‘rmaydi. Ruxsatlar — xodim huquqlari qo‘llanmasida.

Nakladnoyda 60 qator bo‘lsa-chi?

Bitta ro‘yxatga eng ko‘pi 40 qator sig‘adi. Uzun nakladnoyni ikki qismga bo‘lib, ketma-ket yuboring — har qism alohida ro‘yxat bo‘lib tekshiriladi va tasdiqlanadi.

Kompyuterda kirim qilsa bo‘ladimi?

Ha: ilova brauzerda ham ochiladi, kompyuterga USB skaner ulasangiz kod kod maydoniga o‘zi tushadi. Ko‘p tovarli kirimni katta ekranda qilish qulayroq.

Tayyorladi: BuySale jamoasi · Tekshirildi: 04.10.2026 · Xato topsangiz, Telegram’da bizga yozing

Bog‘liq sahifalar

BuySale

Birinchi kirimni bugun qiling

7 kun bepul, to‘lov kartasi so‘ralmaydi. Keyin kuniga 6 630 so‘mdan — do‘kon turiga qarab.

Bepul boshlash