Xodimlar KPI: kim qancha sotdi, rejaga yetdimi, bonusi qancha

Oy oxirida sotuvchiga bonus berish uchun daftar varaqlash shart emas. «Xodimlar KPI» ekranida har xodimning oy davomidagi sof savdosi, cheklari, qaytarishi va smenadagi kamomadi turadi, siz qo‘ygan oylik reja va bonus shartlari bo‘yicha esa bonus summasi o‘zi hisoblanadi. Ekranni faqat do‘kon egasi ko‘radi.

7 kun bepul sinashTo‘lov kartasi shart emas

Qisqa javob

Xodimlar KPI ekrani: xodimlar, reja bajarilishi va bonusXodimlar KPI ekrani: xodimlar, reja bajarilishi va bonusYangi dizayn
Xodimlar KPI ekrani: xodimlar, reja bajarilishi va bonusAvvalgi dizayn
Xodimlar KPIOy bo‘yicha har xodimning sof savdosi, reja bajarilishi va bonusi; tepada — jami.
Bitta xodimning KPI ko‘rsatkichlari va oylik rejaBitta xodimning KPI ko‘rsatkichlari va oylik rejaYangi dizayn
Bitta xodimning KPI ko‘rsatkichlari va oylik rejaAvvalgi dizayn
Xodim va rejasiCheklar, o‘rtacha chek, qaytarish, smenadagi kamomad va sur’at; reja va bonus shartlari shu yerda qo‘yiladi.
Savdo tarixi: har chekda sotuvchi ismi va sotuvchi bo‘yicha filtrSavdo tarixi: har chekda sotuvchi ismi va sotuvchi bo‘yicha filtrYangi dizayn
Savdo tarixi: har chekda sotuvchi ismi va sotuvchi bo‘yicha filtrAvvalgi dizayn
Savdo tarixiKassa → Tarix: har chekda kim sotgani, tepada sotuvchi bo‘yicha saralash.
Kassadagi «Mening rejam» qatoriKassadagi «Mening rejam» qatoriYangi dizayn
Kassadagi «Mening rejam» qatoriAvvalgi dizayn
Sotuvchining rejasiXodimning kassasida «Mening rejam»: oy boshidan qancha sotgani va rejaning necha foizi bajarilgani.

Suratlar namoyish do‘konidan olingan: ulardagi tovar nomlari, xodimlar va summalar o‘ylab topilgan. Ekranning ko‘rinishi esa aynan shunday.

Nimani o‘lchaydi

Raqamlar «Hisobotlar» bilan bir xil hisoblanadi: bitta oy uchun xodimlar qatorlari (do‘kon egasi qatori bilan) jamlansa, do‘konning umumiy savdosi chiqadi.

Sof savdo

Savdo minus qaytarish. Qaytarish tovarni SOTGAN xodimdan, qaytarilgan kuni ayriladi — uni boshqa odam rasmiylashtirgan bo‘lsa ham.

Cheklar

Cheklar soni va o‘rtacha chek, chekdagi satrlar va sotilgan dona, to‘lov turlari (naqd, karta, qarz) hamda kassada tushirib berilgan chegirma.

Smena

Nechta smena ochdi va yopdi. Kamomad va ortiqcha smenani OCHGAN xodimga yoziladi; boshqalar ham sotgan umumiy smenalar alohida belgilanadi.

Ishlagan kunlar

Sotuv, qaytarish, smena yoki PIN bilan kirish bo‘lgan kunlar soni va oxirgi faollik.

Yalpi foyda (faqat egada)

Xodim bo‘yicha foyda. Ayrim tovarlarning kirim narxi yozilmagan bo‘lsa, ilova foyda ko‘p ko‘rinishi mumkinligini ogohlantiradi. Bonus foydadan emas, sof savdodan hisoblanadi.

Do‘kon egasi

PIN-kodsiz, do‘kon egasi hisobidan qilingan savdolar alohida «Do‘kon egasi» qatori bo‘lib turadi — reja va bonussiz.

Reja va bonus qanday hisoblanadi

Har xodimga uchta qiymat qo‘yasiz: oylik reja (sof savdo, so‘m), savdodan bonus foizi va reja bajarilsa qo‘shimcha bonus (so‘m). Bonus = sof savdo × foiz + reja bajarilgan bo‘lsa qo‘shimcha bonus.

Masalan: reja 30 000 000 so‘m, savdodan 1%, reja bajarilsa +500 000 so‘m. Xodim oyda 32 000 000 so‘m sof savdo qilsa, bonusi 320 000 + 500 000 = 820 000 so‘m. 28 000 000 so‘m bo‘lsa — 280 000 so‘m, qo‘shimcha bonussiz.

  • Reja joriy oydan boshlab amal qiladi va keyingi oylarga o‘tadi. Faqat joriy oyning rejasi o‘zgartiriladi — o‘tgan oylar va ularning bonusi o‘zgarmaydi.
  • Rejasiz ham bo‘ladi: faqat foiz qo‘ysangiz, xodim kartochkasida «Rejasiz: savdodan N% bonus» deb turadi. Qo‘shimcha bonus esa faqat oylik reja kiritilganda qo‘yiladi.
  • Joriy oy uchun sur’at ko‘rinadi: bugungacha kutilgan summa, rejadan oldinda yoki orqada ekani va oy oxiriga prognoz.
  • Bonus hech qachon manfiy bo‘lmaydi: oyda qaytarish savdodan ko‘p bo‘lsa, bonus 0.
  • Reja va bonus shartlarini faqat do‘kon egasi qo‘yadi; har xodimning reja tarixi saqlanadi.

Savdo tarixida kim sotgani

Xodim nimani ko‘radi

Filiallarda

KPI har filialda o‘sha filial xodimlari bo‘yicha hisoblanadi: filial xodimlarining rejasi va bonusini ko‘rish uchun ega o‘sha filialga o‘tadi. Barcha filiallar bo‘yicha umumiy KPI yo‘q. Filiallar qanday ishlashi — filiallar sahifasida.

Bu bo‘lim nima QILMAYDI

Rostini oldindan aytamiz — keyin “shunaqa deb o‘ylagandim” degan gap chiqmasin.

KPI haqida savollar

Xodim o‘z KPI’sini ko‘radimi?

KPI ekranini emas. Unga oylik reja qo‘yilgan bo‘lsa, kassasida «Mening rejam» qatori turadi: oy boshidan sof savdo, reja foizi va reja bajarilganda bonus summasi. Boshqa xodimlarning reja va bonusi unga ko‘rinmaydi.

Bonus ish haqiga avtomatik qo‘shiladimi?

Yo‘q. Dastur bonus summasini hisoblab beradi, xolos: pul to‘lanmaydi va xarajatga yozilmaydi. Bonusni to‘lasangiz, uni «Ish haqi» xarajati qilib o‘zingiz yozasiz — shunda sof foyda to‘g‘ri chiqadi.

Qaytarish kimning savdosidan ayriladi?

Tovarni sotgan xodimning — qaytarilgan kuni. Qaytarishni boshqa odam rasmiylashtirgan bo‘lsa ham pul sotuvchidan ayriladi, rasmiylashtirgan odamda esa «Qaytarishni rasmiylashtirdi» soni ko‘rinadi. O‘tgan oy sotilgan tovar bu oy qaytarilsa, bu oyning sof savdosi kamayadi, o‘tgan oy o‘zgarmaydi.

Rejani oy o‘rtasida o‘zgartirsam nima bo‘ladi?

Yangi reja va shartlar joriy oy uchun darhol amal qiladi va keyingi oylarga o‘tadi. O‘tgan oylar o‘zgarmaydi. Rejani o‘chirsangiz, shu oydan boshlab reja va bonus hisoblanmaydi.

Ikki sotuvchi bitta smenada ishlasa-chi?

Har savdo uni kiritgan hisobga (PIN-kodga) yoziladi, shuning uchun savdo aralashmaydi. Smenadagi kamomad yoki ortiqcha esa smenani ochgan xodimga yoziladi, smena «umumiy» deb belgilanadi — buni ko‘rib, o‘zingiz qaror qilasiz.

Hisobotlardagi «kim qancha sotdi» bilan farqi nima?

Raqamlar bir xil hisoblanadi — bir xil davr uchun ikkalasi bir xil chiqadi. KPI ekrani ustiga reja, bonus, sur’at, smenadagi kamomad va ishlagan kunlarni qo‘shadi. Umumiy hisobotlar — hisobot va foyda sahifasida.

Bog‘liq sahifalar

BuySale

Rejani qo‘ying — bonus o‘zi hisoblansin

7 kun bepul, to‘lov kartasi so‘ralmaydi. Keyin kuniga 6 630 so‘mdan — do‘kon turiga qarab; xodim soni uchun qo‘shimcha to‘lov yo‘q.

Bepul boshlash