Sotuvchini nazorat qilish

“Kassir aldayaptimi?”, “do‘konda o‘g‘irlik bormi?” — bunday savolga taxmin emas, raqam javob berishi kerak. BuySale kamera qo‘ymaydi: u har bir savdoni, qaytarishni va kassadagi pulni yozib boradi, sotuvchiga esa faqat siz bergan ruxsatni ochadi.

7 kun bepul sinashTo‘lov kartasi shart emas

Nazorat ekranlari — ilovaning o‘zidan

Smena hisobi, xodimlar ro‘yxati va “kim qancha sotdi” — telefonda shunday ko‘rinadi.

Smena ekrani: kassadagi kutilayotgan pul hisobiSmena ekrani: kassadagi kutilayotgan pul hisobiYangi dizayn
Smena ekrani: kassadagi kutilayotgan pul hisobiAvvalgi dizayn
SmenaKassada bo‘lishi kerak bo‘lgan pul qatorma-qator ochib berilgan.
Xodimlar ekrani: sotuvchilar ro‘yxati va ruxsatlar soniXodimlar ekrani: sotuvchilar ro‘yxati va ruxsatlar soniYangi dizayn
Xodimlar ekrani: sotuvchilar ro‘yxati va ruxsatlar soniAvvalgi dizayn
XodimlarSotuvchilar, ularning PIN-kodi va nechta ruxsati borligi.
Hisobot ekrani: savdo, yalpi foyda, xarajat va sof foyda raqamlariHisobot ekrani: savdo, yalpi foyda, xarajat va sof foyda raqamlariYangi dizayn
Hisobot ekrani: savdo, yalpi foyda, xarajat va sof foyda raqamlariAvvalgi dizayn
HisobotlarSavdo, yalpi foyda, xarajat va sof foyda. Pastida to‘lov turlari va kim qancha sotgani.

Suratlar namoyish do‘konidan olingan: ulardagi tovar nomlari, mijozlar va summalar o‘ylab topilgan. Haqiqiy do‘kon ekranida mijozlarning ismi va qarzi turadi, shuning uchun ularni saytga qo‘ymaymiz. Ekranning ko‘rinishi esa aynan shunday.

Kassadagi pul kun oxirida bir marta tekshiriladi

Smena — sotuvchi bilan orangizdagi eng oddiy hisob-kitob: ish boshida kassada qancha pul bor edi, kun oxirida qancha bo‘lishi kerak va qancha chiqdi. Kassa kamomadi aynan shu yerda ko‘rinadi, kim qancha sotgani esa hisobotda.

01

Sotuvchi smenani ochadi

Ish boshida kassadagi pulni yozadi. Smena kassa ekranining tepasidagi qatordan ochiladi — alohida bo‘lim qidirish shart emas.

02

Hisob kun bo‘yi yurib turadi

O‘sha qatorda kassada hozir qancha pul bo‘lishi kerakligi turadi: har naqd savdo, qarz to‘lovi, naqd qaytarish va xarajat shu raqamni o‘zgartiradi.

03

Kun oxirida pul sanaladi

Sotuvchi sanagan summasini yozadi, dastur farqni darhol ko‘rsatadi; farq bo‘lsa sababini yozib qo‘yish uchun joy ochiladi.

04

Farq tarixda qoladi

Yopilgan smenalar ro‘yxatida kim yopgani, nechta savdo bo‘lgani, sanalgan pul va farq izohi bilan saqlanadi. Ro‘yxatni hisobot ruxsati bor odam ko‘radi.

Boshlang‘ich pul
Qayerdan olinadi
Smena ochilganda sotuvchi yozadi
Kassaga

+

Naqd savdo
Qayerdan olinadi
Sotuvlarning naqd qismi
Kassaga

+

Qarz to‘lovlari
Qayerdan olinadi
Kun davomida qabul qilingan to‘lovlar
Kassaga

+

Naqd qaytarishlar
Qayerdan olinadi
Puli naqd qaytarilgan tovarlar
Kassaga

−

Xarajatlar
Qayerdan olinadi
Smena ichida kassadan yozilgan xarajat
Kassaga

−

Kutilgan summa
Qayerdan olinadi
Yuqoridagilarning yig‘indisi
Kassaga

=

Har qator alohida ko‘rinib turadi, ya’ni raqam qayerdan chiqqani ochiq. Bitta narsani bilib qo‘ying: qarz to‘lovi ham, xarajat ham naqd deb olinadi — kartadan to‘langan xarajat smena yopishda farq bo‘lib chiqadi.

Kim qancha sotdi — bahs emas, raqam

Har bir yozuv qaysi hisobdan kiritilgani bilan saqlanadi. Shuning uchun oy oxirida “men ko‘proq sotgandim” degan bahs qolmaydi. Oylik reja va bonusni esa xodimlar KPI ekrani o‘zi hisoblaydi.

Sotuvchi nimani ko‘rmaydi va nimaga tegolmaydi

Nazorat — faqat tekshirish emas, imkoniyatni kamaytirish ham. Har bir ruxsat alohida katakcha bilan belgilanadi, tayyor to‘plamlar ham bor: kassir, sotuvchi, katta sotuvchi va menejer. Ruxsat ekranda yashirilibgina qolmaydi — serverning o‘zi ham tekshiradi.

Kirim narxi (tannarx)

Ruxsati yo‘q xodimga tannarx ham, foyda ham umuman yuborilmaydi: tovar kartochkasida ham, yuklab olingan Excel faylida ham chiqmaydi.

Narx va chegirma

Narxga tegish — alohida ruxsat. Kassada savdolashish (kelishilgan jamini yozib narxni tushirish) ham o‘z ruxsati bilan: u «Menejer»dan boshqa tayyor to‘plamlarda yo‘q va berilgan chegirma har savdoda yozilib qoladi — ruxsatlar ro‘yxati.

Hisobotlar

Hisobot ruxsati berilmagan xodim tushum, foyda, xarajat va yopilgan smenalar tarixini ko‘rmaydi.

Qarzga sotish va qaytarish

Ikkovi ikki xil ruxsat. Berilmasa xodim faqat naqd va karta bilan sotadi, tovarni o‘zi qaytarib ololmaydi.

Faqat egada qoladigani

Xodimlar ro‘yxati, PIN-kodlar, balans va taklif kodi xodimga hech qanday ruxsat bilan ham ochilmaydi. Ruxsatni olib qo‘ysangiz, keyingi bosishdayoq to‘xtaydi.

Qoldiqdan ortiq sotish

Savatga omborda borichadan ko‘p qo‘shib bo‘lmaydi. Sozlamada ruxsat berilgan do‘konda esa ilova avval “baribir sotilsinmi?” deb so‘raydi.

Nima QILMAYDI — buni ham aytib qo‘yamiz

Ko‘p dastur jim o‘tadigan joy. Nazoratning chegarasi bor va uni bilib turganingiz ma’qul.

Bu kamera emas

BuySale sotuvchini kuzatmaydi — u faqat ilovaga kiritilgan ishni yozadi. Kassaga urilmagan savdoni hech bir dastur ko‘rmaydi, shu sabab smena va qoldiq sanog‘i muhim.

Batafsil →

Umumiy o‘zgarishlar tarixi yo‘q

Har yozuv kim tomonidan yaratilgani saqlanadi, lekin “kim narxni o‘zgartirdi, kim tovarni o‘chirdi” degan umumiy tarix ekrani yo‘q; xarajatni kim yozgani ham ekranda ko‘rsatilmaydi.

PIN maxfiy emas

Xodimning 4 xonali PIN-kodi do‘kon egasining ekranida ochiq ko‘rinadi — u qat’iy imzo emas, ishni ajratish uchun qulaylik. Noto‘g‘ri PIN ketma-ket terilsa kirish vaqtincha bloklanadi va egaga Telegram’ga xabar boradi.

Smena majburiy emas

Smena ochilmasa ham sotuv, qaytarish va xarajat yoziladi, faqat ular smenaga bog‘lanmaydi. Smena o‘zi yopilmaydi, bir do‘konda esa bir vaqtda bitta smena ochiq bo‘ladi — ikki kassa uchun alohida hisob yo‘q.

Do‘konchilar shu haqda so‘raydi

Sotuvchi kassadan pul olsa, dastur buni ko‘rsatadimi?

Dastur “o‘g‘irlik bo‘ldi” demaydi — u kassada qancha pul bo‘lishi kerakligini hisoblaydi: boshlang‘ich pul + naqd savdo + qarz to‘lovlari − naqd qaytarishlar − xarajatlar. Sotuvchi sanagan pulini yozadi, farq darhol ko‘rinadi, sababi so‘raladi va smenalar tarixida qoladi. Kassa kamomadi qaysi kunda va kimda takrorlanayotgani shundan bilinadi.

Sotuvchi savdoni umuman yozmasa-chi?

Kassaga urilmagan savdoni hech bir dastur ko‘rmaydi. Lekin bunda tovar javondan kamayadi, hisobda esa turaveradi — qoldiq sanog‘i (inventarizatsiya) qilinganda farq chiqadi. Sanoqni o‘chirib qaytadan boshlash uchun tasdiq kodi do‘kon egasining Telegramiga boradi, ya’ni xodim buni o‘zi qila olmaydi.

Xodim tannarx va foydamni ko‘rib qolmaydimi?

“Kirim narxini ko‘rish” ruxsati berilmasa, tannarx va foyda serverdan umuman yuborilmaydi — ekranda ham, yuklab olingan Excel faylida ham yo‘q. Narxni o‘zgartirish va kassada savdolashish esa yana alohida ruxsatlar: ularni bermaguningizcha sotuvchi narxni tushira olmaydi.

Sotuvchi “qaytardim” deb pulni o‘zi olib qolsa?

Qaytarish alohida ruxsat — xohlasangiz sotuvchiga umuman bermaysiz. Berilgan bo‘lsa har bir qaytarish yozib boriladi: qaysi tovar, qaysi sotuvdan, qancha pul chiqqani va tovar omborga qaytgani. Qaytarilgan summa o‘sha sotuvchining hisobotidagi savdosidan ayriladi, naqd qaytarish esa smena kassasidan chiqim bo‘lib turadi.

Ikki sotuvchi navbatma-navbat ishlaydi — har biriga alohida kassa bo‘ladimi?

Yo‘q. Bir do‘konda bir vaqtning o‘zida faqat bitta smena ochiq bo‘ladi, ikki kassa uchun alohida hisob yuritilmaydi. Navbat bilan ishlaganda har sotuvchi o‘z smenasini ochib-yopadi; kim qancha sotgani esa hisobotda baribir alohida ko‘rinadi.

Bog‘liq sahifalar

BuySale

Bugun sinab ko‘ring, ertaga farqni ko‘rasiz.

7 kun bepul, to‘lov kartasi so‘ralmaydi. Keyin kuniga 6 630 so‘mdan — do‘kon turiga qarab.

Bepul boshlash