Ustama kirim narxidan, marja esa sotuv narxidan hisoblanadi. 10 000 so‘mga olingan tovarga 25% ustama qo‘ysangiz, sotuv narxi 12 500 so‘m bo‘ladi, marja esa 20%. Quyidagi kalkulyator sotuv narxini, ustama va marjani, oylik sof foydani va QQSni hisoblaydi.
To‘rtta hisob — har biri alohida. Raqamni o‘zgartirsangiz, natija darhol yangilanadi.
Ikkalasi ham bir xil foydani o‘lchaydi, faqat boshqa narxga bo‘lib. Shuning uchun bitta tovarning ustamasi doim marjasidan katta.
| Ustama | Marja | 10 000 so‘mlik tovar narxi | Bir donadan foyda |
|---|---|---|---|
| 10% | 9,1% | 11 000 so‘m | 1 000 so‘m |
| 15% | 13% | 11 500 so‘m | 1 500 so‘m |
| 20% | 16,7% | 12 000 so‘m | 2 000 so‘m |
| 25% | 20% | 12 500 so‘m | 2 500 so‘m |
| 30% | 23,1% | 13 000 so‘m | 3 000 so‘m |
| 40% | 28,6% | 14 000 so‘m | 4 000 so‘m |
| 50% | 33,3% | 15 000 so‘m | 5 000 so‘m |
| 100% | 50% | 20 000 so‘m | 10 000 so‘m |
Raqamlar yuqoridagi formulalar bilan hisoblangan; marja bir xonagacha yaxlitlangan.
Ustama — hali cho‘ntakdagi pul emas. Undan ijara, ish haqi, svet va soliq chiqadi.
Misol: do‘kon kuniga o‘rtacha 2 000 000 so‘mlik savdo qiladi, o‘rtacha ustama 25%. Marja 20%, ya’ni har 100 000 so‘m savdodan 20 000 so‘m yalpi foyda qoladi. 30 kunda savdo 60 000 000 so‘m, yalpi foyda 12 000 000 so‘m.
Oylik xarajat 7 000 000 so‘m bo‘lsa, sof foyda 5 000 000 so‘m. Xarajatni qoplash uchun esa kuniga kamida 1 166 667 so‘mlik savdo kerak — bu zararsizlik nuqtasi: savdo undan past bo‘lgan oy zararda yopiladi.
Ikki xato ko‘p uchraydi: ustamani marja deb o‘ylash (25% ustama — 25% foyda emas, 20%) va xarajatni hisobga olmaslik. Xarajatlarni qanday yuritish — xarajatlar sahifasida, har kungi foyda hisobi — hisobot sahifasida.
QQS to‘lovchi bo‘lmasangiz, ta’minotchi narxidagi QQS — oddiy xarajat: kirim narxini to‘liq summada yozasiz va kalkulyator to‘g‘ri hisoblaydi.
QQS to‘lovchi bo‘lsangiz, ikkala narxni bir xil holatda kiriting — ikkalasini ham QQS bilan yoki ikkalasini ham QQSsiz. Stavka bir xil bo‘lsa, ustama va marja foizi o‘zgarmaydi. Lekin narxlar orasidagi farq ichida QQS ham bor va uni byudjetga to‘laysiz: sizga qoladigan foyda — QQSsiz farq. Masalan, 12% stavkada 112 000 so‘mning ichida 12 000 so‘m QQS bor.
2026-yil holatiga standart stavka 12%, lekin ayrim korxonalar uchun boshqa stavka yoki boshqa soliq rejimi bo‘lishi mumkin. Qaysi rejimdaligingizni buxgalteringizdan yoki soliq.uz dan aniqlang — bu sahifa soliq maslahati emas.
Kalkulyator bitta tovarni o‘ylab ko‘rish uchun. Kundalik ishda esa raqamlarni dastur yig‘adi.
Kirim va sotuv narxini yozishingiz bilan bir birlikdan va butun partiyadan foyda chiqadi. Sotuv narxi kirimdan past bo‘lsa, qator qizil bo‘lib ogohlantiradi.
AI yordamchi nakladnoy suratidan kirim ro‘yxatini tayyorlaganda ikkala narxi bor har qatorda ustama foizi turadi — qaysi tovarni arzon qo‘yganingiz darrov ko‘rinadi.
Har sotuvda sotuv narxidan kirim narxi ayriladi, qaytarishlar va yozilgan xarajatlar chiqariladi — hisobotda bugungi, 7 va 30 kunlik yoki o‘zingiz tanlagan oraliqdagi sof foyda turadi.
Telegram ulangan bo‘lsa, kechqurun savdo, foyda va xarajat o‘zi keladi — soatini 18:00 dan 23:00 gacha o‘zingiz tanlaysiz.
Sotuv narxini siz yozasiz; xohlasangiz, AI yordamchi bo‘lim yoki nom bo‘yicha tanlangan tovarlarga «tannarx + X%» narxini tayyorlaydi va siz tasdiqlagach qo‘yadi. Foydani dastur hisoblaydi: har sotuvda o‘sha paytda yechilgan partiyaning kirim narxi sotuvga yozib qo‘yiladi, shuning uchun kirim narxi keyin o‘zgarsa ham o‘tgan kunlar foydasi o‘zgarmaydi. Ro‘yxatni Excel’da yuritayotgan bo‘lsangiz, tovarlar shablonida ustama ustuni ham bor.
Sotuv narxidan kirim narxini ayirib, kirim narxiga bo‘lasiz va 100 ga ko‘paytirasiz. 10 000 so‘mga olib 12 500 so‘mga sotsangiz: (12 500 − 10 000) ÷ 10 000 × 100 = 25%.
Marja — o‘sha foyda, faqat sotuv narxiga bo‘linadi: 2 500 ÷ 12 500 × 100 = 20%. Shuning uchun ustama doim marjadan katta: 25% ustama — 20% marja, 100% ustama — 50% marja.
23,1%. Formula: ustama ÷ (100 + ustama) × 100 = 30 ÷ 130 × 100. Teskarisi: marja ÷ (100 − marja) × 100.
Yuqoriga — 100 yoki 500 so‘mgacha. Pastga yaxlitlansa, foyda kamayadi. Kalkulyatordagi «Yaxlitlash» shuni qiladi va yaxlitlangandan keyingi haqiqiy ustama va marjani ko‘rsatadi.
Savdodan tovarning kirim narxi ayriladi — bu yalpi foyda. Undan ijara, ish haqi, svet kabi xarajatlar va soliq ayrilsa, sof foyda qoladi. BuySale hisobotida u bugun, 7 va 30 kun yoki tanlangan oraliq bo‘yicha o‘zi chiqadi.
Ikkala narx bir xil stavkadagi QQS bilan (yoki ikkalasi QQSsiz) kiritilsa, ustama va marja foizi o‘zgarmaydi. QQS to‘lovchi bo‘lsangiz, foydangiz QQSsiz farq bo‘ladi; QQS to‘lovchi bo‘lmasangiz, ta’minotchi narxidagi QQS — xarajatingizning bir qismi.
Ombor va tovar hisobi telefonda: qoldiq va kirim, srok va partiya, kam qolgan tovar, inventarizatsiya va Excel’ga yuklab olish. Excel’dan import yo‘q.
Batafsil →Tovar kirimi telefonda: zavod kodini skanerlang — katalogda bo‘lsa nomi va bo‘limi o‘zi to‘ladi. Yorliq yoki nakladnoy suratidan ro‘yxat, srok va partiya.
Batafsil →Tovarni qarzga olsangiz, kimga qancha qarz qolgani yoziladi: har postavshik bo‘yicha qarz, to‘lash muddati, qisman to‘lov va jami «qarzim» bosh sahifada.
Batafsil →Telefonda kassa dasturi: shtrix-kodni kamera o‘qiydi, naqd, karta va qarzga sotish, 58/80 mm chek, smena hisobi. Fiskal chek bermaydi. 7 kun bepul.
Batafsil →
7 kun bepul, to‘lov kartasi so‘ralmaydi. Keyin kuniga 6 630 so‘mdan — do‘kon turiga qarab. Kirim va sotuv narxini bir marta yozasiz — har sotuvdan foyda, xarajat va sof foyda hisobotga o‘zi tushadi.
Bepul boshlashBuySale yordamchisi
Sayt ma’lumotlari asosida javob beradi
AI xato qilishi mumkin — muhim savolni Telegram orqali aniqlang.
Javob yozilmoqda