Bir marta reklama emas — 12 oy davomida daromad

Havolangiz orqali kelgan har bir do‘kon to‘lagan obunaning 50% gachasi sizga (foiz shartnomada alohida belgilanadi) — o‘sha do‘konning birinchi to‘lovidan boshlab 12 oy davomida. Har kim hamkor bo‘lishi mumkin: do‘kon egalarini taniysizmi — shuning o‘zi yetadi.

Ariza qoldirish50% gacha · 12 oy · rasmiy shartnoma

Qancha olishingiz mumkin

Taxminiy hisob

Oyiga994 500 so‘mgacha
12 oyda11 934 000 so‘mgacha

Kafolatlangan daromad emas, soliqlardan oldin. Mukofot — har bir do‘kon amalda to‘lagan summaning shartnomadagi foizi (50% gacha), birinchi to‘lovidan 12 oy davomida. Standart tarif — 198 900 so‘m/oy (kuniga 6 630 so‘m).

12 oy davomida jami (taxmin)

12 oyda jami: 11 934 000 so‘m

Ustunlar — oyma-oy yig‘ilib boradigan summa. «Har oy teng qo‘shilsa» — do‘konlar soni 12 oy davomida bir tekis o‘sib boradi deb hisoblanadi.

Qanday ishlaydi

  1. 01

    Ariza qoldirasiz

    Pastdagi forma orqali — bir daqiqa.

  2. 02

    Shartnoma onlayn imzolanadi

    Shaxsiy kabinetda: tasdiq kodi va chizilgan imzo bilan. Pasport yoki ID-karta ma’lumotlari hujjat suratidan avtomatik o‘qiladi — qo‘lda terish shart emas; surat sizning qurilmangizda (brauzerda) o‘qiladi va tashqi xizmatlarga yuborilmaydi.

  3. 03

    Shaxsiy havola va QR kod

    Ularni do‘kon egalariga ulashasiz.

  4. 04

    Mijoz to‘laydi — mukofot har oy

    Har bir to‘lovdan 50% gacha, 12 oy davomida, oyiga bir marta to‘lanadi.

Do‘kon sizga qanday biriktiriladi

  1. Havola yoki QR kodDo‘kon egasi sizning shaxsiy havolangizni bosadi yoki QR kodni skanerlaydi.
  2. buysale.uz saytiHavolangiz 30 kun eslab qolinadi — sayt ichida qayerga o‘tmasin, birga yuradi.
  3. IlovaVeb-ilova (app.buysale.uz) yoki telefon ilovasi.VebHavola manzil bilan birga uzatiladiAndroidGoogle Play — o‘rnatish manbasi (Install Referrer); APK — yuklab olgan qurilma IP bo‘yicha moslanadi
  4. Ro‘yxatdan o‘tishDo‘kon ochiladi va sizga biriktiriladi.✓ Sizga biriktirildi

Bir nechta havola bosilgan bo‘lsa — ro‘yxatdan o‘tishdan oldingi 30 kun ichidagi oxirgisi hisoblanadi. Biriktirilgan do‘kon boshqa hamkorga o‘tmaydi.

Nimaga ega bo‘lasiz

app.buysale.uzNamuna ma’lumot
BuySaleHamkor kabinetiBosh sahifaMijozlarimHavolamShartnomam

Salom, Aziz

Keyingi to‘lov1 250 000 so‘m
Bosishlar340
Ro‘yxatdan o‘tganlar12
To‘lov qilganlar5
Hisoblangan9 200 000
Oylik mukofot
Kabinetning ko‘rinishi. Raqamlar — namuna, haqiqiy hamkor ma’lumoti emas.

Shartnoma va elektron imzo

  1. ParolKabinetga kirish uchun o‘zingiz parol qo‘yasiz.
  2. Ma’lumotlarPasport yoki ID-karta surati brauzerning o‘zida o‘qiladi — tashqi xizmatga yuborilmaydi. Xato bo‘lsa, qo‘lda tuzatasiz.
  3. Shartnoma matniTo‘liq matnni oxirigacha o‘qib chiqasiz: foiz, muddat va qoidalar shu yerda.
  4. Tasdiq kodiImzodan oldin kod bilan tasdiqlaysiz.
  5. ImzoBarmoq yoki sichqoncha bilan imzo chizasiz.
  6. TayyorImzolangan nusxa kabinetda turadi, uni yuklab olasiz.

Asosiy qoidalar (shartnomadan)

Savollar

Kim hamkor bo‘la oladi?

18 yoshga to‘lgan har kim. Maxsus talab yo‘q — do‘kon egalariga BuySale’ni tavsiya qila olsangiz kifoya.

Do‘kon menga qanday biriktiriladi?

Do‘kon egasi havolangiz yoki QR kodingiz orqali kirsa, Android ilovasini Google Play’dagi havolangizdan o‘rnatsa yoki havolangizdan ilovani yuklab olgan qurilmasidan ro‘yxatdan o‘tsa (bunda IP manzil bo‘yicha moslik tekshiriladi), u sizga biriktiriladi. Havola bosilganidan keyin 30 kun ichida ro‘yxatdan o‘tishi kerak; biriktirilgan do‘kon boshqa hamkorga o‘tkazilmaydi.

Foiz qancha bo‘ladi?

Foiz har bir hamkor bilan shartnomada alohida belgilanadi, eng ko‘pi — 50%. Aniq foiz shartnomangizda yoziladi.

12 oy qachondan hisoblanadi?

Har bir do‘kon uchun alohida — uning birinchi muvaffaqiyatli to‘lovi sanasidan. 12 oy tugagach, shu do‘kon bo‘yicha mukofot to‘xtaydi.

Do‘kon bir oy to‘lamasa-chi?

O‘sha oy uchun mukofot bo‘lmaydi. Do‘kon to‘lovni tiklasa va 12 oylik muddat tugamagan bo‘lsa, keyingi to‘lovlardan mukofot davom etadi.

Daromad kafolatlanganmi?

Yo‘q. Mukofot faqat siz olib kelgan do‘konlar amalda to‘lagan summadan hisoblanadi. Kalkulyator — taxmin, soliqdan oldin.

Pul qanday to‘lanadi?

Oyiga bir marta, shartnomada ko‘rsatilgan bank hisobingizga. Oylik summa shartnomadagi minimaldan kam bo‘lsa, keyingi oyga o‘tadi.

Shartnomani bekor qilsa bo‘ladimi?

Ha, istalgan tomon 15 kalendar kun oldin ogohlantirib bekor qiladi; qolgan mukofot qoldiq miqdoridan qat’i nazar to‘lanadi.

Ariza

Ariza qoldirish

Ariza bepul va hech narsaga majburlamaydi. Ko‘rib chiqib, siz bilan bog‘lanamiz va shartnomani shaxsiy kabinetga yuboramiz.

Raqamingiz faqat shu ariza uchun ishlatiladi.