Do‘konchilar eng ko‘p so‘raydigan savollar — mavzular bo‘yicha. Javoblar aniq: mahsulotda yo‘q narsani “bor” demaymiz, har javob tagida esa batafsil sahifa turadi.
Narx do‘kon turiga qarab belgilanadi: Oziq-ovqat, mini market — 6 630 so‘m/kun, Telefon do‘koni — 6 630 so‘m/kun, Xo‘jalik mollari — 6 630 so‘m/kun, Zargarlik / oltin do‘koni — 6 666 so‘m/kun, Parfumeriya do‘koni — 6 666 so‘m/kun, Qurilish mollari do‘koni — 7 000 so‘m/kun, Kiyim do‘koni — 8 000 so‘m/kun, Dorixona — 10 000 so‘m/kun; ro‘yxatda yo‘q tur uchun «Boshqa» — 6 630 so‘m/kun. Hisob kunlik yuritiladi, ya'ni 6 630 so‘m/kunlik tarif 30 kunga 198 900 so‘m chiqadi. Avval 7 kun bepul, to‘lov kartasi so‘ralmaydi.
Yo‘q. To‘lov kartasi so‘ralmaydi, shuning uchun hech narsa o‘zi yechilmaydi. 7 kunlik sinovdan keyin balansni o‘zingiz to‘ldirasiz va har kuni undan bir kunlik narx yechiladi; balans tugab xizmat to‘xtasa, to‘xtab turgan kunlar uchun pul olinmaydi. Narxlar va hisob tartibi — narxlar sahifasida.
Yo‘q. 7 kun bepul sinov bor, undan keyin do‘kon turiga qarab kunlik to‘lov boshlanadi. Buning o‘rniga hamma imkoniyat ochiq turadi: qo‘shimcha modul, sozlash haqi va har bir xodim uchun alohida to‘lov yo‘q. Bepul dasturlar nimasi bilan bepul ekani — alohida taqqoslashda.
AI yordamchi kunlik narx ichida, alohida modul sifatida sotilmaydi. Faqat zargarlik va parfumeriya turlarida AI savoli (100 so‘m) va yorliqdan o‘qish (10 so‘m) alohida yechiladi. Bu so‘rovlar sinov muddatida ham yechiladi. Kuniga beriladigan savollar sonida chegara bor. Undan nima so‘rash mumkinligi — AI yordamchi sahifasida.
Alohida ro‘yxatdan o‘tish shart emas: filiallar asosiy do‘kon kabinetidan ochiladi va hammasi bitta balansdan to‘lanadi — har bir ochiq filial uchun kuniga 6 630 so‘m qo‘shiladi. Har filialning o‘z ombori, kassasi va xodimlari bor; kechki Telegram hisobotida asosiy do‘kon, har filial va jami birga keladi. Barcha filiallarni bitta ekranda jamlaydigan hisobot ilovada hozircha yo‘q. Batafsil — filiallar sahifasida.
Yo‘q. Istalgan payt to‘xtatishingiz mumkin, ma’lumotingiz saqlanib qoladi va qaytib kelsangiz o‘sha joyidan davom etasiz. Bitta istisno bor: xizmat to‘xtagach 6 oy davomida balans ham to‘ldirilmasa, hisobga ham kirilmasa, hisob o‘chirilishi mumkin — bu haqda kamida 30 kun oldin ogohlantiramiz.
Yo‘q. app.buysale.uz ni ochasiz, telefon raqamingizni yozasiz va Telegram’ga kelgan kod bilan kirasiz — do‘kon o‘sha zahoti ochiladi. Dastur butun O‘zbekiston bo‘ylab onlayn ishlaydi, o‘rnatish ham, sozlash ham bepul. Qadamlar — qanday boshlash qo‘llanmasida.
Do‘kon egasiga Telegram kerak: kirish kodi faqat @buysalerpbot orqali keladi, SMS yuborilmaydi, kechki hisobot ham shu yerga keladi. Xodimlar esa do‘kon raqami va 4 xonali PIN bilan kiradi — ularga Telegram shart emas.
Ha. Ilova o‘zbekcha (lotin), o‘zbekcha (kirill) va ruscha ishlaydi, tilni Profil bo‘limida istalgan payt almashtirasiz.
Kundalik ish uch-to‘rt ekrandan iborat: kassa, kirim, qarz yozish va hisobot. Ilovaning o‘zida «O‘qitish» bo‘limi bor — bo‘limlarni namuna ma’lumot bilan ko‘rsatib beradi va hech narsani saqlamaydi. Savol chiqsa, Telegram’da yozasiz yoki qo‘ng‘iroq qilasiz — aloqa sahifasi.
Ha. Eski qarzlarni «Qarz yozish» ekranidan bir o‘tirishda kiritasiz: ism, telefon, summa, to‘lash muddati va nima olgani. Bir gap bilan ham bo‘ladi — «Karim akaga 120 ming shanbagacha» desangiz, ism, summa va muddat o‘zi ajratib olinadi. Keyingi qarzlar esa kassaning o‘zida yoziladi — nasiyani to‘g‘ri yuritish qo‘llanmasi.
Bo‘ladi, lekin avtomatik ko‘chirish yo‘q: tovarlar katalogdan, yorliq suratidan va skaner bilan kiritiladi, qarzlar esa qo‘lda. Ko‘pchilik eng ko‘p sotiladigan tovarlardan boshlab, qolganini sotuv jarayonida qo‘shib boradi. Tartibi — boshqa dasturdan o‘tish sahifasida.
Ha. BuySale telefon brauzerida ishlaydi, Android va Windows uchun ilovalari ham bor — ular internetsiz 7 kungacha ishlaydi. Shtrix-kodni telefon kamerasi o‘qiydi — alohida skaner shart emas. Chek va yorliq kerak bo‘lsa, telefon yoki kompyuterga ulangan printerdan chop etish oynasi orqali chiqadi.
Telefon kamerasi EAN-13, EAN-8, UPC-A, UPC-E, Code-128, Code-39 va QR kodlarni o‘qiydi. Markirovkadagi Data Matrix, yashikdagi ITF-14 va PDF417 o‘qilmaydi. To‘liq ro‘yxat va maslahatlar — telefon skaneri sahifasida.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘q: BuySale’da ESC/POS ham, Bluetooth bilan o‘z aloqasi ham yo‘q — chek va yorliq brauzerning chop etish oynasi orqali chiqadi. Printeringiz telefon yoki kompyuterda printer bo‘lib ko‘rinsa, chek o‘sha oynadan chiqadi. Sozlash — chek printeri qo‘llanmasida.
Ha, ruxsat bo‘lsa. «Kassada savdolashish» alohida ruxsat: sotuvchi kelishilgan jamini so‘mda yozadi, chegirma savatdagi tovarlarga bo‘linadi va foyda shu narxdan hisoblanadi. Bu ruxsat «Menejer»dan boshqa tayyor to‘plamlarda yo‘q — siz bermaguningizcha sotuvchi narxni tushira olmaydi.
Yo‘q. BuySale bank terminaliga, UZCARD/HUMO protsessingiga va QR to‘lov tizimlariga ulanmagan: summani terminalga o‘zi yubormaydi va pul tushganini o‘zi bilmaydi. Pulni terminal yoki QR ilovasi qabul qiladi, BuySale’da esa sotuvni «Karta» to‘lov turi bilan yakunlaysiz — hisobotda u naqddan alohida turadi. Batafsil — kassa sahifasida.
Har tovarga «kam qoldi» chegarasi qo‘yiladi — do‘kon turiga qarab o‘zi yoki o‘zingiz yozgancha. Qoldiq undan pastga tushsa, tovar bosh sahifada va omborda alohida ko‘rinadi, kam qolganlardan esa ta’minotchiga buyurtma ro‘yxati tuziladi. Zargarlik va telefon do‘konida bu ro‘yxat yo‘q — u yerda har buyum yakka.
Ha, srok yuritiladigan turlarda — oziq-ovqat, dorixona, parfumeriya va «Boshqa»: har kirim o‘z srogi bilan alohida partiya bo‘ladi, sotuvda srogi erta tugaydigani birinchi yechiladi. Srogiga bir hafta va undan kam qolganlar bosh sahifada ro‘yxat bo‘lib chiqadi. Batafsil — ombor hisobi sahifasida.
Bor — «Telefon» turida. Har apparat IMEI raqami bilan kirimga yoziladi, bitta IMEI ikki apparatga yozilmaydi, chekda esa IMEI va kafolat muddati chiqadi. «Kafolat» ekranida IMEI ni terasiz yoki skanerlaysiz: apparat qachon sotilgani, kafolatiga necha kun qolgani va sotuvda mijoz tanlangan bo‘lsa — kimga sotilgani ko‘rinadi. Batafsil — telefon do‘konida IMEI va kafolat.
Ko‘pincha yo‘q. Markaziy katalogda 1 700 dan ortiq tasdiqlangan tovar bor (2026-yil 3-oktabr holatiga): kirimda zavod kodini skanerlasangiz, tovar katalogda bo‘lsa nomi va bo‘limi o‘zi to‘ladi. Topilmasa, yorliqni suratga olib to‘ldirasiz yoki nomini o‘zingiz yozasiz — shtrix-kod qo‘llanmasi.
Ha. Javondagi tovarni birkasidan ketma-ket skanerlaysiz, sanoq serverda saqlanadi — to‘xtab, boshqa telefondan davom etsa bo‘ladi. Oxirida farq chiqqan tovarlar ro‘yxati chiqadi va qoldiq shu bo‘yicha to‘g‘rilanadi. Tartibi — inventarizatsiya qo‘llanmasida.
Yo‘q, fayldan import (Excel yoki CSV) yo‘q — buni oldindan aytamiz. Teskarisi bor: butun omborni bir bosishda .xlsx fayl qilib yuklab olasiz. Ro‘yxatni tez kiritish yo‘llari — Excel va daftardan o‘tish sahifasida.
Ha. Nasiya (qarz) daftarida har bir qarz mijoz, summa va muddat bilan saqlanadi, muddati o‘tganlar bosh ekranda alohida ko‘rinadi. Mijoz qisman to‘lasa, qolgan qarz o‘zi hisoblanadi — alohida qarz daftari ilovasi kerak emas. Mijozga SMS yoki qo‘ng‘iroq o‘zi ketmaydi: dastur kimga eslatish kerakligi ro‘yxatini tayyorlab beradi.
Yo‘q. SMS xizmati ham, qo‘ng‘iroq xizmati ham ulanmagan: dastur kimga, qachon va nima deb eslatish kerakligi ro‘yxatini tayyorlaydi, qo‘ng‘iroqni o‘zingiz qilasiz. Qarz eslatmasi Telegram orqali ham yuborilmaydi. Qarzni yig‘ish tartibi — nasiyani yuritish qo‘llanmasida. Eslatish uchun tayyor matnlar — qarzni undirish sahifasida.
Ha, agar u do‘kon bergan havola orqali Telegram botga ulansa: botda «Xaridlarim» va «Qarzim» tugmalari bor, qarz qatnashgan sotuvdan keyin chek unga o‘zi boradi. Bu «men buncha olmagandim» degan tortishuvni kamaytiradi. Batafsil — nasiya daftari sahifasida.
Ha. Qarzga sotish, qarzlarni ko‘rish, qarz yozish va to‘lov qabul qilish — to‘rttasi alohida ruxsat. Ruxsati yo‘q sotuvchi faqat naqd va karta bilan sotadi. Batafsil — xodim huquqlari qo‘llanmasida.
Ha, bu alohida bo‘lim: qaysi ta’minotchiga qancha, nima uchun va qachongacha. To‘lov yozilsa qoldiq kamayadi, bosh sahifada esa «menga qarzdor» va «men qarzdorman» yonma-yon turadi. Batafsil — postavshiklarga qarz sahifasida.
Har bir xodimga ruxsatni alohida berasiz. «Faqat kassa», «Sotuvchi» va «Katta sotuvchi» tayyor to‘plamlarida narxni o‘zgartirish, kirim narxini (tannarxni) ko‘rish va hisobotlar yo‘q — o‘zingiz ataylab yoqmaguningizcha xodim ularni ko‘rmaydi. Balans va xodimlar ro‘yxati esa faqat do‘kon egasida qoladi. Batafsil — xodim huquqlari qo‘llanmasida.
Dastur kassada qancha pul bo‘lishi kerakligini hisoblaydi: boshlang‘ich pul + naqd savdo + qarz to‘lovlari − naqd qaytarishlar − xarajatlar. Smena yopilganda sanalgan pul bilan farq darhol ko‘rinadi va kim yopgani bilan tarixda qoladi. Batafsil — sotuvchi nazorati sahifasida.
Yo‘q. Xodim o‘z telefonida «Xodim sifatida kirish»ni bosib, do‘kon raqami va siz bergan 4 xonali PIN bilan kiradi. U kirganda Telegram’ingizga xabar keladi — xohlasangiz bu xabarni o‘chirib qo‘yasiz. Xodim qo‘shish uchun alohida to‘lov yo‘q: narx sotuvchilar soniga emas, do‘kon turiga bog‘liq.
Android va Windows ilovalari internetsiz 7 kungacha ishlaydi: sotuv, qarz va to‘lovlar navbatga yoziladi va aloqa qaytgach serverga o‘zi yuboriladi. Brauzerdagi veb-versiya esa internet bilan ishlaydi. Aloqa uzilganda do‘konda nima qilish kerakligi — alohida sahifada.
Ha, brauzer orqali: Safari’da app.buysale.uz ni ochib «Bosh ekranga qo‘shish»ni tanlasangiz, alohida ikonka bo‘lib ilovadek ochiladi. App Store’da alohida ilova yo‘q. Qanday qilinishi — dasturlar sahifasida.
Ishlaydi: Chrome yoki Edge orqali BuySale alohida oyna bo‘lib o‘rnatiladi, alohida o‘rnatuvchi fayl kerak emas. Kompyuterda USB shtrix-kod skaneri ham ishlaydi, katta ekranda esa hisobot va ombor bilan ishlash qulay.
Telegram — BuySale bilan aloqa yo‘li: kirish kodi, kechki hisobot va balans tugayotgani haqidagi ogohlantirish @buysalerpbot botga keladi, mijoz esa do‘kon havolasi orqali o‘z qarzini shu botda ko‘radi. Bu Telegram’dagi internet-do‘kon emas — xaridor uchun katalog va buyurtma yo‘q. Kechki hisobot haqida — hisobot sahifasida. Bot nima qiladi va nima qilmaydi — Telegram orqali hisob sahifasida.
Har bir do‘konning ma’lumoti alohida saqlanadi va faqat o‘sha do‘konga tegishli hisoblardan ko‘rinadi. Ma’lumot serverda saqlanadi, telefon yo‘qolsa ham yo‘qolmaydi.
Yo‘q. BuySale fiskal chek bermaydi va soliq tizimiga ulanmagan — chiqadigan chek oddiy hisob varaqasi. Fiskal kassangiz avvalgidek ishlayveradi, BuySale esa yonida turib qoldiq, foyda va nasiyani hisoblab boradi. Qaysi kassa qonun bo‘yicha kerakligi — kassa apparati kerakmi sahifasida.
Yo‘q. Fiskal chek faqat onlayn-NKM yoki virtual kassadan chiqadi; BuySale ularga ulanmagan va ularning o‘rnini bosmaydi — yonida turib tovar, foyda va nasiyani hisoblaydi. Farqi — KKM va dastur farqi sahifasida.
Yo‘q. BuySale davlat tizimlariga hech narsa yubormaydi va soliq hisobotini tuzmaydi. Sotuvlar va xarajatlar ro‘yxatini tanlangan davr bo‘yicha CSV fayl qilib yuklab olasiz va buxgalterga berasiz — fayl vergul bilan ajratilgan, Google Sheets’da yoki Excel’ning «Ma’lumotlar → Matn/CSV dan» oynasida ochiladi. Batafsil — hisobot sahifasida.
Yo‘q. Skaner markirovkadagi Data Matrix kodini o‘qimaydi va BuySale Asl belgisi tizimiga ulanmagan — dastur davlat tizimlariga hech narsa yubormaydi. Bunday tovarni BuySale’da qadoqdagi oddiy shtrix-kod (EAN yoki UPC) bilan yuritasiz, u bo‘lmasa do‘konning o‘z kodini yasab, yorliq chop etasiz. Qaysi tovaringiz majburiy markirovkaga tushishini soliq organidan (soliq.uz) yoki buxgalteringizdan aniqlang — markirovka va MXIK haqida.
BuySale narxi do‘kon turiga qarab: 6 630 so‘m/kundan boshlanadi, 30 kunga 198 900 so‘m. 7 kun bepul, sozlash haqi yo‘q.
Batafsil →Kassa apparati kerakmi: onlayn-NKM, virtual kassa, terminal va do‘kon dasturi farqi, rasmiy hujjatda nima deyilgan, nimani so‘rash va BuySale qayerda turadi.
Batafsil →BuySale’ning Android va Windows ilovasi internetsiz 7 kungacha ishlaydi: sotuv navbatga yoziladi va aloqa qaytgach yuboriladi. Brauzer versiyasi esa internet talab qiladi — u holda nima qilish kerak.
Batafsil →BuySale’ni yuklab olish: Android uchun APK, Windows uchun dastur, iPhone’da bosh ekranga qo‘shish. Internetsiz ham ishlaydi, o‘zi yangilanadi. Play Market shart emas, o‘rnatish bepul.
Batafsil →Do‘kon atamalari oddiy tilda: nasiya, POS, onlayn-NKM, virtual kassa, fiskal chek, MXIK, markirovka, EAN-13, PLU, inventarizatsiya, ustama, sof foyda.
Batafsil →
7 kun bepul, to‘lov kartasi so‘ralmaydi. Keyin kuniga 6 630 so‘mdan — do‘kon turiga qarab.
Bepul boshlashBuySale yordamchisi
Sayt ma’lumotlari asosida javob beradi
AI xato qilishi mumkin — muhim savolni Telegram orqali aniqlang.
Javob yozilmoqda